بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan
Qalblarning fitnaga duchor bo‘lishi
Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ حَدَّثَنَا أَبُو خَالِدٍ يَعْنِي سُلَيْمَانَ بْنَ حَيَّانَ عَنْ سَعْدِ بْنِ طَارِقٍ عَنْ رِبْعِيٍّ عَنْ حُذَيْفَةَ قَالَ: كُنَّا عِنْدَ عُمَرَ فَقَالَ أَيُّكُمْ سَمِعَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَذْكُرُ الْفِتَنَ؟ فَقَالَ قَوْمٌ: نَحْنُ سَمِعْنَاهُ، فَقَالَ: لَعَلَّكُمْ تَعْنُونَ فِتْنَةَ الرَّجُلِ فِي أَهْلِهِ وَجَارِهِ؟ قَالُوا: أَجَلْ، قَالَ: تِلْكَ تُكَفِّرُهَا الصَّلَاةُ وَالصِّيَامُ وَالصَّدَقَةُ، وَلَكِنْ أَيُّكُمْ سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَذْكُرُ الْفِتَنَ الَّتِي تَمُوجُ مَوْجَ الْبَحْرِ؟ قَالَ حُذَيْفَةُ: فَأَسْكَتَ الْقَوْمُ، فَقُلْتُ: أَنَا، قَالَ: أَنْتَ لِلَّهِ أَبُوكَ، قَالَ حُذَيْفَةُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: “تُعْرَضُ الْفِتَنُ عَلَى الْقُلُوبِ كَالْحَصِيرِ عُودًا عُودًا فَأَيُّ قَلْبٍ أُشْرِبَهَا نُكِتَ فِيهِ نُكْتَةٌ سَوْدَاءُ وَأَيُّ قَلْبٍ أَنْكَرَهَا نُكِتَ فِيهِ نُكْتَةٌ بَيْضَاءُ حَتَّى تَصِيرَ عَلَى قَلْبَيْنِ عَلَى أَبْيَضَ مِثْلِ الصَّفَا فَلَا تَضُرُّهُ فِتْنَةٌ مَا دَامَتْ السَّمَاوَاتُ وَالْأَرْضُ وَالْآخَرُ أَسْوَدُ مُرْبَادًّا كَالْكُوزِ مُجَخِّيًا لَا يَعْرِفُ مَعْرُوفًا وَلَا يُنْكِرُ مُنْكَرًا إِلَّا مَا أُشْرِبَ مِنْ هواه” رواه مسلم
Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr bizga Huzayfadan shunday deganligini rivoyat qildi: Umarning huzurida o‘tirgan edik, u “Sizlardan qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fitna haqida aytganlarini eshitgansiz?”, deb so‘radi. Odamlar “Biz eshitganmiz», deyishdi. Umar “Ehtimol, siz kishining oilasi va qo‘shnisi haqida fitnasini nazarda tutayotgandirsiz?” dedi. Ular “Ha”, deyishdi. Umar “Namoz, ro‘za va sadaqa bunga kafforatdir, lekin sizlardan qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dengiz to‘lqinlari kabi to‘lqinlanuvchi fitnani zikr qilganini eshitgansiz?”, deb so‘radi. Huzayfa aytadi: «Odamlar jim bo‘lib qoldi, shunda men “Men eshitganman”, dedim. Umar “Otanga rahmat?” dedi. Huzayfa aytadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: “Fitnalar xuddi bo‘yra (uxlagan odamga yopishib) izi chiqib qolganidek, qalblarga yopishadi. Qaysi qalb fitnalarga uchsa, fitna uning qalbida qora dog‘ bo‘lib qoladi. Qaysi qalb bu fitnalarni inkor qilsa, unda oq nuqta paydo bo‘ladi. Shunday qilib, qalb ikkita qalbga aylanadi (ya’ni ikki xil qalb bor). Bittasi xuddi Safo kabi oppoq qalb bo‘lib, yeru osmonlar turar ekan unga fitnalar ta’sir qilmaydi. Ikkinchisi esa ma’rufni bilmaydigan va munkardan qaytarmaydigan, faqat nafsiga uchadigan ichi bo‘sh ko‘za kabi kulrang qora qalbdir”.
Abu Xolid shunday deydi: O‘shanda men Sa’dga “Ey Abu Molik, qora nima?” dedim. U “Zulmat”, dedi: Men: “ichi bo‘sh nima?” dedim. U: “to‘ntarilib qolgan”, dedi.
Qalblarning fitnaga duchor bo‘lishning ma’nosi shuki, fitna qalblarga yopishib, unga ta’sir qiladi. Xuddi bo‘yra uxlayotgan odamning yuziga iz qoldirgani kabi. Bo‘yra to‘qilgandek birin-ketin iz qoldiradi.
Al-Xattobiy shunday deydi: “Fitna qalblarda paydo bo‘ladi, ya’ni, qamish ortidan qamish orqali bo‘yra to‘qilgani kabi fitna ortidan fitna kelishi bilan qalblarni oqartiradi yoki qoraytiradi.
