بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Allohning nusrat haqidagi va’dasi ro‘yobga chiqishidan oldin keladigan sinovlar va nusrat belgilari
(Uchinchi halqa)
Ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman)
Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi
rasmiy notig‘i yordamchisi
Zolimlar haq ahli ustidan g‘olib kelib, o‘z botillarini – G‘arb davlatlari musulmon yurtlarida qilishayotgani kabi – zulmu zo‘ravonlik bilan o‘tkazishar ekan, pastkash kimsalarni hukmdor sifatida tayinlab, demokratiya va erkinlik niqobi ostida buzuqlik va fahsh ishlarini yoyilishini ta’minlashmoqda…, Demokratiya va erkinlik niqobi ostidagi buzuqlik va fahsh ishlariga g‘ayritabiiy jinsiy aloqaga chaqirish, Islomdan chiqishni targ‘ib qilish, CEDAW va boshqa konvensiyalar orqali xotin-qizlarga va bolalarga erkinlik huquqini berish niqobi ostida oilalarni buzish kabi ishlari misol bo‘la oladi. Yollanma axborot vositalari ham bunday iflos ishlarni odamlarga yetkazishda va bu ishning «ustasi farangi» bo‘lgan rasvo kimsalarni buyuk qilib ko‘rsatishda ularga xizmat qilishmoqda. Mana shunday buzuq voqelik haqqa da’vat qiluvchilardan ba’zilarga ta’sir qilyapti. Oqibatda, Allohning shariatini yer yuzida o‘rnatishga da’vat qilayotganlardan ba’zilari bizning da’vatda xatolik bor, shu sababdan Alloh Taolo bizga nusrat tushirmayapti, degan xayolga bormoqda. Hatto ba’zilari bundan ham yomon fikrga borib, o‘z da’vatlarida qoloqlik bor, deya yon berishga chaqirishyapti. Yoki dinlari va aqidalari asosida o‘zgartirish yasash uchun o‘zlari tabanniy qilib, ijmo qilgan minhojni o‘zgartirish kerakligini aytishyapti. Bu ularni qat’iyatlarini sindirmoqda. Hatto bu narsa Alloh Subhanahuning vahiysi va hakim shariati bo‘lmish mustahkam asosga tayangan yo‘llariga bo‘lgan ishonchlarini yo‘qotishga ham olib kelishi mumkin.
Nusratning tezlashish yoki kechikishi masalasi Alloh Taoloning dini asosida o‘zgartirishni istagan insonlar yo‘lining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga dalil bo‘lmaydi. Chunki nusrat Alloh Taoloning eng sevimli insoni bo‘lmish payg‘ambarlarga ham kechikishi mumkin. Bu bir sonov, imtihondirki, Alloh shu orqali O‘zi istagan bandalarini tekshiradi. Buni Rahmon Subhanahuning oyatlari ham tasdiqlab kelgan.
﴿حَتَّى إِذَا اسْتَيْأَسَ الرُّسُلُ وَظَنُّواْ أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُواْ جَاءهُمْ نَصْرُنَا فَنُجِّيَ مَن نَّشَاء وَلاَ يُرَدُّ بَأْسُنَا عَنِ الْقَوْمِ الْمُجْرِمِينَ﴾
«Har qachon payg‘ambarlarimiz noumid bo‘lib, «biz yolg‘onchi qilindik (payg‘ambar ekanligimizga ishonmadilar), deb o‘ylay boshlaganlarida, ularga Bizning nusratimiz kelgan. Biz (shunday qilib) xohlagan kishilarga najot bergan edik. Jinoyatchi qavmdan (esa) bizning azobimiz qaytarilmas!»
[Yusuf 110]
Allohning payg‘ambari Nuh alayhissalom qavmini uzoq yillar da’vat qilgan, ular esa uning payg‘ambarligiga ishonishmagan va uni masxara qilib, unga ergashganlarga ziyon-zahmat yetkazishgan. Nuh alayhissalom ellik yili kam ming yil shunday sinovda qolib, da’vatini yetkazishda bor kuchini va bor imkoniyatini sarflab, hech malollanmay harakat qilgan… Unga juda oz kishi ergashgan. Bu haqda Alloh Taolo bunday deydi:
﴿وَمَا آمَنَ مَعَهُ إِلاَّ قَلِيلٌ﴾
«Unga juda oz kishi imon keltirdi» [Hud 40]
Biroq, shunga qaramay, Nuh alayhissalomning diliga uning minhoji yaroqsiz yoki xato, shuning uchun odamlar uni qabul qilishmadi, degan narsa sizib kira olgan emas. Bunga boshqa talaygina misollar bor.
