Go‘zal hisoblanadigan xulqlar

0
87

بسم الله الرحمن الرحيم

 XULQLAR

 Go‘zal hisoblanadigan xulqlar

  Vafo:

Alloh Taolo aytadi:

 یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوۤا۟ أَوۡفُوا۟ بِٱلۡعُقُودِۚ

Ey iymon keltirganlar Ahdnomalarga vafo qiling. [5:1]

 أَوۡفُوا۟ بِٱلۡعَهۡدِۖ إِنَّ ٱلۡعَهۡدَ كَانَ مَسۡـُٔولࣰا

Ahdga vafo qilinglar. Albatta, ahd mas’ul bo‘lgan ishdir. [17:34]

Xudo uchun g‘azablanish:

Inson o‘ziga yoki yaqin insonlariga moddiy-ma’naviy zarar yetsa hamda moliga, joniga, obro‘siga qaoshi bo‘lgan ishdan, xolatdan g‘azablanadi. Bu tabiiy bir xolat, bu inson tabiati, g‘arizalarining bir qo‘rinishi.

Insonniing hamma ishlari yaxshi, oilasi, ayoli, farzandlarida, ato-onasida muammo yo‘q, savdosi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, uy-joylari o‘ziga yoqadi, obro‘-e’tibori, salomatchiligi, qarindosh-urug‘larida ham g‘am qiladigan biror holat yo‘q, lekin Allohning so‘zlari, hukmlari ayoq-osti bo‘lsa, hatto mo‘minlar Allohning hukmlariga rioya qilmayotganini ko‘rsa, ishlar shar’iy hukmlarga muvofiq bo‘lmayotganini bilgan shunga g‘azablanish “Alloh uchun g‘azablanish” bo‘ladi.

Endi o‘zida, obro‘-e’tiborida, oilasida, ishlarida, uy-joylarida, qarindosh-urug‘larida muammo bo‘lsa ham ulardan ko‘ra Allohning kalimasi oliy bo‘lish uchun bosh qotirsa, shar’iy hukmlarga insonlar rioya qilmagani uchun shaxsiy muammosidan ko‘ra ko‘proq g‘azablansa shunda bu ishi ham “Alloh uchun g‘azablanish” bo‘ladi, hamda bu mo‘minlarning xulqidir. Alloh Taoloning quyidagi oyatiga e’tibor bering-da:

قُلۡ إِن كَانَ ءَابَاۤؤُكُمۡ وَأَبۡنَاۤؤُكُمۡ وَإِخۡوَ ٰ⁠نُكُمۡ وَأَزۡوَ ٰ⁠جُكُمۡ وَعَشِیرَتُكُمۡ وَأَمۡوَ ٰ⁠لٌ ٱقۡتَرَفۡتُمُوهَا وَتِجَـٰرَةࣱ تَخۡشَوۡنَ كَسَادَهَا وَمَسَـٰكِنُ تَرۡضَوۡنَهَاۤ أَحَبَّ إِلَیۡكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَجِهَادࣲ فِی سَبِیلِهِۦ فَتَرَبَّصُوا۟ حَتَّىٰ یَأۡتِیَ ٱللَّهُ بِأَمۡرِهِۦۗ وَٱللَّهُ لَا یَهۡدِی ٱلۡقَوۡمَ ٱلۡفَـٰسِقِینَ

Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz, kasb qilgan mollaringiz, kasod bo‘lishdan qo‘rqqan tijoratlaringiz va xush ko‘rgan maskanlaringiz sizga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yo‘lida jihod qilishdan mahbubroq bo‘lsa, u holda Alloh O‘z amrini kelturguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas. (Oyati karimada inson uchun bu dunyoda eng qadrli sakkiz narsa eslatilib, ulardan ham mahbubroq narsa Alloh, Uning Rasuli va Uning yo‘lida jihod qilish bo‘lmog‘i lozimligi uqtirilmoqda. Mazkur sakkiz narsaning hammasi yoki birortasi insonga Allohdan, Uning Rasulidan va Uning yo‘lida jihod qilishdan mahbub bo‘lsa, unda u insonning iymoni nuqsonga uchraydi. Bu dunyoda ota-ona insonlar uchun juda qadrdon hisoblanadilar. Islom dini ularga yaxshilik qilishni, ularni hurmatlash va e’zozlashni qattiq tayinlagan. Ammo shunday bo‘lsa-da, ularning muhabbati Allohdan, Uning Rasulidan va jihoddan ustun bo‘la olmaydi. Musulmon odam bu haqiqatni bilmog‘i lozim). (Tavba surasi, 24-Oyat).

