So‘nggi 4 yil mobaynida Afg‘onistonda 3500ga yaqin bola o‘ldirildi
Afg‘onistondagi “Sarhad” ro‘znomasi BMT bergan ma’lumotlarga tayangan holda afg‘on yurtidagi og‘ir vaziyatlar xususida xabar bermoqda. Unga ko‘ra oxirgi 4 yil mobaynida Afg‘onistondagi siyosiy vaz’iyatning keskinlashishi bois 3500dan ziyod go‘daklar hayotdan ko‘z yumib, 9000 mingdan ortig‘i esa turli darajada jarohat olgan. BMT bosh kotibi Antonio Guturresh qo‘shimcha tariqasida halokatga uchragan va tan jarohati olib majruh bo‘lib qolgan bolalar, so‘nggi to‘rt yilda 82%ga ortganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh: Agar Ummat bir jism bo‘lsa, unda aynan Afg‘oniston shu jimsning og‘riqli nuqtasi deb o‘ylayman. Zero boshqa musulmon o‘lkalarda insonlar oddiy yashash tarzidan imkon qadar foydalanib kelishgan, ular garchi kufr hukmronligi ostida bo‘lsa-da, shu dunyo ne’matlaridan ozmuncha bahramand bo‘lishmoqda. Ammo Afg‘oniston esa, dunyoning barcha lazzatlaridan uzilgan, umuman bebahra qolgan yurt desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Afg‘onistondagi 50 yoshdan past insonlar tinchlik, osuda hayot nima ekanligini bilmaydi. Aytishlaricha afg‘onlar, hatto ular orasidagi badavlat fuqarolar o‘zining yashash joyini baland ko‘tarmas ekan, qurilish jarayonida uyning kengligi yoki balandligini umuman e’tiborga olishmas ekan. Bunga sabab, ming harakat qilib yaxshi niyatlar bilan uy qursang ham baribir kimlardir kelib uni bombalaydi, mehnatlarimiz zoe ketadi”- deyishar ekan.
Islomiy olimlar, mujohidlar, da’vatchilar kufr nazarida “terrorist” bo‘lsa, yorug‘ olamga endigina ko‘zini ochgan chaqaloqlarda nima ayb?! Hatto hayvonlar ham bolalari xususida bir-birlariga muruvvat ko‘rsatishadi. Boshimizga tinimsiz balolar yog‘dirayotgan din dushmanlari hayvondan ham battar ekan, yana o‘shalardan yaxshilik kutib porloq kelajak umid qilib o‘tiraveramizmi?! Rahmni faqat qalbi salim, Xudodan qo‘rqqan va solih bandalar qila oladi, chunki ularning qalbiga Allohning O‘zi rahmatidan nasiba beradi.
Rasulalloh (s.a.v.) Zayd (r.a.)ning o‘limidan qattiq iztirobga tushdilar, yig‘lab o‘tirgan Usomani bag‘riga bosdilar va yig‘ladilar. Shunda Sa’d ibn Uboda, “Yo Rasulaloh! Bu nimasi?” deb so‘ragan edi, U Zot (s.a.v) – “Bu Habibullohning habibiga yig‘isidir”- deb javob berdilar.
Bugungi kunda ko‘zlarimizdan oqqan shashqator yoshlar, qalbimizdagi og‘riqli alamlar, Ummat jimsidagi zaharli tikondek sanchilgan kufr illati bizni holdan toydiryapti. Biz birlashishimish lozim! Bizga Ummat g‘amini o‘zinikidan ustun qo‘yadigan Sulton kerak.
Men ham bugun 3500 nafar norasida, ma’sum, bevaqt xazon bo‘lgan 9000 nafar jismi og‘riyotgan afg‘on bolalarim uchun yig‘ladim… .
Sakina