Suriyadagi Asad rejimiga qarshi kurashayotgan kuchlar saflarida bo’linishlik alomatlari sezila boshaldi. Dunyodagi bir necha kufrga qarshi urushlarda qatnashgan jangarilardan tashkil topgan hamda yaxshi qurollangan “Jabhat un-Nusra” o’zining Shariat asosida hukm yurgizuvchi Xalifalik davlati barpo qilish niyatini e’lon qilishi muxolifatdagi ba’zi guruhlarga salbiy ta’sir ko’rsatdi. U guruhlar qo’mondonlari mujohidlar bilan boshqa hamkorlik qilmasliklarini va Asad rejimi qulagan kunning ertasidanoq ularga qarshi kurashajaklarini bayon qilishdi. Ular o’zlarining sobiq ittifoqdoshlarisiz Aleppo atrofida bir necha janglar o’tkazishlikka harakat qilib ham ko’rdilar.
AQShning Suriya muxolifat koalitsiyasini Suriya xalqining rasmiy vakili sifatida tan olishligi, uning ham mujohidlar bilan suriya ozod armiyasi orasini ajratib yuborish niyatida ekanligini namoyon qiladi. Ozod armiya guruhlari vakillari hamda mamlakatdagi siyosiy kuchlar vakillari G’arb tashabbusi bilan o’tgan yilning noyabr oyida Qatar poytaxti Doxada yig’ilib, Suriya muxolifati va inqilobiy kuchlar Milliy koalitsiyasi tashkil topganini e’lon qilishgan. Idorasi Qoxirada joylashgan koalitsiya o’zini Suriya xalqining yagona qonuniy namoyondasi deb ma’lum qilib xalqaro hamjamiyatdan Asad rejimiga qarshi kurashish uchun qurol va pul talab qilgan. Koalitsiya g’alabadan so’ng mamlakatni demokratik o’zgartuvlar kirgizish asosida rivojlantirish g’oyasini ilgari suradi. Koalitsiyani AQShdan tashqari Angliya, Frantsiya va bir qator arab mamlakatlari ham tan olgan.
Bir vaqtning o’zida, Suriya ichidagi muxolifat guruhlarning va qurollangan otryadlarning aksariyati o’zining Milliy koalitsiyaga hech qanday aloqasi yo’qlini hamda unga itoat qilishni xohlamasligini bayon qilgan.