Falastinning har qarich yeri Islomniki va bundan keyin ham Islomniki bo‘lib qoladi!

0
16

Matbuot bayonoti

Falastinning har qarich yeri Islomniki va bundan keyin ham Islomniki bo‘lib qoladi!

Yahudiy vujudi G‘azoda genotsid sodir eta boshlaganiga 500 kun bo‘ldi. Uni to‘xtatish uchun na arab davlatlari biror qadam tashladi, na Eron va na Turkiya. Ular faqat qoralash bilan kifoyalanishdi, xolos. Musulmonlar yahudiy vujudi mahsulotlarini boykot qilishga chaqirar ekanlar, bu davlatlar u bilan tijoratlarini davom ettirishdi. Hatto qamal qilingan G‘azoga insonparvarlik yordamlari kirishiga to‘sqinlik qilib, ikki million musulmonni ochlikka mahkum qilishdi. Bu hukmdorlar 15 oydan beri maydonlarni tark etmagan musulmonlarning harakatga kelishga bo‘lgan chaqiriqlariga quloq tutmay, AQSHning sobiq davlat kotibi Blinkenni o‘z saroylarida bir necha marta mehmon qilib, Amerikaning ko‘rsatmalariga quloq tutishdi. Islomiy armiyalarni kazarmalarida ushlab turib, qurol-aslahalarni arsenallarda saqlab chiritishdi. Amerika rahbarlarining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishini umid qilishdi.

Bu tarafda, AQSHning sobiq prezidenti Bayden yahudiy vujudini harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan hech qanday shartsiz va cheksiz qo‘llab-quvvatlab turdi. Yangi prezident Tramp qudratga kelishi bilanoq G‘azo xususida takabburlik bilan bayonotlar bera boshladi. Qattol Netanyaxu bilan uchrashuvi chog‘ida G‘azoni aholidan to‘liq bo‘shatish va barcha uy-joylarini vayron etib, u yerni Fors ko‘rfazi davlatlari puliga sayyohlik maskaniga aylantirish niyatida ekanini bildirdi. Yuzsiz Tramp bu bilan ham kifoyalanmay, agar barcha yahudiy mahbuslari ozod etilmasa, G‘azoni jahannamga aylantirishni aytib, 15 fevral, shanba kunni oxirgi muddat qilib belgiladi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati a’zolari yuzsiz Trampning bayonotiga javoban, «Trampni tiyib qo‘yuvchi kim bor!» shiori ostida, Turkiyaning o‘n oltita shahrida namoyishlar uyushtirdik va matbuot anjumanlari o‘tkazdik. Istanbuldagi AQSH konsulligi oldida matbuot anjumani o‘tkazdik. Shuningdek, Oqsaroy, Antaliya, Aydin, Bursa, Batman, Duzja, Xatay, Izmir, Shanliurfa va Yalova shaharlarida ham matbuot anjumanlari o‘tkazdik.

Matbuot bayonotlarimizda davlat rasmiylariga murojaat qilib, bunday dedik:

«Ey Hukmdorlar! Qalbingizda iymon samarasidan zarracha qolmadimi?! Iymon va jihod shuuri tugab bitdimi?! Orangizda musulmonlarning yerlarini, jonlarini, nomus va mollarini himoya qiladigan er kishi yo‘qmi?! Orangizda dunyoviy manfaatlardan qo‘l siltab, Allohning roziligi va oxiratdan umidvor bo‘lib, Trampga haddini bildirib qo‘yadigan er kishi yo‘qmi?! Ey hukmdorlar! Amerikadan qo‘rqishdan saqlaning, chunki u moddiy va ma’naviy jihatdan yemirilmoqda. Amerikadan himoya qidirishdan saqlaning, chunki u yirik iqtisodiy krizisni boshdan kechirmoqda. O‘z budjet kamomadini yopa olmayapti-yu, sizning kamomadingizni qayerdan yopsin?! U bunga qodir emas. Amerika o‘zi bilan o‘zi bo‘lib, o‘z xalqining manfaati uchun harakat qilishini da’vo qilayotgan ekan, boshqa tomondan, mustamlakachilik xarakteri tufayli har tomonga hujum qilmoqda. Bas, haddan oshgan bunday davlat bilan muomala qilishdan saqlaning!».

Takabbur kofir Trampga ham bunday murojaat yo‘lladik:

«Ey Tramp, biz yaxshi bilamizki, seni ruhlantirgan narsa hukmdorlarimizning sukuti va qo‘rqoqligidir. Sen ham shuni yaxshi bilib ol va unutma: Islom Ummati tirik ekan, senlar G‘azoga ega chiqolmaysanlar. Bunga na Amerikaning, na u sotib olgan hukmdorlarning kuchi yetadi. Har qancha rejalar tuzsanglar ham, nima qilsanglar ham Falastin zaminining har qarich yeri Islom yeridir va Islomning yeri bo‘yicha qoladi! Allohning izni ila, musulmonlar roshid Xalifalikni barpo etganlarida, Xalifalik bosib olingan musulmon o‘lkalaridan senlarni supurib tashlaydi».

Yurishlarimiz va matbuot bayonotlarimizda qatnashgan barcha musulmonlardan G‘azo va Falastin uchun haq so‘zini baralla aytib, ular uchun hukmdorlardan hisob so‘ragan ulamo va mufakkirlardan hamda G‘azoni o‘z kun tartiblarida ushlab turgan jamoalar va guruhlardan, yuragi hamisha G‘azo bilan urib turgan butun Ummatdan Alloh rozi bo‘lsin. Alloh Subhanahu va Taolo musulmonlarga G‘azo va Falastinni bosqinchilikdan qutqaradigan roshid Xalifalikni barpo etish imkoniyatini berib, roshid xalifa va mard qo‘mondonlar qo‘li bilan O‘z nusratini ato etsin. Omin.

Hizb ut-Tahrirning

Turkiya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q