O’zbekiston va Qirg’iziston chegaradagi nizoning jiddiylashishligiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilmoqda.

576
0

7 yanvar kuni O’zbekiston ichki ishlar vaziri general Bahodir Matlubov bilan Qirg’iziston ichki ishlar vaziri Shamil Ataxanov o’rtasida muloqot bo’lib o’tdi. Telefon orqali so’zlashuv chog’ida Sox anklaviga oid masalalar muhokama qilindi. Vujudga kelgan vaziyatlarni qisqa muddat ichida tartibga solishdagi mushtarak maqsadlar izhor qilindi. O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasida joylashgan Sox anklavida vaziyatning keskinlashuviga sabab Qirg’iziston chegarachilarining qonunga xilof harakatlari bo’ldi, bayon qiladi O’ebekiston Respublikasi milliy xavfsizligi hizmatining davlat chegaralarini qo’riqlash Qo’mitasi.

“Qirg’iziston tarafi 6 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi hududi ekanligini bila turib, e’lon qilmagan va kelishilmagan holda, Farg’ona oblastining Sox rayonidagi Hushyor qishlog’i yonida elektr simyog’ochlarini o’rnatish ishlarini boshlab yubordi. Qirg’iziston chegarachilarining bu harakati Xushyor aholisi bilan janjalga sabab bo’ldi. O’rtada chiqqan nizo chog’ida qirg’iz chegarachilari qurol qo’lladilar va O’zbekistonning besh fuqarosini yarador qildilar. Ularning sog’ligi xozir og’ir ahvolda”, – xabar qiladi davlat chegaralarini qo’riqlash Qo’mitasi.

Qirg’iziston mudofaa Kengashi kotibiyotining ma’lum qilishicha, “davlat chegaralari o’tgan joylarni belgilash masalalaridagi noaniqlik, hamda ishlarni amalga oshirishdagi tomonlar kelishilmaganligi Xushyor qishlog’i aholisining noroziligini uyg’otdi va ular ishlar ketayotgan joyga yig’ila boshladilar. O’zbekiston fuqarolarining tajovuzkorona harakatlari, ularning kuch ishlatishlari hamda Qirg’izistonlik chegarachilarga hujumiga javoban QR harbiylari xavoga ogohlantiruvchi o’q otuvga majbur bo’lgan”.

Ma’lumotlarga ko’ra, hozir vaziyat barqarorlashgan. Keskin vaziyat qaytalanmasligi uchun mahallalarda tushintirish ishlari olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.