BMT kambagʻallarni “tuya ustida it qopishi”dan ogohlantirdi

0
492

BMT kambagʻallarni “tuya ustida it qopishi”dan ogohlantirdi

Xabar: 2022 yilning ilk oyi davomida dunyo boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari narxi rekord darajada qimmatladi. BMTning narx-navo indeksi ana shundan dalolat bermoqda.
Yanvar oyi davomida oʻsimlik moyi, goʻsht, don hamda sut mahsulotlari bahosi keskin koʻtarilgan. BMT narx oshishi koʻrsatkichi shu tariqa davom etsa, 2011 yildagi aksilrekord takrorlanishidan xavotir bildirmoqda.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha mulozimi Yozef Shmidhuber narx qimmatlashuvidan eng avval qashshoq va kambagʻal qatlam aziyat chekishi, tirikchilik qattiqlashib, roʻzgʻor tanglashuvidan ogohlantirgan.
Maʼlum qilinishicha, Turkiyadan Paragvayga qadar dunyo boʻylab kuzatilayotgan inflyatsiya vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Ukraina, Tayvan, Eron kabi mamlakatlar urush xatari ostida ekani esa tovarlar va xizmatlarning erkin harakatiga toʻsiq boʻlmoqda. Boz ustiga, oʻtgan yili yogʻingarchilik kam kuzatildi, koʻplab mintaqalarda qurgʻoqchilik roʻy berdi. Bu esa joriy yilda hosildorlik koʻrsatkichi tushishidan darak beradi.
Iqtisodiy tahlilchilar koronavirus pandemiyasidan keyin endigina oyoqqa turishga urinayotgan uchinchi dunyo davlatlari narx oshishi tufayli yangi sinovga roʻbaroʻ keladi degan xavotirda.
Avvalroq BMTning oziq-ovqat idorasi 2021 yilda oziq-ovqat mahsulotlari bahosi 28 foizga oʻsganini maʼlum qilgan va dunyo davlatlarini bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga undagan edi.

Izoh: Bugungi kunda dunyo aholisi duch kelayotgan qashshoqlik, ocharchilik , qimmatchilik va urushlar uchun kapitalistik tuzum javobgar ekanligi shubhasiz. Barcha ishlarni moddiy manfaat ustiga qurishga asoslangan kapitalistik tuzumda barcha serdaromad sohalar monopoliya qilib olingan. Mustamlakachi davlatlar BMT orqali uchinchi dunyo davlatlariga ogʻir sanoatga ega boʻlishni taqiqlab, stanoksozlik va mashinasozlik sanoatini oʻz nazoratlari ostiga olishdi. Natijada asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan davlatlar qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan texnikalarni ham ulardan qimmat narxlarda sotib olishga majbur boʻlishmoqda.
Mustamlakachilar faqat ogʻir sanoatni oʻz qoʻllari ostida jamlashdan tashqari, qishloq xoʻjaligida asos boʻlgan urugʻchilik tarmogʻini ham izdan chiqarib tashlashdi. Mustamlakachilar uchinchi dunyo davlatlariga geni oʻzgartirilgan urugʻlarni avval deyarli tekin yoki arzon narxlarda yetkazib berishdi. Urugʻchilik izdan chiqib, mahalliy navlar yoʻqolib, ularga qaramli oshganidan soʻng urugʻlarni ham oʻzlari belgilagan narxlarda yetkazib berish orqali urugʻchilik sohasini ham oʻz nazoratlari ostiga olishdi. Oʻz navbatida geni oʻzgartirilgan oʻsimliklar inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishni boshladi. Natijada uchinchi dunyo davlatlari aholisi oʻrtasida turli xil kasalliklar avj olib, kapitalistlarning yana bir daromadli monopoliya sohasi farmatsevtika tarmogʻi ham gullab-yashnamoqda. Kapitalistlar moddiy foydani qoʻlga kiritish maqsadida shu kabi qimmatchilik, iqtisodiy inqroz va ocharchiliklarni sunʼiy ravishda vujudga keltirishadi. Bu ishlarni boshida turgan BMT esa dunyo aholisini qashshoqlik, qimmatchilik va ocharchilik kutib turganini bashorat qilib, ularni bu falokatdan “qutqarmoqchi”.
Olamning kapitalistlar zulmidan qutqarishning yagona yoʻli yer yuzida adolat bilan hukm yurituvchi paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini vujudga keltirishdir. Chunki, Islom har bir shaxsning asosiy ehtiyojlarini qondirishga kafildir. Islomda bugungi qimmatchiliklarning asosiy sababchisi boʻlgan monopoliya harom qilingan va davlat biror shaxsni monopoliya qilishiga yoʻl qoʻymaydi. Islom shaxsni mehnat qilish, rizq topish va unga harakat qilishga undaydi, qarindoshlarga aloqador nafaqani farz qildi. Zakot va sadaqalar hamda umumiy va davlat mulkidan kambagʻallar uchun nafaqa belgilagan.

Abdurahmon Odilov

Izohlar yo'q