Siz ham mo‘minlikni da’vo qilasizu, o‘zingizda mo‘minlarning ushbu hulqi, ya’ni Alloh uchun g‘azablanish bormi?!

Aliy ibn Abu Tolib r.a. rivoyat qiladi:

كساني رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حُلَّة سِيَرَاء، فخرجت فِيهَا، فرأيت الغضب في وجهِه، فشققتُها بين نسائي

«Payg‘ambar s.a.v. menga kiyim kiydirdilar, o‘sha kiyimda chiqqan edim, u kishining yuzlarida g‘azabni ko‘rdim. Keyin uni yirtib, ayollarimga bo‘lib berdim» (muttafaqun alayh).

Abu Mas’ud Uqba ibn Amr Badriy r.a. rivoyat qiladi:

جَاءَ رَجُلٌ إلى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ، فَقالَ: إنِّي  لَأَتَأَخَّرُ عن صَلَاةِ الصُّبْحِ مِن أجْلِ فُلَانٍ؛ ممَّا يُطِيلُ بنَا ، قالَ: فَما رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ غَضِبَ فِي مَوْعِظَةٍ قَطُّ أَشَدَّ مِمَّا غَضِبَ يَوْمَئِذٍ، فَقَالَ: يا أيُّها النَّاسُ، إِنَّ مِنْكُمْ مُنَفِّرِينَ, فَأَيُّكُمْ أَمَّ النَّاسَ فَلْيُوجِزْ, فَإِنَّ مِنْ وَرَائِهِ الْكَبِيرَ وَالضَّعِيفَ وَذَا الْحَاجَةِ

«Bir kishi Payg‘ambar s.a.v. ning oldilariga kelib: «Falonchi tufayli men bomdod namoziga kechikib kelaman, u uzaytirib yuboradi», dedi. Payg‘ambar s.a.v. ning hech bir mav’izalarida o‘sha kundagidek g‘azablanganlarini ko‘rmaganman. O‘shanda: «Ey odamlar, ayrimlaring odamlarni dindan bezdirib qo‘yyaptilar. Qaysi biringlar odamlarga imom bo‘lsa, qisqa qilsin, chunki uning orqasida qarilar, nogironlar, hojatmandlar bordir», dedilar» (muttafaqun alayh).

Oisha r.a. rivoyat qiladi:

«قَدِمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِنْ سَفَرٍ, وَقَدْ سَتَرْتُ سَهْوَةً لِي بِقِرَامٍ فِيهِ تَمَاثِيلُ, فَلَمَّا رَآهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم هَتَكَهُ وَتَلَوَّنَ وَجْهُهُ وَقَالَ: يَا عَائِشَةُ, أَشَدُّ النَّاسِ عَذَابًا عِنْدَ اللَّهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ الَّذِينَ يُضَاهُونَ بِخَلْقِ اللَّهِ»

«Payg‘ambar s.a.v. safardan kelganlarida (o‘ynaydigan to‘p) toshchalarimni haykallarning rasmi bor qizil choyshab bilan berkitdim. Uni ko‘rib, yirtib tashladilar va yuzlarining tusi o‘zgarib: «Ey Oisha, Qiyomat kunida Allohning oldida eng qattiq azoblanadigan kishilar yaratuvchilikda Allohga o‘xshamoqchi bo‘lgan kimsalardir», dedilar» (muttafaqun alayh).

 Mo‘minlar xaqida yaxshi gumonda bo‘lish:

Alloh Taolo aytadi:

لَّوۡلَاۤ إِذۡ سَمِعۡتُمُوهُ ظَنَّ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَٱلۡمُؤۡمِنَـٰتُ بِأَنفُسِهِمۡ خَیۡرࣰا

– „(Ey mo‘minlar), sizlar uni(ya’ni bu bo‘htonni) eshitgan paytingizda mo‘min va mo‘minalar bir-birlari haqida yaxshilikni o‘ylasalar bo‘lmasmidi?!“.    [24:12]

Izohlar yo'q