Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti “Ekologik krizis, sabablar va islomiy yechimlar” nomli kampaniya boshladi

0
280

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti “Ekologik krizis, sabablar va islomiy yechimlar” nomli kampaniya boshladi

Glazgoda dunyoning turli davlatlaridan bosh vazirlar va diplomatlar darajasida iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning 26-konferentsiyasi boʻldi. Konferentsiya koʻpchilik tomonidan “favqulodda iqlim oʻzgarishi”, deya atalayotgan muammoni hal qilishga qaratildi. Bugun Yer kurrasi mana shunday muammoga duch kelayotgan ekan, butun dunyo iqlim oʻzgarishi va uni oʻz domiga tortayotgan ekologik ofatlar chorrahasiga kelib qoldi.
Hech shubha yoʻqki, Yer kurrasida mudom kapitalistik tuzum hukmron ekan, u aslo tinch-xavfsiz boʻlmaydi. Zotan, bu tuzum nazorati va hukmronligida hech narsa xavfsiz boʻlolmaydi va olam kasalligiga muolaja topilmaydi. Shuning uchun, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi ushbu ekologik krizisning haqiqiy sabablarini hal etishga bagʻishlanga ikki haftalik kampaniya boshladi. Kampaniyada butun dunyoga taʼsir qilayotgan bu ekologik muammolarga nisbatan kapitalizmga alьternativa sifatida, Islom va uning tuzumi taqdim etiladi. Ushbu Yer kurrasini muhofaza etish, jumladan, insoniyatning iqtisodiy taraqqiyoti va rivojlanishini taʼminlagan holda, resurslarni tabiatga mos ravishda idora qilishga qaratilgan islomiy printsiplar, qonunlar va yoʻllar yoritib beriladi.
Kampaniyani quyidagi manzil orqali kuzatishingiz mumkin:
https://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/dawahnews/cmo/78482.html

Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan

Izohlar yo'q