Ayol oʻz oʻrnini bilishi shart!

1120
0

Ayol oʻz oʻrnini bilishi shart!

Urfu odatlar haqida bahsli muloqot

Kuni kecha ijtimoiy  tarmoqlarning qirgʻizcha segmentida xotin-qizlar orasida kuchli tortishuv boshlandi. Qirgʻiziston Jogʻorqu Keneshi deputati Mahabat Mavlyanova kelinchaklarning haddan ortiq ochiq libosda toʻy marosimiga chiqishini keskin qoraladi.

“Mening fikrimcha qirgʻiz kelinchaklarni toʻy maʼrakalarida nihoyatda hayosiz liboslarni kiyishadi. Toʻy libosi nihoyatda tor va hatto oldi koʻkrak qismi deyarli ochiq holatda, boʻlajak eri yaqin qarindosh urugʻlarining qarshisiga chiqishini uyat deb bilaman. Chunki oila bu muqaddas maskan, bunday shodiyona kunda Erini hurmat qilish va uning yaqinlari nazarida ibo-hayoni saqlash muhim deb oʻylayman”, dedi Mavlyanova.

 Shu jumladan “Jenskiy vzglyad” boshlovchilari Nataliya Knyazeva, Svetlana Fedotova, Karina Razetdinova va Nurjan Nayzabekovalar ham bahsga nisbatan oʻz fikrlarinii  bildirishdi.  Anʼanaviy bilimlar boʻyicha ekspertlar ayolning jamiyatdagi vazifalari, shu jumladan nikoh marosimlari va turli  urf-odatlarning oilaviy hayotga taʼsiri haqida fikr almashishdi.

“Ayol oʻz oʻrninini bilishi kerakmi yo yoʻqmi?”, “nima uchun erkak kishi uy ishlarini bajarishi shart boʻlmaydi?”, “oʻgʻil bola va qiz bola tarbiyasi orasida farq bormi?”, “oilada kim bosh va kim boʻyin?”, “Umuman olganda gender barobarlik jamiyat uchun foydalimi yoki aksincha?”-.. shu kabi savollarga javob izlashdi. (Manbai: sputnik.kg)

Izoh:

  Dunyo hayotida biror bir muammo yoʻqki, Islom Shariatida uning yechimi boʻlmasa. Zero Yartavuchi bandalarning feʼlini bilgan holda hayot yoʻlini, yashash qonunini Oʻzi belgilab berdi. Qiyomat kunida oʻsha qoidalarga rioya qilganimiz yoxud undan bosh tortganimiz xususida soʻroqqa tutilamiz. Endi yuqoridagi bahsli muloqotga kelsak, inson ming harakat qilmasin, hargiz oʻzi uchun yashash qonunini barchaga mos kela oladigan darajada tuza olmaydi. Shu jumladan oʻzlari nazoratga muhtoj ayollarning  Shariat buyurgan hukm  atrofida keskin bahs yurtishlari kulgili holatdir. Islom ayolga, asralishi vojib boʻlgan nomus sifatida, iqtisodiy, maʼnaviy va jismoniy jihatdan yordamga muhtoj shaxs sifatida qaraydi. Alloh Taolo bizlarga Shariatni toʻkis holatda nozil qildi. Shariatda ayolning oiladagi oʻrni, maqomi, Erining haqqi  va hatto  kiyinishi haqida ham ochiq oydin qoidalar kelgan. Tabiiyki Buyuk Yaratuvchi Oʻz Hikmati bilan nozil qilgan har bir hukmga qarshi chiqish yoki uni sababini surishtirish va qizgʻin bahs mavzusiga aylantirish nodonlik alomatidir. Biz faqat “eshitdik va itoat qildik” deyishimiz shart. Boshqa xech kanday izohga hojat yoʻq. 

Muslima singlingiz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.