Qirg‘iziston hukumati Islomga qarshi qonun loyihasini qabul qilmoqda!

0
12

Matbuot bayonoti

Qirg‘iziston hukumati Islomga qarshi qonun loyihasini qabul qilmoqda!

Qirg‘iziston hukumati joriy yilning sentyabr oyida mamlakatdagi diniy vaziyat ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ikkita yirik qonun loyihasini taklif qilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan edi. Ulardan birinchisi Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan, ikkinchisi esa Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif qilindi. Biroq bu qonun loyihalari Qirg‘iziston tomonidan 2021-2026 yillar uchun qabul qilingan diniy konsepsiyani amalga oshirish doirasida qabul qilinmoqda. Mazkur konsepsiya esa, xalqaro talablarga muvofiq mustamlakachilarni rozi qilish, ayniqsa, mamlakat qonunlarini Shanxay hamkorlik tashkiloti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Diniy qo‘mita 30 avgust kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan qonun loyihasining asosiy bandlari niqob kiyishni, diniy partiyalar tashkil etishni va partiyalarga diniy nom berishni taqiqlash, diniy shaxslarini bir yil muddatga akkreditatsiyadan o‘tkazish va uyma-uy yurib da’vat qilishni taqiqlash kabi moddalardan iborat.

Islom nuqtayi nazardan qaralganda, muslima ayollarning niqob kiyish hukmi ayrim mujtahidlarga ko‘ra vojibdir. Shuning uchun bu modda Islomiy rayga zid bo‘lganligi bois, musulmonlar unga qarshi chiqishlari lozim. Zero, har bir Islomiy rayni himoya qilish barcha musulmonlarning burchidir. Ijtihoddagi ixtiloflar esa, ichki masala bo‘lib, faqat mujtahidlarning muhokamasi bilan cheklanishi lozim.

Shuningdek, diniy asosda siyosiy hizb tuzishning hukmi farzi kifoyadir. Agar Ummat ichida siyosiy hizb bo‘lmasa yoki tuzilgan hizb o‘z mas’uliyatini to‘liq bajara olmasa, barcha musulmonlar gunohkor bo‘lishadi. Bu farzni bajarishga harakat qilganlardangina bu gunoh soqit bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:

وَلۡتَكُن مِّنكُمۡ أُمَّةࣱ یَدۡعُونَ إِلَى ٱلۡخَیۡرِ وَیَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَیَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِۚ وَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ

“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir”. (Oli Imron: 104).

Bundan tashqari, bular juma xutbalarida va internet orqali ma’ruza qilayotgan da’vatchilarga ham to‘siq qo‘yishni kuzlashmoqda. Bu bilan faqat hokimiyatga yoqadigan so‘zlarni gapiradigan diniy shaxslarni vujudga keltirish maqsad qilinmoqda. Aslida Islomda musulmonlar nasroniylik yoki boshqa dinlardagi kabi diniy shaxslar va dunyoviy shaxslarga bo‘linmaydi. Aksincha, har bir musulmon bilganini yetkazadi va unga amal qilishga harakat qiladi.

Qolaversa, uyma-uy yurib, da’vat qilishni ta’qiqlash bilan uylarda va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan masjid-madrasalarda dars qilishga, Qur’on o‘rganishga to‘sqinlik qilish ko‘zlanmoqda.

Darhaqiqat, har bir musulmon, xoh mahallada, xoh ko‘chada, xoh masjidda bo‘lsin, Islomni yetkizishga harakat qiladi. Yomonlikni ko‘rsa, uni qo‘li yoki tili bilan to‘xtatish uchun bor kuchini ishga soladi. Chunki Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bunday dedilar:

“مَن رأى منكم منكرا فليغيره بيده، فإن لم يستطع فبلسانه، فإن لم يستطع فبقلبه، وذلك أضعف الإيمان” رواه مسلم.

“Sizlardan kim munkarni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar bunga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Bu (qalbi bilan o‘zgartirish) imonning eng zaifidir”.

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam zimmamizdagi mas’uliyatni eslatib, shunday dedilar: “Allohga qasamki, albatta siz yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasiz, va zolimning qo‘lidan ushlab, uni majburan haqqa bo‘ysundirib, haqqa cheklab qo‘yasiz. Yoki, Alloh ayrimlaringiz bilan ayrimlaringizning dillariga zarba beradi, so‘ngra ularni (Banu Isroilni) la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi».

Binobarin, hukumat tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasi Islom dini va qadriyatlariga ziddir. Shunday ekan, Alloh Taolo farz qilgan da’vat ishlarini cheklash va Islomiy raylarning ta’qiqlashdan uzoq turishlari lozim! Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytadilar:

مَا مِنْ وَالٍ يَلِي رَعِيَّةً مِنْ الْمُسْلِمِينَ فَيَمُوتُ وَهُوَ غَاشٌّ لَهُمْ إِلَّا حَرَّمَ اللَّهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ

“Musulmonlarga boshchilik qilib, ularni aldagan holda vafot etgan har bir rahbarga Alloh taolo jannatni harom qiladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

24.09.24

Izohlar yo'q