بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iroqdagi parlament saylovlari: maqsad va natijalar
Ustoz Mozin Dabbog‘ – Iroq
2003 yil Iroqni bosib olgandan keyin Amerika Iroq muassasalarni tarqatib yuborish va o‘zining federal boshqaruvini o‘rnatish orqali nufuzini mustahkamladi. Iroqdagi qatlamlarga hokimiyatlarni bo‘lishib berdi, kurdlarga davlat rayosatini, shialarga hukumat rayosatini, sunniylarga parlamentni berdi… Iroq xalqi ilgari ko‘rmagan bunday boshqaruvni Amerika o‘zining mash’um konstitutsiyasi bilan qonuniylashtirdi va hokimiyatparastlikdan boshqa hech qanday g‘ami yo‘q bo‘lgan malay partiyalar tomonidan uni tasdiqlatdi. Bularning barchasi amalga oshdi, ammo iroqlik xalqqa hech narsa tegmadi.
O‘sha paytdan to shu kungacha Iroq chidab bo‘lmas jahannamga aylandi… Korruptsiya, baxtsiz hayot, qochqinlik, qashshoqlik va qarzdorlik botqog‘iga botdi. Holbuki, Iroqda boyliklar ko‘p, resurslar talaygina.
Shunday qilib, xalq barcha azoblarni totgandan so‘ng, qo‘rquv devorini ag‘darib, Bag‘doddan janubiy viloyatlarga qadar oktyabr intifozasi, deb atalgan yirik namoyishlarni boshladi…, davlatning terrori va qurolli jangarilari qarshisida sabot bilan turdi. Amerika bilan uning malay hukumati davlatning va rejimning ag‘darilishi alomatlarini ko‘rishdi… Shunda namoyishlarni jilovlashga urinib, bosh vazir Odil Abdulmahdiyni ishdan olishdi va o‘rniga Mustafo Kozimiyni tayinlashdi. Kozimiy muddatidan oldin va adolatli saylovlar o‘tkazishga, korruptsionerlarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida xalqqa va’da berdi.
Ushbu saylovlardan maqsad, bir tomondan namoyishchilar g‘azabini bostirish va rejimni saqlab qolish bo‘lgan bo‘lsa, yana bir tarafdan yurtdagi baxtsiz hayotga rejim emas, korruptsionerlar sababchi, degan narsani ko‘rsatib, o‘zgarish saylovlar orqali xalqning qo‘lida ekaniga, Amerika va uning qo‘g‘irchoq hukumati muddatidan oldin va adolatli saylovlar o‘tkazishga diqqat qaratayotganiga odamlarni ishontirish bo‘ldi. BMT bilan xalqaro kuzatuvchilarning ishtirok etishi 2021 yil 28 avgustdagi Bag‘dod konferentsiyasida e’tibor qaratilgan punktlardan biri bo‘ldi. Vaholanki, eng katta yolg‘on mana shu kuzatuvchilar bo‘lib, ular ovozlar hatto 100 foiz bo‘lsa ham saylovlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtash maqsadida olib kelindi. Shuning uchun saylovlarga yirik mablag‘lar to‘kilishi, odamlar saylov varaqalarini olishga targ‘ib qilinishi, saylovda tumanlar boshqaruvi tizimi tanlanishi, bularning barchasi rejimga qonuniylik tusini berish uchun qilindi. Shuningdek, hukumat Iroq xalqining ovoz berishni istamayotganiga ishonch hosil qilgach, qo‘lidan hech narsa kelmaydigan, saylovda ishtirok etish va saylov jarayonini muvaffaqiyatli o‘tkazish gunohiga sherik bo‘ladigan minglab mustaqil shaxslarning nomzodi ko‘rsatilishi ham Amerika o‘rnatgan bugungi rejimga qonuniylik tusini berishdan boshqa narsaga qaratilmadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Iroqning bosib olinishi xalqaro jihatdan noqonuniy bo‘lganligi hamda Amerikaning BMT va uning qarorlarini mensimagani barchaga ma’lum narsa.
Shunday qilib, demak, Ummat dushmanlari Ummatni aldamoqdalar, to‘g‘ri yo‘lidan va haqiqiy rivojlanishidan adashtirmoqdalar.
Saylovlar o‘tkazish ortidagi sabablar mana shu.