Qozi Iyoz shunday deydi: “Bo‘yrachi bo‘yra to‘qiyotganda tayoq ishlatadi. Bu qalblarni birin-ketin vasvasaga soladigan fitnaga o‘xshaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi qalb bu fitnalarni inkor qilsa, unda oq nuqta paydo bo‘ladi”, degan so‘zlarining ma’nosi, u butunlay qalbga kirib, egallab oladi, deganidir”.
“Shunday qilib, qalb ikkita qalbga aylanadi (ya’ni ikki xil qalb bor). Bittasi xuddi Safo kabi oppoq qalb bo‘lib, yeru osmonlar turar ekan unga fitnalar ta’sir qilmaydi. Ikkinchisi esa ma’rufni bilmaydigan va munkardan qaytarmaydigan, faqat nafsiga uchadigan ichi bo‘sh ko‘za kabi kulrang qora qalbdir” degani, o‘sha davr odamlari kabi yoki inson qalbiga yarasha bo‘ladi, degan ma’noni bildiradi. Uning yuragi ikki xil bo‘ladi. Ulardan biri Safo kabi oppoq, ya’ni juda oppoq va Safo toshi kabi. Ikkinchisi kulrang kabi qora, ya’ni qora bilan chang o‘rtasidagi rang. “Ichi bo‘sh ko‘za” ya’ni, ilm-ma’rifatdan mahrum qolgan odam. U foydalanilmay to‘ntarilib qolgan ko‘zaga o‘xshatilgan. Boshqacha qilib aytganda, u qalb shar’iy jihatdan nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilishni istamaydigan, faqat o‘z xohish-istaklarini amalga oshiradigan qalbdir.
Qozi Iyod rahimahulloh aytadi: “Safoga qiyoslash uning oqligini tushuntirish emas, balki iymonining mustahkamligini va kamchiliklardan saqlanishini tasvirlashdir. Kir narsalar yopishmaydigan silliq Safo toshi kabi, unga ham fitnalar yopishmaydi va ta’sir qilmaydi.
Hadisning ma’nosi shuki, inson o‘z nafsiga ergashib, gunoh qilsa, har bir qilgan gunohi bilan uning qalbiga zulmat kirib boradi. Natijada fitnalanib undagi Islom nuri o‘chadi. Qalb ko‘zaga o‘xshaydi, agar to‘ntarilib qolsa ichida narsa to‘kilib, keyin unga hech narsa kirmaydi.
Termiziy shunday rivoyat qiladi: “Mo‘min gunoh qilganda, uning qalbida qora dog‘ paydo bo‘ladi. Agar tavba qilsa, voz kechsa, istig‘for aytsa, qalbi poklanadi. Agar gunoh ko‘paysa, u qalbni egallab oladi. Bu Alloh Taolo marhamat qilgan qalblarni qoplab olishidir.
كَلاَّ بَلْ رَانَ عَلَى قُلُوبِهِمْ مَّا كَانُواْ يَكْسِبُون
“Yo‘q, (undoq emas)! Balki ularning dillarini o‘zlari kasb qilguvchi bo‘lgan gunohlari qoplab olgandir!”. (Mutafifiyn: 14).
Mujohid shunday deydi: U gunoh qilgan odamdir, gunoh uning qalbini o‘rab oladi. Shundan keyin gunoh qalbini qoplab, uni egallab oladi”.
Farro shunday deydi: “Ularning jinoyatlari va gunohlari ko‘payib, qalblarini o‘rab oldi”.
Mujohid rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Qalb kaft kabidir. Shuning uchun ham banda gunoh qilsa, qisqarib va barmoqlari birlashadi. Agar yana gunoh qilsa, u yoyilib yana bir gunoh qo‘shadi. Bora-bora qalbda iz qoldiradi”.
Ey, insoniyat uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat! Sabr qiling va Allohning amriga rozi bo‘lib, savobga intiling. Yaxshilikni buyurib, yomonlikdan qaytaring. Qalblarni Alloh huzuridagi narsaga va sevimli Muhammad va uning sahobalari bilan birga bo‘lishga bog‘lang. O‘tginchi dunyoga bog‘lamang. Siz shukr qilsangiz Alloh Taolo buni sizga nasib etadi. Oqibat taqvodorlarnikidir.
Adolatsiz va zolim tuzumlarga qarshi turish uchun qaroringizni kuchaytiring va chora ko‘rishni boshlang. Alloh sizni asrab, qo‘llab quvvatlaydi. Haqiqatga ergashganlarni Allohning askarlari qo‘llab-quvvatlaydi. Siz duch kelgan qiyinchiliklardan mahzun bo‘lmang va o‘tkazib yuborgan narsangiz uchun qayg‘urmang. Biz uchun eng oliy jannat – Firdavsga erishadigan vaqt keldi.
Allohim, qalblarimizni iymonga to‘ldirgin va bizlarni diningda mustahkam qilgin. Bizga Allohning o‘zi kifoyadir va U naqar go‘zal vakildir.
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
07 Jummadul Uvla, 1446h yil.
09 Noyabr, 2024m yil.