Terrorizmga qarshi kurash haqida qonun chiqishi ortidan musulmonlar uning o’zlariga bo’lgan ta’sirini sezdilar. Shu qonun tufayli 2012 yil 28 oktyabrda muntazam politsiya ikki kishini o’ldirdi. Qurbonlarning biri Mombassada Qur’oni Karimni shirin tilovat qilishi bilan tanilgan Umar Faraj edi. Uning o’ldirilishi vahshiy suratda bo’ldi: politsiyachilar uning boshiga o’q uzishib, so’ng jasadini derazadan uloqtirib yuborishdi, miyasi yorilib har tarafga sochilib ketdi!! Rafiqasiga xavfli jarohatlar etkazishdi. Politsiyaning uning uyiga bostirib kirishi ham vahshiy suratda bo’ldi: uyi eshigini sindirdi, ichkariga ko’zdan yosh oqizuvchi granatalar otdi, gaz asorati ertalab o’nda ham tarqalmagandi.
Bunday vahshiyona hodisa qarshisida Hizbut Tahrir – Sharqiy Afrika quyidagilarni ta’kidlaydi:
1. Birodarlarimizga qarshi bu va bundan avval sodir etilgan barcha yovuzliklar ushbu terrorizmga qarshi qonunning vahshiyligiga dalolat qiladi. Bu qonun ayni yurtdagi musulmonlarni qo’rquv ostida yashashga majbur qilmoqda, o’z yurtlarida xuddi ajnabiylarga o’xshatib qo’ymoqda! Kundan kunga ko’payib borayotgan bunday jinoyatlar inson huquqlarini poymol qilmoqda, Keniyadagi sud hukmlariga zid kelmoqda. Bu esa ayni qonun bilan garchi terrorizmga qarshi kurashish da’vo qilinayotgan bo’lsa-da, biroq uning ostida fuqarolar o’rtasida diskriminatsiya qilish yashiringani ochiq ko’rinib turibdi! Bunday jinoyatni haligacha biror jamoa, hatto inson huquqlari tashkiloti ham, axborot vositalari ham qoralagani yo’q. Garchi axborot vositalari hukumatning musulmonlarga qarshi mana shunday urush olib borishiga yashirincha yordam bermagan bo’lsa-da, biroq hukumat ulardan o’zi xohlaganlarini ovozini o’chirib qo’ygan.
2. Bugun shu narsa ochiq ko’rinib turibdiki, terrorizmga qarshi kurash o’zining yangi basharasini ko’rsatdi. U ham bo’lsa, davlatning terroristlar deb atayotgan shaxslarga qarshi avval sud qilish amaliyotiga kirishish o’rniga, kuch ishlatishga o’tganidir. Shuni eslamog’imiz lozimki, bir necha musulmonlar garchi ular ustidan sud jarayoni ketayotganiga qaramay, hayotdan ko’z yumdilar. Achinarlisi ichki ishlar har safar musulmonlarning o’limi ortida kim turganini haligacha aniqlamaganidir.
3. Mazkur qonun G’arb davlatlarining, xususan Amerikaning bosimi ostida qabul qilindi. Shuni eslatish lozimki, bu qonun ishlab chiqilishdan bir necha kun oldin Amerika Keniyaga agar u terrorzmga qarshi kurash qonunini qabul qilmaydigan bo’lsa, Amerika banklariga qo’ygan milliardlab dollarlaridan ajralib qolishi mumkinligi bilan ogohlantirdi. Shuning uchun – rahbarlarning Amerikaga itoatsizlik qilishga jur’at qilolmasliklari bois – Keniyaning musulmonlardan qurbonlik berishga shoshilishi tabiiydir! Biroq g’ayri tabiiy narsa, o’zlarini Islomni mudofaa qiluvchi etakchilar ekanliklarini da’vo qilayotgan va yaqinda bo’lib o’tgan anjumanda qatnashgan kishilarning o’zlari bu zolimona qonunning ishlab chiqilishiga hissa qo’shishdi!
Keniya rahbarlarining musulmonlarga qarshi sodir etayotgan bunday zulmlari maktablarda hijob kiyilishini man qilish, adolatsiz sudlovlar kabi ularga qarshi sodir etib kelgan ulkan zulmlarining bir qirrasi, xolos. Uning ushbu zulmlari esa Amerika va Britaniya etakchiligida butun dunyoda olib borilayotgan «terrorzimga qarshi kurash»ning bir qirrasidir. Darhaqiqat, Pokiston, Yaman va Britaniya kabi ayni qonunni ishlab chiqqan davlatlarda yashovchi musulmonlar ham shunga o’xshash zulmlarni boshlaridan kechirmoqdalar. Hizbut Tahrir ayni zulmni G’arbning ideologik fikriy mag’lubiyati deya baholaydi. Chunki G’arb o’zini himoya qilish uchun Islomning adolatli mafkurasiga qarshi qurol ishlatish yo’liga o’tdi.
Sha’bon Muallim
Hizbut Tahrirning
Sharqiy Afrikadagi matbuot vakili