Ko‘rfazdagi tankerlar urushi

221
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ko‘rfazdagi tankerlar urushi

Doktor Muhammad Jiloniy qalamiga mansub

Tankerlar urushi, degan termin Iroq-Eron urushi davrida 1980-1988 yillar o‘rtasida paydo bo‘lgan. Unda Fors ko‘rfazidagi neftь tankerlariga zarba berilgan. Iroq havo kuchlari Erondagi neftь portlarining aksarini nishonga olib, uning neftь eksportiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan. Chunki «FAW» portini Iroq qo‘ldan boy bergandi. Bu port Ko‘rfazdagi yagona neftь porti bo‘lib, Iroqning asosiy neftь arteriyasi hisoblanardi. Eronning dengiz va havo zarbalari esa, Fors ko‘rfazi neftь tankerlariga qaratilgan. U ayni hujumlarni Ko‘rfaz davlatlarining Iroqni qo‘llab-quvvatlayotgani bilan dastaklagandi. Hujumlarda asosan Kuvayt neftь tankerlari ziyon ko‘rgan. Natijada, Kuvayt hukumati 1986 yil 1 noyabrda o‘z tankerlariga xalqaro mudofaani talab qilishga majbur bo‘ldi. 1987 yil boshida Sovet Ittifoqining roziligi bilan xalqaro mudofaani qo‘lga kiritdi. Zero, Sovet Ittifoqi o‘z tankerlarini Kuvayt neftь kompaniyasiga ijaraga bergan edi. Shunga qaramay, Eron harbiy-dengiz kemalari hujumlari to‘xtamadi va hujumlarda ikki Sovet tankerlari nishonga olindi. Bu ishda Sovet Ittifoqining ishtiroki Amerikani 1987 yil 7 martda o‘z dengiz kuchlari bilan aralashishga va Kuvayt tankerlarini mudofaa qilishga undadi. Natijada Kuvayt tankerlari AQSh bayrog‘ini ko‘tarishga majbur bo‘ldi. Bu urush oqibatida kelib chiqqan zarar milliardlab dollar, deya baholangan… Bundan tashqari, urush ekologik, insoniy va moddiy zararlarni keltirib chiqardi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu urush 546 nafar savdo kemasini nishonga olgan, ulardan 259 nafari neftь tankerlari yoki neftь mahsulotlari tankerlari bo‘lgan. Hujumlarda 430 nafarga yaqin dengizchi nobud bo‘lgan.

Hech shubha yo‘qki, Fors ko‘rfazi suvlarida yuz berayotgan tankerlar urushi mintaqa ustidagi nufuz talashish kurashidir. Chunki bu mintaqa neftь tashuvchi yuzlab tankerlarga to‘la bo‘lib, bu tankerlar neftni Ko‘rfazdagi eng muhim manbalardan Evropa, Xitoy va AQShga etkazib beradi. Bu to‘xtovsiz kurashda Amerikaning nufuzi ostidagi davlat bo‘lgan Eron Amerika manfaatini tamsil etadi. Buning muqobili o‘laroq, Britaniya Birinchi jahon urushidan keyingi mustamlakachilik zamonidan boshlab mintaqada o‘zining keng va qadimiy nufuzini saqlab kelmoqda, Fors ko‘rfazi davlatlarining aksari uning nufuzi ostida. 1980 yildagi kabi, bugun ham tankerlar urushi ortida strategik maqsadlar yotibdi hamda bu strategiyani regional va global siyosatda ta’sirga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yobga chiqarishga harakat qilishmoqda. Biz quyida ana shu maqsad va manfaatlarni bayon qilamiz:

Iqtisodiy sohada ikki muhim omil bor: Birinchi neftь va uning narxi bilan bog‘liq omil bo‘lsa, ikkinchi dengiz transporti bilan bog‘liq.

