Qirgʼiziston Shvetsiya hukumatini Qurʼonni yoqishning oldini olishga chaqirdi

0
242

Qirgʼiziston Shvetsiya hukumatini Qurʼonni yoqishning oldini olishga chaqirdi

1 avgust kuni Shvetsiyaning tashabbusi bilan Qirgʼiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev va Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billьstryom oʼrtasida telefon orqali muloqot boʼlib oʼtdi. Qirgʼiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev Shvetsiya davlat organlarini Qurʼonni yoqish boʼyicha aktsiyaga yoʼl qoʼymaslikka chaqirdi. Bu haqda davlat axborot xizmati xabar berdi.
“Tobias Bilstryom Qurʼoni Karim nusxasi yoqib yuborilishi bilan bogʼliq vaziyat haqida qisqacha maʼlumot berdi va Shvetsiya hukumatining bu boradagi pozitsiyasini qayd etdi. Oʼz navbatida vazir Qulubaev Shvetsiya hukumati, odamlarning diniy tuygʼulariga taʼsir etuvchi bunday salbiy hodisalarning oldini olish choralarini koʼrishi kerakligi haqida oʼz fikrini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Izoh: Bir oy avval Shvetsiyada Qurʼoni Karimning yoqilishi va masxara qilinishi ortidan bir qancha Islomiy oʼlkalar rahbarlari ushbu hodisani qoralab, Shvetsiya rasmiylarini Qurʼoni Karimning taxqirlanishiga qarshi chora koʼrishga chaqirgan edi. Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari ham favqulodda yigʼilish oʼtkazib, bunga qarshi qatʼiy qaror qabul qilishini eʼlon qilgan edi. Biroq shunday boʼlishiga qaramay, Qurʼoni Karimning tahqirlanishi kamayish oʼrniga yanada ortib bormoqda.
Kufr olami dunyodagi mavjud 2 milliarddan ortiq musulmonlarning koʼz oʼngida, bunga qarshi musulmonlarning jiddiy qoʼzgʼalishidan qoʼrqmagan holda bunday razil ishlarga qoʼl urmoqda. Ularni bunga undagan narsa musulmonlarning qoʼrqoqligi yoki uyqudaligi emas. Chunki bugungi kunda musulmonlarda uygʼoqlik alomatlari aniq koʼzga tashlana boshladi. Аyniqsa yoshlar orasida uygʼonish darajasi rivojlanib, Islomiy saqofatning keng yoyilib borishi eʼtiborga molikdir. Kufr ahlini Qurʼoni Karimga va Islomiy qadriyatlarga quturib jurʼat qilishga undagan asosiy narsa, ularning 2 milliarddan ortiq musulmonlarning birlashib ketish xavfidan xotirjamligidir. Chunki mustamlakachi Gʼarb mana shu kundan-kunga uygʼonib borayotgan musulmonlarning ustiga, kufrning bunday razil ishlariga qarshi bosh koʼtarishdan ularni toʼsib turadigan hokimlarni posbon qilib, oʼrnashtirib qoʼygan.
Bunday paytda bu hokimlarning asosiy vazifasi norozilik bildirish, qattiq qoralash, tanqid qilish yoki Kulubaev kabi Gʼarb davlatlari rasmiylarini Qurʼoni Karimni yoqish boʼyicha aktsiyaga yoʼl qoʼymaslikka chaqirish bilan bir qatorda, agar musulmonlar haqiqiy maʼnoda jiddiy qoʼzgʼaladigan boʼlsa ularni kuch bilan boʼlsa ham bostirishdan iboratdir. Islom Hamkorlik Tashkiloti kabi tuzilmalarning vazifasi esa, darhol favqulodda yigʼilish tashkil qilish, bu safar aniq qarorlar qabul qilishga va qatʼiy qadamlar tashlashga vaʼda berish hamda tinchlantiruvchi bayonotlar bilan musulmonlarning gʼazabini bostirishdir.
Shuning uchun bugungi kunda musulmonlardan talab qilingan narsa Islomiy muqaddasotlarning toptalishiga qarshi oʼz noroziliklarini ifodalash bilan bir qatorda, kofir Gʼarb musulmonlar ustiga posbon qilib qoʼygan hokimlarni agʼdarib tashlab, ularning oʼrniga, barcha musulmon oʼlkalarni bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilishdir. Zero, Xalifalik davlati Qurʼoni Karimni tepkilagan oyoqlarni va Uni yoqqan qoʼllarni kesib tashlaydi. Bunday ishlarga jurʼat qilayotgan dushmanlarni bir zumda aqlini joyiga keltirib qoʼyadi. Islom Ummatiga yoʼqotgan haybatini va oʼtmishdagi kuch-qudratini qayta olib beradi.

Аbdurahmon Odilov

Izohlar yo'q