Tunisdagi murakkab muammolarni insonlar ishlariga Robbul olaminning ahkomlari asosida gʻamxoʻrlik qiladigan haqiqiy davlat arboblarigina hal eta oladi

0
230

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tunisdagi murakkab muammolarni insonlar ishlariga Robbul olaminning ahkomlari asosida gʻamxoʻrlik qiladigan haqiqiy davlat arboblarigina hal eta oladi

Qiriq kundan buyon Tunisdagi Safoqis (Sfaks) shahri axlat, chiqindi, hasharot, pashsha va qurtlar uyumi ostida yashamoqda… Bunga sabab Aqorib (Agareb) rayonidagi axlatxonaning yopilganligi sabab boʻldi va oʻz navbatida, bu rayon aholisi bilan xavfsizlik kuchlari oʻrtasida keskin toʻqnashuvlarni keltirib chiqardi.
Bu xususda 2021 yil 10 noyabr chorshanba kuni Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Bu axlat krizisi abgor rejimning asl basharasini fosh etdi… Rejimni Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritmaydigan va Tunisdagi mavjud barcha muammolarni samarali hal etishga qodir davlat arboblarini yetishtirib chiqarmaydigan bepusht rejim ekanini ochib tashladi. Vaholanki, axlatlarni qayta ishlab chiqish, buning uchun ayni chiqindilarni ikkita saralash jarayonidan oʻtkazib, shu orqali axlatlar sababli kelib chiqadigan ekologik halokatga chek qoʻyish, keyin esa, axlatlarni turlarga ajratib, ogʻir sanoat korxonalarida ishlatiladigan muqobil yoqilgʻi sifatida ishlatish mumkin edi”.
Matbuot bayonotida quyidagilar taʼkidlandi:
Mustamlakachi davlatlar zoʻrlik ishlatib, makr qilib va nopok pullar orqali ustimizga oʻrnatib qoʻygan bu rejimlarga mana shunday krizislarni qasddan keltirib chiqarish vazifasi yuklangan. Shubhasiz, Tunisdagi bunday oʻtkir muammolarni Ummat aqidasidan balqib chiquvchi ilgʻor fikrga ega boʻlgan hamda insonlar ishlarini Robbul olaminning ahkomlari bilan boshqaradigan haqiqiy davlat arboblarigina hal etadi. Zero, yurtning yer osti va yer usti boyliklaridan Ummat manfaati yoʻlida oqilona foydalanuvchi bunday er kishilari Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatidagi haqiqiy arboblardir. Shuning uchun barcha muammolarni yechishga hamda krizislarni hal etib, yurtni taraqqiyot sari yoʻllashga birdan bir kafil davlat Xalifalik davlatidir.

Roya gazetasining 2021 yil 17 noyabr chorshanba kungi 365-sonidan

Izohlar yo'q