Sinov hammaga kelganda va baxtsizlik keng yoyilganda insonning nusratni tezroq kelishini talab qilishiga kelsak, bu bir insoniy tabiatdir. Chunki u uzoq vaqt sinovni ko‘tarolmaydi. Buni faqat Allohning marhamati yetgan insonlargina ko‘taradi. Zero, sinov bir tomondan, qat’iyatni zaiflashtirib, faollikni susaytirsa, boshqa tomondan, botillar to‘dasini kuchaytiradi va botillar to‘dasi o‘zlarini haq deb o‘ylashadi. Shu bois, haqni yetkazayotganlarga zulmni kuchaytirishadi. Ana shunda sinov kuchli kelgani uchun odamlar tezroq nusrat kelishini talab qiladilar. Xabbob ibn Aratdan rivoyat qilinadi: Biz Rosululloh ﷺga shikoyat qildik, ul zot Ka’baning soyasida choponlariga yonboshlab o‘tirgan edi. Biz u zotga «Allohga duo qilib, bizga nusrat-yordam berishini so‘ramaysizmi», dedik. Shunda bunday marhamat qildilar:
«كَانَ الرَّجُلُ فِيمَنْ قَبْلَكُمْ يُحْفَرُ لَهُ فِي الْأَرْضِ فَيُجْعَلُ فِيهِ فَيُجَاءُ بِالْمِنْشَارِ فَيُوضَعُ عَلَى رَأْسِهِ فَيُشَقُّ بِاثْنَتَيْنِ وَمَا يَصُدُّهُ ذَلِكَ عَنْ دِينِهِ وَيُمْشَطُ بِأَمْشَاطِ الْحَدِيدِ مَا دُونَ لَحْمِهِ مِنْ عَظْمٍ أَوْ عَصَبٍ وَمَا يَصُدُّهُ ذَلِكَ عَنْ دِينِهِ وَاللَّهِ لَيُتِمَّنَّ هَذَا الْأَمْرَ حَتَّى يَسِيرَ الرَّاكِبُ مِنْ صَنْعَاءَ إِلَى حَضْرَمَوْتَ لَا يَخَافُ إِلَّا اللَّهَ أَوْ الذِّئْبَ عَلَى غَنَمِهِ وَلَكِنَّكُمْ تَسْتَعْجِلُونَ»
«Sizlardan avvalgilar davrida kishiga chuqur qazilib, so‘ng shu chuqurga tushirilar va arra bilan boshini o‘rtasidan ikkiga bo‘lib tashlanar edi. Ammo bu narsa uni dinidan qaytarolmas edi. Temir taroqlar bilar taralib, go‘shti bilan suyagi ajratib olinardi. Bu ham uni dinidan qaytarolmasdi. Allohga qasamki, albatta Alloh bu ishni tamomiga yetkazgay. Ana shunda San’odan Hazramavtga yo‘l olgan otliq hech narsadan qo‘rqmay bemalol boradigan bo‘ladi. U faqatgina Allohdan va qo‘ylarini bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqadi, xolos. Sizlar esa, shoshyapsizlar». (Buxoriy rivoyati).
