Qirg’iziston va Rossiya o’zaro harbiy-texnik hamkorlik haqida kelishib olishdi.

508
0

Qirg’iziston poytaxti Bishkekda Rossiyaning harbiy-sanoati korxonalari bilan Qirg’iziston mudofaa-sanoati korxonalari kompleksi o’rtasida hamkorlik haqidagi hujjat imzolandi. Bu haqda Qirg’iziston energetika va sanoat vazirligidan ma’lum qiladi.

31 yanvar kuni Bishkekda ikki mamlakat harbiy-texnik hamkorligi bo’yicha mushtarak komissiyaning sakizinchi yig’ini bo’lib o’tdi. Yig’in yakunida Qirg’izistonning mudofaa-sanoati korxonalari kompleksining Rossiya korxonalari bilan hamkorligi haqida hujjat imzolandi.

Qirg’iziston tarafidan hujjatga Qirg’iziston Respublikasi mudofaa vaziri Avtandil Kalmambetov imzo chekdi, Rossiya tarafidan esa hujjatni Rossiya Federatsiyasining harbiy-texnik hamkorlik bo’yicha Federal hizmati direktorining o’rinbosari Konstantin Biryulin imzoladi.

Komissiya yig’ini davomida Rossiya Federatsiyasi va Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish haqidagi shartnoma loihasini, hamda 2013 yildan 2016 yilgacha bo’lgan davr uchun Rossiya va Qirg’iziston harbiy-texnik hamkorligi programmasi loihasini ishlab chiqish hususida qarorlar qabul qilindi.

Tomonlar navbatdagi yig’inni 2013 yilning uchunchi choragida Rossiyada o’tkazishlikka kelishib olishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.