Japarovning Italiyaga tashrifidan ko‘zlangan maqsad

0
59

Japarovning Italiyaga tashrifidan ko‘zlangan maqsad

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Italiyaga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida Italiya prezidenti Serjio Mattarella va Bosh vazir Giorgia Meloni boshchiligidagi mas’ullar bilan uchrashdi.

Mattarella bilan uchrashuvda Japarov ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar hozirgacha faqat xalqaro tashkilotlar va tashqi ishlar vazirligi darajasida bo‘lib kelganini ta’kidladi. Shuningdek, u joriy yilning iyun oyida Bryusselda Yevropa Ittifoqi bilan Qirg‘iziston o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim Yevropa Ittifoqi va Italiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi. Bundan tashqari, Japarov soliq qonunchiligini isloh qilish natijasida mamlakatda liberal soliq rejimi amal qilayotganini va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini qo‘shimcha qildi.

Bosh vazir Meloni bilan uchrashuvda esa, Japarov ushbu rasmiy tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad Qirg‘iziston Italiyaning ishonchli hamkori ekanligini tasdiqlash ekanini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchinchi uchrashuvi joriy yilda Rimda bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda mintaqa davlatlari bilan Italiya o‘rtasidagi iqtisodiyot, savdo va energetika sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi.

Ma’lumki, Qirg‘iziston hukumati o‘z “mustaqilligi”ni e’lon qilgan yillaridan beri Rossiya ta’siri ostida yashab kelmoqda. Biroq so‘nggi yillarda, ayniqsa Rossiyaning Ukraina botqog‘iga botishi tufayli Xitoyning mamlakatdagi ta’siri yana-da kuchayib bormoqda. Buni siyosiy kelishuvlar va bir qatorda statistik ma’lumotlar ham tasdiqlab turibdi. Masalan, o‘tgan yili Qirg‘izistonning tashqi savdo aylanmasi 11,8 milliard dollarni tashkil qildi. Qirg‘iziston tashqi savdosida Xitoy birinchi o‘rinda turadi, uning savdo aloqalari 4,1 milliard dollarga yetdi. Biroq, Xitoyning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, u Qirg‘izistonga bundan 4 barobar ko‘p tovar import qilgan. Qirg‘izistonni Xitoy bilan bog‘lab turgan yana bir omil – bu davlatning tashqi qarzidir. Qirg‘izistonning tashqi qarzi 4,5 milliard dollar bo‘lib, shundan 2 milliardga yaqini Xitoydan olingan. Shuningdek,  tog‘-kon korxonalarining 80 foizi Xitoy kompaniyalariga tegishlidir.

Shu bois hukumat to‘liq Xitoy ta’siriga tushib qolish xavfining oldini olish maqsadida, G‘arb davlatlari bilan ham aloqalar o‘rnatishga va G‘arb kompaniyalarini sarmoyaviy loyihalarga jalb qilishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda iyun oyida Yevropa Ittifoqi bilan Qirg‘iziston o‘rtasida strategik kelishuv imzolandi. Bu kelishuv Qirg‘iziston bilan Ittifoqqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratdi. Undan keyin Angliya va Germaniya bilan bir qator bitimlar tuzildi. Ayni damda Qirg‘iziston hukumati Italiyaning moliyaviy imkoniyatlaridan umidvor bo‘lmoqda.

Shu bois, Qirg‘iziston hukumatining tashqi siyosatdagi asosiy yo‘nalishi Xitoy bilan Rossiyaga qaratilgan bo‘lsa-da, aslida u G‘arb davlatlari, ayniqsa, Italiya bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor. Yuqoridagi tashrif doirasida tuzilgan shartnomalar hamda savdo aloqalarining mustahkamlanishi buning dalilidir. Xususan, Qirg‘iziston qonunlarini G‘arb kompaniyalariga yanada moslashtirish maqsadida adliya sohasidagi hamkorlik kuchaytirilmoqda.

Xulosa qilib ayganda, biz musulmonlar foydaga asoslangan va zulm ustiga qurilgan kapitalistik tuzumdan voz kechib, o‘z Islomimizga yuzlanmagunimizcha, mustamlakachilarning bizga nisbatan mushtimzo‘rligi davom etaveradi. Bu mustamlakachilar o‘nlagan yillardan beri mintaqada qo‘llari qonga botgan holda, o‘zlarini bizga do‘st sifatida ko‘rsatib kelmoqda. Ularning jinoiy qilmishlari Afg‘oniston, Iroq va Suriyada fosh buldi. Hozirda qonli jinoyatlarini G‘azoda davom ettirishmoqda. Shuning uchun bu mustamlakachilardan biz musulmonlar uchun hech qachon yaxshilik kelmaydi. Ularni faqat yer osti va yer usti boyligimiz qiziqtiradi xolos. Alloh Taoloning ushbu so‘zi ularning niyatlarini aniq tasdiqlab turibdi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاء مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ

“Ey mo‘minlar, mo‘minlarni qo‘yib kofirlarni do‘st tutmanglar!” (Niso: 144).

Shuning uchun Islom va musulmonlarning dushmanlaridan biror bir yordam kutishimiz biz uchun aslo durust emas. Chunki ularning yordamlari vayronagarchilik va qirg‘inlar bilan birga kelishi aniq.

Mumtoz Mavarounnahriy

Izohlar yo'q