بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Afg‘oniston musulmonlariga nasihat yo‘llagan hurmatli Ummon sultonligi muftisiga nasihat
Al-Olam veb-saytida (hijriy 1443 yil 9 muharram, milodiy 2021 yil 17 avgust seshanba kuni) bunday xabar nashr qilindi:
«Ummon sultonligi muftisi Ahmad ibn Hamd Xaliliy afg‘on xalqiga «bosqinchilar ustidan qozonilgan fathul mubin va nasrul aziz» bilan qutlov yo‘lladi.
Tvitter orqali yozgan qutlovida bunday dedi:
«Biz afg‘on birodarlarimizni bosqinchilar ustidan erishilgan fathul mubin va nasrul aziz bilan qutlaymiz. Allohning chin va’dasi ro‘yobga chiqqanligi bilan barchamizni va Islom Ummatini tabriklaymiz. Afg‘on birodarlarimizdan barcha muammolarni elkama-elka turib echishlarini, aro yo‘llarga ketib qolmasliklarini, oralarida kengbag‘irlik, tinchlik va murosasozlik hukm surishini, Allohning odil shariatini tatbiq qilish va muvaffaqiyatsiz tog‘ut qonuni bilan bog‘liq har narsani rad etish orqali Allohning arqonini ushlashlarini umid qilamiz».
Yana davom etdi:
«Shuningdek, Allohning fazli ila, yaqin kunlarda Aqso masjidimiz va barcha bosib olingan erlarimizning ozod etilishidek orzularimizni ushalishini ham umid qilamiz. Alloh Taolodan O‘zining iltifoti ila, ushbu nusratga bizni noil qilishini so‘rab qolamiz. Zero ushbu nusrat natijasida, Ummat Allohdan uzoqlashgani va o‘zaro bo‘linishi sababli peshonasiga tushgan oriyat dog‘idan qutulishga muvaffaq bo‘ladi».
Roya:
Biz muhtaram Ummon sultonligi muftiy hazratlarining Afg‘onistondagi musulmonlarga qilgan ushbu qimmatli nasihatini yuksak baholaymiz. Chunki nasihatida ularni Alloh Subhanahu va Taoloning shariatini tatbiq etishga, Allohning arqonini mahkam tutib, qon to‘kishdan saqlanishga da’vat qilibdi. Bu Afg‘oniston va ahlini dushmandan qizg‘anuvchi nasihatdir. Biz ham o‘z navbatimizda, musulmonlarga nasihat qilish bobidan kelib chiqqan holda, muftiy hazratlariga nasihat yo‘llaymiz. Hazrat xuddi shunday nasihatni Ummon sultonligidagi hukmdorlarga yo‘llamog‘i avloroq bo‘lur edi. Ularni qo‘llaridan ushlab, faqat shaxsiy holatlarga va ayrim jinoyat, jazo choralariga taalluqli qonunlarga cheklanib qolmay, balki boshqaruv, iqtisod, ta’lim, ichki siyosat va tashqi siyosat kabi hayotning barcha sohasida shariat ahkomlarini to‘liq tatbiq qilishga majbur qilishi lozim edi. Bu deganimiz, Ummon sultonligidagi boshqaruv tuzumi Islom tuzumidan, Xalifalik tuzumidan batamom uzoqda ekanini anglatadi.
Shuningdek, muhtaram Ummon sultonligi muftiy hazratlariga shuni ham Alloh Taolo rizosi uchun xolis chin dildan nasihat qilamizki, Ummon sultonligini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatining asosiy bir bo‘lagi bo‘lishi uchun da’vat qilsinlar. Zero, ushbu davlatgina musulmonlarni birlashtiradi, ular bilan birgalikda bosib olingan barcha zaminimizni, shu jumladan, muborak Falastinni ozod etish sari harakatga keladi va Islomni da’vat va jihod ila butun olamga fikriy etakchilik sifatida olib chiqadi.
Roya gazetasining 2021 yil 25 avgust chorshanba kungi 353-sonidan