Hizb ut-Tahrir – Britaniya Shayxa Hasinaning tugʻyoniga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazdi

476
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Britaniya Shayxa Hasinaning tugʻyoni va Islomga qarshi kurashiga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazdi

Hizb ut-Tahrir – Britaniya bundan ikki hafta muqaddam yakshanba kuni peshin namozidan keyin Londonning Uaytchepel rayonidagi Altob Ali bogʻida norozilik namoyishi oʻtkazdi. Namoyish Bangladesh bosh vazirasi Shayxa Hasinaning 2019 yil 1 may chorshanba kunidan beri davom etayotgan rasmiy Britaniya safariga qarshi uyushtirildi.

Soʻzga chiqqan notiqlar Hasinaning demokratik togʻut rejimi xalqqa zulm qilib, qonuniy huquqini talab qilib chiqqanlarni shafqatsizlarcha bostirayotgani haqida aytib oʻtdilar. Ularning aytganlaridan maʼlum boʻlishicha, yaqinda talabalar namoyishlari ham shafqatsizlarcha bostirilgan. Shuningdek, Hasina rejimining dushman mustamlakachilar xususan, Hindiston va AQSh bilan hamkorlikda yurtga qarshi til biriktirayotganini ochib berdilar.

Hasina rejimi butun eʼtiborini Islom va musulmonlarga qarshi kurashga qaratmoqda. Bu rejim Shapla Chattarda ulamolarni qatl qildi, Hizb ut-Tahrirni hamda islomiy boshqaruvga (Xalifalikka) daʼvat qilishni taqiqladi, Xalifalikni tiklash uchun faoliyat olib borayotgan faol siyosatchilarni qamoqqa tashladi, rohinga musulmonlarini himoyasiz va yordamsiz qoldirdi.

Namoyishdagi notiqlar bunday dedilar: ushbu rejim sodir etayotgan bunday jirkanch jinoyatlarga qarshi baralla hayqirish hamda Bangladeshda Xalifalik tuzumini barpo etishga jiddiy harakat qilish xalqning vazifasidir. Yurtni mustamlakachilar iflosligidan tozalab-poklashga yolgʻiz Islomgina qodir. Faqat Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikkina insonlar ishlarini Islom ahkomlariga muvofiq boshqaradi hamda ularni bu dunyo va oxirat baxtsizligidan himoya qiladi.

Roya gazetasining 2019 yil 22 may chorshanba kungi 235-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.