Neftь sohasini oladigan bo‘lsak, neftь tankerlariga bo‘lgan hujumlar neftь narxiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan, ushbu hujumlar neftь etkazib berish liniyalariga tahdid soladi. Bu esa, bozorga mo‘ljallangan neftь miqdorining kamayishiga, binobarin, narxlarining oshishiga olib keladi. Amerikaga aynan shu kerak. Chunki bu narsa ayni bosqichda yirik miqdordagi dollarning almashinuviga yordam beradi. Chunki u koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish va o‘z iqtisodiga tahdid solayotgan moliyaviy krizisni kechiktirish uchun yirik miqdorda dollar bosib chiqargan. Boshqa tomondan, bu Amerikaning neftь kompaniyalarini qo‘llovchi strategik maqsad hamdir. Chunki uning kompaniyalari neftь bahosining ko‘tarilishidan juda katta daromad qilishadi. Shuningdek, tarixda birinchi marta Rossiya bilan birga bo‘ldi va Rossiya uning Suriya va Liviyadagi urushlarida yonida turdi, Ozarbayjonning Armanistondagi ishlariga sukut qildi… Mana shulardan so‘ng Amerika neftь narxini yuqori ushlab turish bilan go‘yo o‘zini Rossiyaga yordam berayotgan qilib ham ko‘rsatmoqda. Yana bir tarafdan, tankerlar urushi moliyaviy bozorda neftь narxlarining tushib ketishiga olib kelishi mumkin, chunki investorlar neftь fyucherslari narxiga pul tikishdan qo‘rqishadi va bundan o‘zlarini olib qochishadi, oqibatda, bu neftь bahosining tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Ko‘rfazdagi so‘nggi tankerlar urushida neftь bahosi to‘rt oy ichida eng past ko‘rsatgichga tushib ketdi, so‘ng tankerlarga hujumlar qilinishidan oldingi vaqtdagi bahoga qayta ko‘tarildi. Aniqki, bu bosqichda neftь narxini pasaytirish tashabbusi ortida Britaniya turibdi. Ayniqsa, uning Ko‘rfazdagi bo‘hronni kuchaytirishga urinishi va Eronni tiyib qo‘yish uchun kuch ishlatishga chaqirishini e’tiborga olsak, shunga dalolat qilyapti.

Endi dengiz transporti bilan bog‘liq omilga kelsak, Amerika o‘zining Katta ettilik davlatlaridagi ittifoqchilari bilan birgalikda Xitoyning iqtisodiga bosim qilish va ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Buni amalga oshirish uchun transport narxlarini ko‘tarish natijasida Xitoy tovarlari narxlarini oshirdi. Binobarin, kemalarni qaroqchilik hujumlariga va buzg‘unchilikka qo‘yib berish transport flotining qaytadan xalqaro mudofaani, ayniqsa, AQSh mudofaasini talab qilishga majbur qiladi…, oqibatda butun dengizchilik narxlari oshadi…, bu esa, masalan, Xitoyning tovarlarni imtiyozli narxlarda eksport qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Siyosiy sohaga kelsak, Amerika Ko‘rfaz hududidan o‘tuvchi neftь tankerlari va kemalarga har doim tahdid qilib keladi. Natijada davlatlar, xususan Ko‘rfaz davlatlari o‘z kemalarining Ko‘rfaz suvlaridan tinch o‘tishini ta’minlashi uchun Amerikadan harbiy mudofaa talab qilishga majbur bo‘lishadi. Masalan, Fors ko‘rfazi manbalari keltirgan iqtibosga ko‘ra, Iroq-Eron urushida, keyinchalik Somali qaroqchilari hujumlarida xavfsizlikni ta’minlovchi kemalar kuzatuvi tizimiga murojaat qilingan.

Bir tomonda Eron, ikkinchi tomonda AQSh va Evropa o‘rtasidagi yadroviy shartnomani imzolash yaqinlashayotgan ekan, aftidan, yahudiy vujudi bundan tashvishlanayotgan ko‘rinadi. U Eron yadroviy dasturining yadro quroli uchun kerakli uranni boyitishning ilg‘or bosqichiga etishidan qo‘rqmoqda. Chunki bu Yaqin Sharqda Eron bilan yahudiy vujudi o‘rtasida strategik muvozanat yaratadi. Binobarin, yahudiy vujudi o‘zining kemalaridan biri qisman qatnashgan ushbu urushni harbiy jihatdan o‘zining kuchayishi uchun imkoniyat, deb hisoblamoqda. U bu imkoniyatdan foydalanib, Eronning yadroviy inshootlariga zarba berishni umid qilyapti. Bu haqda yahudiylar etakchilar bir necha bor bayonot berishgan. Shu sababdan Amerika o‘z razvedka direktorini yahudiylarga jo‘natishga va Eronni himoya qilib, ularni tiyib qo‘yishga majbur bo‘ldi.

So‘zimiz so‘nggida shuni ta’kidlamoqchimizki, tankerlar urushining eng xavfli jihati, musulmon yurtlaridagi suv yo‘laklarining kofir davlatlar uchun hamon mustamlakachilik vositasiga aylanib qolayotganidir. Ular ushbu yo‘laklarimizdan islomiy yurtlar ustidan o‘z nufuz va hukmronliklarini yoyishda foydalanishmoqda. Aslida, Fors ko‘rfazi xalqaro tizim va vaziyatni Islom va musulmonlar manfaati tomonga burishda hamda musulmonlar kuch-qudratini oshirib, ularning global darajada ta’sirlarini oshirishda musulmonlar xalifasi qo‘lidagi bir vosita bo‘lmog‘i lozim.

Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.