Maliga nisbatan Rossiya va Frantsiya hamfikr.

446
0

 

19 yanvar kuni Rossiya tashqi ishlar ministri Sergey Lavrov bilan uning frantsiyalik kasbdoshi Loran Fabiusning Malidagi vaziyat hususida telefon muloqoti bo’lib o’tdi.

So’zlashuv chog’ida ikki taraf ham Malidagi vaziyatga hamda BMT Xavfsizlik Kengashining 2012 yil 20 dekabrda chiqargan 2085 raqamdagi rezolyutsiyasiga nisbatan bir hil munosabatda ekanli ma’lum bo’ldi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar idorasi ma’lum qiladi. Ministrlar mazkur mavzudagi muloqotni davom etdirish hamda dolzarb masalalarda ikki tomonlama hamkorlik qilish hususida kelishib olishdi.

Xavfsizlik Kengashining 2085 raqamdagi rezolyutsiyasi mamlakatning shimolini islomiy kuchlar nazoratidan kaytarib olish uchun Maliga horij qo’shinlarini safarbar qilishlikka ruxsat beradi. G’arbiy Afrika hamjihatligi mamlakatlarining (EKOVAS) qo’shinlari payshanba kundan boshlab Maliga kela boshladi. Birinchilardan bo’lib Mali poytaxti Bomakoga Togo va Nigeriya armiyalari askarlari uchib keldi. Maliga safarbar qilinishi ko’zda tutilgan EKOVAS qo’shinining umumiy soni 3300 harbiyni tashkil qiladi. Frantsiya yanvar oyining 11 kunidan boshlab “Serval” harbiy operatsiyasi nomi ostida Malida islomiy kuchlarga qarshi urush olib bormoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.