Qirg‘iziston Prezidenti Japarov Islom da’vatini ko‘tarib chiqayotgan ayollarni hibsga olish bilan da’vatni to‘xtata olmaydi
Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Jalolobod viloyatida tug‘ilgan, Hizb ut-Tahrir ayollar qanotining faol a’zosi Arstanalieva Baktigul Tajimirzaevna Chuy viloyati Alamuddin tumanida hibsga olingan. 41 yoshli Baktigul ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tib, ekstremistik materiallar tarqatishda ayblanib, bundan oldin ham ikki marta hibsga olingan edi. Bu ish bo‘yicha Alamuddin tuman ichki ishlar boshqarmasining jinoyat va huquqbuzarliklar yagona reestrida ro‘yxatga olinib, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 315-moddasi (ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Alamuddin tuman sudi Arstanalieva Baktigulga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tayinladi.
Qirg‘iz hukumati o‘zining takabburligida davom etmoqda. U bir necha yildan buyon terrorizm va hokimiyatni bosib olishga urinish ayblovlari bilan muslima ayollarni nishonga olib keldi. 2014 yil 10 sentyabrda Bishkek shahar Pervamaysk tuman sudi 1960 yil 16 noyabrda tug‘ilgan, ikkinchi guruh nogironi Kipchakbaeva Sayraxan Kenjetaevnani sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Shuningdek, 1986 yil 17 martda Norin viloyatida tug‘ilgan, oilali va ikki farzandning onasi O‘rozbekova Gulzina Kochkinovna ham hibsga olingan. Unga uch yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanib, bir yillik sinov muddati tayinlangan.
O‘sha yili Zulfiya Omonova ikki oylik qamoqdan so‘ng 50 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan bo‘lsa, To‘xtabaeva Jumaziyo Suyutbekovna ham to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, 2014 yil 30 sentyabrda Jalolobod viloyatining Toshko‘mir shahrida «antiterror» amaliyoti doirasida ko‘plab uylarda tintuv o‘tkazilgan. Amaliyot davomida 20-25 yoshdagi 7 nafar ayol Hizb ut-Tahrirga a’zolikda gumon qilinib hibsga olingan va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
2014 yil 18 noyabrda Bishkek shahri va Chuy viloyatida Hizb ut-Tahrirga a’zolikda gumon qilingan bir nechta ojiza ayollar uylarida tintuv o‘tkazildi. Bularga qo‘shimcha, O‘sh viloyati Aravon tumanining Mang‘it qishlog‘ida tug‘ilgan, ayni vaqtda Bishkek shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan K.B, 1988 yili Norin viloyatining Ak-Talin tumanida tug‘ilgan va Bishkek shahrida yashab, maktab-gimnaziyada o‘qituvchilik qiluvchi J.A, Chuy viloyati Issiqota tumanida yashovchi, 1987 yili Issiqko‘l viloyati Tup tumanining Ichke-Suu qishlog‘ida tug‘ilgan J.Z hamda Bishkek shahar Jal kichik tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan K.Jlarning uyidan ham ekstremistik mazmundagi adabiyotlar topilib, ularga nisbatan turli jazolar tayinlandi.
Bugungi kunda buzuq demokratik tizim insoniyat muammolarini hal qila olmaydi. Hatto butun dunyoga buzuq mabdani ko‘tarib chiqayotgan Evropa va Amerika xalqlari ham bu mabdani axlat qutiga otib yuborish kerakligi haqida jar solmoqda. Kapitalizm umri tugadi. Zero, u er yuzini o‘zi keltirib chiqargan vayronagarchilikdan qutqara olmaydi.
Qirg‘iz hukumatining Rossiya rahbarini rozi qilish uchun ekstremizmga qarshi kurash niqobi ostida Islomga qarshi e’lon qilgan urushi uni bu qullikni to‘liq bajarishga majbur qildi. Ular ojiza ayollarni ham kichik yoshdagi bolalari borligiga qaramay, qamashdan uyalishmayapti.
Qirg‘iziston O‘rta Osiyoning boshqa davlatlari qatori, qashshoqlikning eng yuqori darajasida bo‘lib, bir qator jiddiy muammolarga yuz tutgan. Biroq, bu malay hukumat ishsizlik, iqtisodiy krizis, ijtimoiy muammolar, xorijiy davlatlardan olgan qarzlari, sog‘liqni saqlash sektoridagi ojizligi va boshqa muammolarni hal qila olmaydi. U faqatgina Allohning buyruqlarini hayot maydoniga olib kelishga harakat qilayotgan ojiza ayollarni qamashni biladi. Bu qanday ham sharmandalik? Oxiratdagi sharmandalik esa, yanada kattaroqdir.
Bugungi kunda Hizb ut-Tahrir o‘z veb-saytlari va nashrlari orqali o‘zining maqsadlari, faoliyatlari va faoliyatidan ko‘zlangan maqsadlarini ochiq bayon qilib kelmoqda. Shu bois, bu partiyaga nisbatan ekstremizm tamg‘asini bosish hamda uni hukumatga qarshi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblash eski bir ertak bo‘lib qoldi. Jamoatchilikni bunga ishontirish juda qiyin. Biroq, Japarov boshchiligidagi hukumat hali ham keng jamoatchilikni bu tuhmatlarga ishontirishga harakat qilmoqda.
Allohga hamdlar bo‘lsinki, ular poezdni o‘tkazib yuborishdi. Chunki Islom Ummati uyg‘onib bo‘ldi. U haqiqiy islomiy hayot Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida bo‘lishini tushunib etdi. Xuddi shuningdek, bu dinni davlatdan ajratishga asoslangan ilmoniy tizim soyasida amalga oshmasligini ham tushunib etdi.
Shuning uchun bu muslima opa-singillarimiz uzoq yillardan beri tinimsiz hibs olishlarga yo‘liqayotgan bo‘lsalar ham, qo‘llaridan kelganicha o‘z ishlarini davom ettiradilar. Hukumat shuncha qurol-yarog‘ va harbiy kuchga ega bo‘lishiga qaramay, Islomni ko‘tarib chiqayotgan bu ayollar qarshisida albatta chorasiz qoladi. Shuncha olib borilgan hibs va qiynoqlarga qaramay, Baktigul, Sayraxan va Zulfiya kabi ko‘plab yangi ayollar da’vat karvoniga qo‘shilishmoqdalar. Makkadagi mushriklar Islomni mag‘lub qila olmagandek, Japarov to‘dasi ham Islom da’vatini ko‘tarib chiqayotgan da’vatchi ayollarning o‘z faoliyatlari bilan shug‘ullanishdan man qila olmaydi. Zero, Alloh Subhanahu va Taolo o‘z dinining er yuzida hukmron bo‘lishini va’da qilgan. Alloh Taolo aytadi:
يُرِيدُونَ أَن يُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللَّهُ إِلَّا أَن يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ * هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ
«Ular Allohning nurini (ya’ni, Islomni) og‘izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlamasalar-da, faqat O‘z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi. U (Alloh) O‘z payg‘ambarini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar xohlamasalar-da – barcha dinlarga g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir» [Tavba 32-33]
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti