O’zbek generallari So’x qamalini harbiy yorib kirishni taklif qilmoqda.

857
0

O’zbekiston axborot vositalari So’x anklavi atrofida vujudga kelgan vaziyat hususida deyarli hech qanday ma’lumot berishmayapti. Biroq, Farg’ona vodiysidagi O’zbekiston mahsus hizmatiga yaqin ba’zi manbalarning aytishlariga qaraganda, So’xdagi qamal qilib qo’yishlik quvvat ahllari orasiga kelishmovchilikni solib qo’ydi. Ma’lumotlarga ko’ra, yuqori qatlamdagi ulug’ zobitlarning ba’zilari, asosan davlat chegarasini himoya qilish Qo’mitasining generallari, So’x qamalini yorib o’tish uchun tezkorlik harbiy amaliyotini o’tkazishlikka chaqirishgan.

Ismi atalmaslik sharti bilan suhbatlashgan yuqori lavozimli o’zbek diplomatiga ko’ra, prezident Islom Karimov harbiy amaliyotga qat’iyan qarshi chiqmoqda. Karimov chegaradagi harbiy nizo butun mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Diplomatning belgilashicha, Qirg’izistonning Rossiya etakchilik qilayotgan va yaqinda O’zbekiston o’zi tark etgan KXShTga a’zoligi Karimov va uning pozitsiyasini ma’qullayotganlarning fikrlariga anchagina ta’sir ko’rsatgan. Chunki shartnoma, agar tashqaridan tajovuz tug’ulgidek bo’lsa, KXShTga a’zo davlatlarning Qirg’izistonga yordam berishligini taqazo qiladi.

Tajovuzkorona kayfiyatdagi generallarini tinchlandirmoq maqsadida Karimov o’zining odatiy taktikasini qo’lladi – chegaradagi tartibsizliklarni keltirib chiqarishlikda ba’zi bir tashqi kuchlarni aybladi. 18 yanvar kuni Toshkentda bo’lib o’tgan hukumat yig’ilishida u: “Shunday tashqi kuchlar borki, ular oramizda (ya’ni, Markaziy Osiyoning besh mamlakatlari orasida) adovat alangasini yoqib, buni chetda turib kuzatishni va bu anglashilmovchiliklarda o’zimiz bilan o’zimiz ovora bo’lib qolib taraqqiyotdan ortda qolishimizni istashadi”, – deb bayon qildi. Ko’pchilik fikriga ko’ra, tashqi kuchlar deganda Karimov Rossiyani nazarda tutgan.

Toshkent tarafidan chegaradagi o’tuv punktlarining yopib qo’yilishligiga esa, muzokaraga jalb qilish va unda ustun kelish uslublaridan biri sifatida qarasa bo’ladi. Shunday uslublardan yana biri – gazni to’sib qo’yish.
Turkiston:
O’zbek genirallarini Karimovni nazoratidan chiqib ketishlari muminligi xaqidagi, yuqoridagi kabi mish mishlarni tarqatishdan kim manfaatdor bo’lishi mumkin?

Bu xarakat, Qirg’izlarni qo’rqitishi mumkin, lekin Rossiyaning maqsadiga muvofiq keladi.

Demak, bu faqat mish mishning o’zi bilan kifoyalanib, xarbiy xarakatlar ortga surilib turishini anglatadi.

Qirg’iziston bilan O’zbekiston o’rtalaridagi keskinliklar, aslida O’zbekiston AQSh va Rossiya o’rtalaridagi muammo bo’lib, Qirg’iziston bu o’yindagi asosiy kaltaklanadigan pozitsiyada qolmoqda.

Qirg’iz xukumatining, AQSh va O’zbekistonga qarshi o’jarli pozitsiyasi, o’z manfaatlariga ziyondan boshqa narsa olib kelmaydi.

Agar u shu ishlarni o’z manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirishga intilganida edi, aytaylik AQShni Manasdan quvishi, Islom olami bilan aloqalarini yaxshilash maqsadini ko’zlab va ular bilan xar tomonlama aloqalar tiklaganida edi.

Anklavlar masalasida xam, janjalli voqealarni provokatsiya qilish va shuning ortidan o’zbeklar ichidagi anklav erlardagi o’z fuqorolarini xam xavf va qiyinchiliklar girdobida qoldirmagan bo’lar edi.

Xaqiqatda bu Rossiyaning buyurtmalari asosida, AQShning Afg’onistondagi xarbiy bazalarini O’zbekistonga joylashtirishini oldini olishga qaratilmoqda. Bu “xolvani xakim edi, kaltakni etim edi” degan maqolni eslatadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.