Natijaga kelsak, bu erda aytarlik hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, Zaydni Amrga almashtirishning mutlaqo ahamiyati yo‘q, chunki asl muammo shaxslar emas. Asl muammo tatbiq qilinayotgan kapitalistik ilmoniy rejim va uning mash’um konstitutsiyasidir, baloning ham, kasallikning ham kelib chiqishi mana shu. Rejimni ildizi bilan almashtirishdan boshqa o‘zgarishning sariq chaqalik qiymati yo‘q. Bil’aks, bunda Ummatning kuch-toqati behuda sarflanadi va uni adashtiriladi. Chunki konstitutsiya va qonunlarni ijrochisi davlatdir. Mudom bu konstitutsiya va qonunlar Ummatning dushmanlari tomonidan Ummatning islomiy shaxsiyasiga zid ravishda ishlab chiqilgan adolatsiz konstitutsiya va qonunlar ekan, demak, ular xorlik, tang-baxtsiz hayot va qashshoqlikka olib keladi, bunga aslo shubha yo‘q. Alloh Taolo bunday degan:
وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكاً
«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz» [Toha 124]
Shulardan kelib chiqib, bizning aytar so‘zimiz shuki, bu tuzum bor ekan, hargiz ahvol tuzalmaydi. Ular bu tuzumni tatbiq qilgan falonchi yaxshi, pistonchi yomon, deyishadi, bu noto‘g‘ri. Chunki uni tatbiq qilayotganlarning hammasi yomon, yaxshisi yo‘q. Yaxshi inson qonun chiqarish bilan Alloh Taologa sherik bo‘lishga rozi bo‘lmaydi. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo xo‘jayinlikni inson va uning aqliga emas, shariatiga bergan. Alloh Taolo aytadi:
فَلا وَرَبِّكَ لا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لا يَجِدُوا فِي أَنْفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا
«Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘lolmaydilar» [Niso 65]
Shuning uchun, saylovni odamlarga yolg‘ondan to‘g‘ri-adolatli, deb ko‘rsatish ularni aldash va zalolatga boshlash bo‘lib, bu narsa eng yomon va eng fasod narsadir.
Ey Iroqdagi musulmonlar!
Siz bu rejimni va saylovlarini sakkiz yildan beri tajribangizdan o‘tkazdingiz. Har safar saylov ortidan pushaymon bo‘lasiz, keyingi saylovda sizni masxarabozlik va millatchilik tashviqotlari bilan yana navbatdagi saylovga tortishyapti. Bu safar «siyosiy mustaqillar», degan agitatsiya o‘ylab topishdi. Ko‘ryapsizku har safar bir xil basharalar va bir xil guruhlar… ular xuddi domino toshlari kabi o‘zgarmaydi, har to‘rt yilda kelishaveradi.
Sizning ahvolingiz uchun ham, muammolaringiz uchun ham echim bitta. U ham bo‘sa, bu saylovlarni boykot qilish va soxtaligini ochib tashlashdir. AQSh, BMT va Iroq hukumati sizning saylovda qatnashishingizni va uni muvaffaqiyatga olib borishingizni juda-juda istayapti, bunga o‘lib-tirilib harakat qilyapti. Bunga qadar ular iroqlik mashhur akademiklar va taniqli diniy shaxslarni nomzodlikka qidirib topishdi… Bu nomzodlar odamlarni adashtirishdek kir o‘yinga qo‘shilishdi. Yolg‘onchiliklari ham, mansabparastliklari ham, nopok pullari ham ochilib qolganiga qaramay, o‘zlarini jamiyatni o‘zgartirishga qodir, qilib ko‘rsatishyapti.
Ey Iroqdagi musulmonlar!
Biz yurtimizga kofir bosqinchi kirib kelgan ilk kundan beri sizga xolis nasihat qilib keldik, bo‘lgan har bir voqea-hodisalarda shar’iy hukmni bayon qildik. Bugun ham Alloh Taoloning
وَذَكِّرْ فَإِنَّ الذِّكْرَى تَنفَعُ الْمُؤْمِنِينَ
«Pand-nasihat qiling. Zero, pand-nasihatlar mo‘minlarga manfaatli bo‘lur» [Zoriyot 55]
degan kalomiga itoat qilganimiz holda, sizga pand-nasihat yo‘llamoqchimiz: Ushbu saylovlarda saylash va nomzod bo‘lish bilan ishtirok etish harom. Chunki u harom ishga vakil qilishdir. Axir, kufr tuzumini tatbiq qilishga va Allohdan boshqa shariat-qonun tuzuvchi bo‘lishga qasam ichadigan shaxsni vakil etishdan ham katta harom ish bormi?! Buni takror-takror ta’kidlar ekanmiz, Alloh Taolodan va’da qilgan nusratini ushbu mo‘min guruhga ato etishini so‘rab qolamiz. Mo‘min guruhki, u Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib bormoqda. Bu faoliyatini Allohning kalimasini oliy, kofirlar so‘zini tuban bo‘lsin uchun hamda Ummat qayta o‘z dini bilan kuchli, hurmat va huquqlari kafolatlangan jonli Ummatga aylansin uchun olib bormoqda.
Roya gazetasining 2021 yil 13 oktyabr chorshanba kungi 360-sonidan