Falastin maʼmuriyati manfur, qoʻrqoq va xoindir

0
303

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin maʼmuriyati manfur, qoʻrqoq va xoindir

Falastin maʼmuriyati hukumati koʻchmanchi yahudiylar hujumlarini toʻxtatish uchun BMTning aralashishini talab qildi. Buni bosh vazir Muhammad Shtayyex Gʻarbiy Sohil markazidagi Ramalloh shahrida oʻtkazilgan haftalik hukumat yigʻilishning ochilish nutqida aytdi.
Taʼkidlash joizki, bu haqda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi oʻz saytida bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
Bu maʼmuriyat xalqaro aralashuvni qayta-qayta talab qilishi bilan Falastin ahli oldida oʻzining qora yuzini yuvishni maqsad qildi. Chunki Falastin ahli uning dushmanga qarshi kurashmaydigan, mazlumga yordam bermaydigan, balki bosqinchi yahudiylar xavfsizligiga richag boʻlishdan oʻzga tashvishi boʻlmagan maʼmuriyat ekanini yaxshi anglaydigan boʻlib qolgan. Chunki bu maʼmuriyat yahudiylar xavfsizligini taʼminlash uchun oʻz kuchlarini safarbar qilib, bar vaqtning oʻzida, yolgʻon koʻz yoshi toʻkib, soxta oʻyinlar qilmoqda… Falastin ahlini himoya qilish va yordam berish kerak boʻlgan paytda esa, miq etmayapti.
Hatto Falastin hukumati matbuot kotibining bayonot va pozitsiyalarni bildirish bilan kifoyalanganligi sharmandali holdir. Goʻyo u gazeta muxbiri yoki sport sharhlovchisiga oʻxshaydi, goʻyo maʼmuriyat va hukumatning ishi masalani oʻrganish va muhokama qilish emas, quruq bayonot berishdan iborat!
Falastin maʼmuriyatining BMTga murojaat qilish qadami faqatgina odamlar diqqatini chalgʻitish va xalq oldida qora yuzini yuvish, deya baholanmaydi. Balki shu bilan birga, bu qadam uning xoinlik va yon beruvchanlik tushunchasini yanada kengaytirib, ekranlar, maydonlar va muhokama davralari orqali real taʼsir qilish va ozod etish tanlovlaridan yanada uzoqlashtiradi. Agar bu maʼmuriyatda zarra qadar aql-farosat va xolislik boʻlganda edi, Ummat va uning armiyalariga murojaat qilib, ularni Falastin ahliga nusrat berishga va oʻz-oʻzidan bosqinchilikka chek qoʻyishga daʼvat qilgan boʻlardi, unga munosib ish shu edi. Biroq, bu maʼmuriyat qayoqdan ham shunday qilsin, axir u Falastin masalasidan voz kechish va uni yoʻq qilish uchun yasalgan maʼmuriyat boʻlsa?!
Shu nuqtai nazardan, Falastin maʼmuriyati prezident Abbos “koʻchmanchi yahudiylarning tinimsiz hujumlaridan himoya qilish maqsadida Nablus shimoli gʻarbidagi Burqa qishlogʻi aholisining uylari derazalariga temir panjaralar va himoya vositalari oʻrnatilsin”, degan buyruq chiqardi. Bu esa, shuni anglatmoqdaki, koʻchmanchi yahudiylar tomonidan aholiga qarshi sistematik ravishda qoʻrqitish va sabotaj jinoyatlarining sodir etilishiga maʼmuriyat zimdan rozi boʻlyapti… Abbos aholining oʻz uylarida yahudiylarning zulmi ostida panjaralar ortida qoʻl-qovushtirib asir boʻlib oʻtirishlarini xohlayapti! Chunki mabodo ular yahudiylarga qarshi kurashish toʻgʻrisida hatto oʻylasalar ham darhol minglab xavfsizlik kuchlarini yuborib ularni bostiradi, aslo ayab oʻtirmaydi!
Boshqa tomondan, ommaviy axborot vositalariga koʻra, Abbosning oʻz uyida najas yahudiylar mudofaa vaziri Beni Gants bilan uchrashuvi “doʻstona va samimiy muhitda boʻlib oʻtdi va tomonlar oʻzaro sovgʻa almashdilar”. Gants maʼmuriyati uchrashuvda “xavfsizlik hamkorligini mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashdan umumiy manfaatdorlik taʼkidlanganini xabar qildi.
Ha, Abbos uyida Gantsni mehmon qilayotgan bir vaqtda, bosqinchi yahudiy kuchlari shimoliy Xalil, Quddus, Anabta, Huson shaharlarida va Dahisha jamlogʻida aholi uylariga bostirib kirib, oʻnlabini qamoqqa olmoqda. Undan oldin Qubbas Sahro va Marvona masjidini shturm qilishgandi. Koʻchmanchi yahudiylarning Bayto va Burqada hujumlar sodir etishlari hamda Quddus shahridagi Jabali Mukabbir aholisi uylarini vayron qilishlari odatiy holga aylangan. Bosqinchi kuchlarning repressiyalari tufayli mahbuslar ahvoli ham hanuz ayanchli vaziyatda. Bunday shafqatsiz tajovuzlarning oʻndan birining oʻzi urush eʼlon qilishga sabab boʻladi… Ammo Abbos, shunga qaramay jinoyatkorlik uchrashuvlarini oʻtkazmoqda va otashin suhbatlaru sovgʻa almashishlar bilan oʻzning xunuk basharasini yanada qabih qilmoqda! Goʻyo Falastin ahlining shuncha musibatlari maʼmuriyat gumashtalari bilan yahudiylar kattalari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarga xalaqit bermaydigandek! Bu maʼmuriyat oʻzining shunday sharmandali xoinona qilmishlari bilan Ummat dushmanlari safiga toʻliq oʻtib olganini, zimmasiga yuklangan vazifani ado etayotganini, muqaddas dargohlar, qon, nomus va asrlar haqida esa, maʼmuriyat rahbarlari eng oxiri oʻylashlarini isbotlamoqda, zotan, maʼmuriyatning oʻzi shunday vazifalar uchun tuzilgan!

Roya gazetasining 2021 yil 5 yanvar chorshanba kungi 372-sonidan

Izohlar yo'q