Islom Ummati ham bugungi kunda ana shunday voqelikda yashamoqda. Xalifalik davlati ag‘darilib, kofirlar musulmonlar yurtlarini bosib olgach, bu yurtlar xuddi katta qamoq lagerlariga o‘xshab qoldi… U yerda kofirlar va ularning gumashtalari Alloh Taoloning diniga qarshi kurashib, ochiqdan-ochiq osiylik qilishyapti. Shuningdek, eng past kimsalar bo‘lgan malay hokimlar – ular harbiylar, siyosatchilar, mufakkirlar va jurnalistlar bo‘ladimi farqsiz – hukmronlik qilishmoqda. Mustamlakachi kofir kiritgan saqofat boshqaruv, siyosat, iqtisod va ijtimo kabi sohalarda hukmron saqofat bo‘lib qoldi. «Tafsiri Zilol» muallifining surai hajda kelgan ayni voqelik haqidagi tafsiri meni qoyil qoldirgan edi. Unda bunday keladi:
«Ba’zan nusrat kechikadi. Chunki hali Ummatning infratuzilmasi pishib, oxiriga yetmagan, uning energiyasi jamlanmagan hamda Ummat o‘zida eng kuchli kuchlar va tayyorgarliklar xazinasi borligini anglab yetishi uchun hali uning har bir bo‘g‘ini o‘tkirlashib, bir joyga yig‘ilmagan bo‘ladi. Agar shunday ahvolda nusrat kelsa, uzoq vaqt himoya qilolmay uni qo‘ldan berib qo‘yishi mumkin!
Nusrat ba’zan kechikadi, toki, Ummatning azob-uqubat va alamlar chekib, qiynalayotgan bir paytda Allohga bog‘liqligi ortsin, Allohdan o‘zga tayanch topolmasin, qiyinchilik paytda Undan boshqa tomonga yo‘nalmasin, tug‘yonga bormasin, haq va adolatdan hamda Allohning unga yordami bo‘lmish haq, adolat va xayrdan adashmasin.
Ha, nusrat ba’zan kechikadi. Chunki Ummat kurashayotgan botilning soxtaligi odamlarga hali-beri to‘liq oshkor bo‘lmagan bo‘ladi. Botil o‘sha paytda garchi mo‘minlar tomonidan yengilgan taqdirda ham yana o‘ziga tarafdorlar topib olaveradi. Chunki bu tarafdorlar botilning botilligiga, uni yo‘q qilish zarurligiga hali ishonib yetmagan bo‘lishadi… Botilning ildizlari haqiqatni to‘liq anglab yetmagan oddiy insonlar ichida saqlanib qolgan bo‘ladi. Shuning uchun Alloh botilni to odamlarga aniq-tiniq ko‘rinishi uchun ma’lum vaqt saqlab turishni istaydi.
Nusrat goho kechikadi. Chunki Ummatda gavdalanuvchi haq, adolat va xayrni kutib olishga vaziyat hali tayyor bo‘lmagan bo‘ladi. Agar Ummat nusratga shunday yaroqsiz bir vaziyatda yetishsa, o‘zi uchun barqarorlikni topolmaydigan muxolif bir vaziyatga duch keladi… Shuning uchun to qalblar nusrat atrofiga yig‘ilib, muzaffar haqni kutib olish va uni avaylab asrashga tayyor bo‘lishi uchun kurash mavjud bo‘lib turadi! Mana shular va boshqa faqat Allohning o‘ziga ma’lum narsalar sababli nusrat ba’zan kechikadi va oqibatda qurbonliklar va alamlar bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Va nihoyat, Alloh imon keltirgan zotlarni himoya qiladi va nusrat ro‘yobga chiqadi. Nusratning o‘z vazifalari va yuklari bor. Nusratning sabablari to‘la topilib, uning bahosi to‘liq to‘lanib, uni kutib olish va asrash uchun muhit hozirlangandan keyingina Alloh nusratga izn beradi:
﴿وَلَيَنصُرَنَّ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ﴾
«Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarga albatta nusrat berur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir» [Haj 40]». Iqtibos tugadi.
Ushbu tarixiy lahzada, Xalifalik davlati orqali yer yuzida Islomni barpo etish uchun faoliyat qilayotgan insonlar o‘zlaridagi mavjud minhojning o‘zgartirishga qodir yagona minhoj ekaniga chuqur ishonsinlar. Chunki bu minhojda Islom aqidasi asos, shar’iy hukm o‘lchov qilib olingan hamda ahkomlar va yangi-yangi masalalarga berilgan yechimlar usulan va furuan Alloh Taoloning vahiysidan to‘g‘ri ijtihod bilan ishlab chiqilgan. Minhojga nisbatan imon va ishonchda bo‘linadigan ushbu bosqichda, Alloh Taolo bizni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik bilan siylashi uchun sabotga muhtoj bo‘lamiz.
Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan