Afg‘oniston bilan bog‘liq O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi ba’zi voqe’alar dalolati

0
689

Afg‘oniston bilan bog‘liq O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi ba’zi voqe’alar dalolati

Ba’zi vaqtlarda O‘rta Osiyo (Srednyaya Aziya) va Markaziy Osiyo (Tsentralьnaya Aziya) so‘zlaridan sinonimlar sifatida foydalanib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston mamlakatlari joylashgan hududlarga nisbatan ishlatiladi. Ammo aslida, geografik nuqtai nazarda Markaziy Osiyo kengroq hududni qamrab oladi. Uning hududiga O‘rta Osiyodan tashqari Afg‘oniston, Pokistonning shimoli, Hindistonning shimoliy-g‘arbi, shuningdek, Mongoliya, Rossiya va Xitoyning Mongoliya tomonlari kiradi. Hozirgi xalqaro siyosat jihatidan olganda esa Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat deyilganda asosan Afg‘onistonga qaratilgan siyosat tushiniladi.

 AQSh va NATO Afg‘onistondan harbiy kontingentini olib chiqishini ma’lum qilgani ortidan O‘rta Osiyo mamlakatlarida ham bir qator voqealar bo‘lib o‘tdi. Ushbu temamizda shu voqealar dalolatlarini ko‘rib chiqamiz.

 Albatta, har qanday siyosiy muhokamada, avvalo, xalqaro siyosatga e’tibor qaratish zarur. Hozir Markaziy Osiyo borasidagi xalqaro siyosatga nazar tashlasak, unda asosan uchta yirik o‘yinchilar faol rol o‘ynamoqda. Bular: AQSh, Rossiya va Xitoy. Bulardan tashqari, ma’lum darajada Britaniya ham bor. 

 AQSh. U Afg‘onistonga kirib kelganidan beri o‘zi istagandek davlat qurishga muvaffaq bo‘lmadi. Bunga Tolibonning qattiq qarshiligi sabab bo‘ldi. Shu sababli, chiqib ketishini e’lon qildi. Biroq haqiqatda u Afg‘onistonni chiqib ketish uchun bosib olmagan edi. Faqat u bosqinchilikdagi bir uslubnigina o‘zgartirmoqda. U hozir Tolibon vakillari hukumat tarkibiga kiritilgan, ayrim qonunlar shariatga muvofiq bo‘lgan, ehtimol islomiy nomga ega yangi bir dunyoviy davlat qurmoqchi (hozirgi dunyoviy Afg‘oniston respublikasi nomiga ham islom so‘zi qo‘shib qo‘yilgan). Va bu AQSh manfaatlari yo‘lida kelishuvlarni amalga oshiradigan hukumat bo‘ladi. Bundan maqsad, AQShning amaldagi asosiy strategiyasiga muvofiq, Xitoyning kengayishini oldini olishdan iborat. Boshqacha aytganda, Xitoyning kengayishini to‘sib, o‘rab turgan Amerikaga qarashli davlatlar safiga Afg‘onistonni ham qo‘shish. Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashishi va keyingi hayotida O‘rta Osiyo mamlakatlarining o‘rni katta, AQShning O‘rta Osiyo va Afg‘oniston integratsiyasi borasida yirik loyihalari bor. Bu loyiha “Katta Markaziy Osiyo” (Bolьshaya Tsentralьnaya Aziya) deb nomlangan. Buning uchun avvalo “S5+1” (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston + Amerika) loyihasi orqali O‘rta Osiyo respublikalari o‘zaro integratsiyalashishi zarur. Keyinchalik ular Afg‘oniston, so‘ngra Pokiston, Hindiston va keyin Janubiy-Sharqiy Osiyo bilan integratsiyalashishi kerak. “S5+1” loyihasi O‘rta Osiyo respublikalarini Rossiya changalidan chiqarib olish va Xitoyni bu hududga kirib kelishini oldini olishga qaratilgan bo‘lsa-da, hozircha “Katta Markaziy Osiyo” loyihasi doirasida Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatish uchun ishga solinmoqda.

– Aprelda AQSh davlat kotib Entoni Blinken Qozog‘iston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilgani;

– Nufuzli Amerika ommaviy axborot vositalarining AQSh Afg‘onistondagi kuchlarining bir qismini O‘rta Osiyoda joylashtirish mumkinligini yozib chiqishi;

– AQSh davlat kotibining 1-iyunda Tojikiston TIV bilan telefon orqali bog‘lanishi;

– Tojikiston prezidentining 2-iyunda Pokistonga borishi va Amerikaga malay hukumat bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qilishi;

– May oyida AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodni Tojikistonga kelib prezident Imomali Rahmon bilan uchrashib ketgani;

– Shuningdek, Xalilzodni Qozog‘iston prezidenti Kosim-Jomart Tokaev bilan uchrashgani;

– Amerika malayi bo‘lgan Turkiya xukumatining mudofaa vaziri Xulusi Akardni 28-iyunda Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrib buyurib harbiy hamkorlikni muhokama qilishi;

– AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 1-iyulda O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishi;

– 15-iyul kuni O‘zbekistonda “S5+1” formatidagi yig‘ilishda Afg‘onistondagi so‘nggi xodisalarni muhokama qilinishi;

– 16-iyulda Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tishi;

– Mazkur konferentsiyada O‘zbekiston, AQSh, Afg‘oniston va Pokiston Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi maslahat maydonini tashkil etishga kelishib olishi;

Shularning barchasi AQShning “Katta Markaziy Osiyo” loyihasi amalga oshirilayotganiga dalolat qiladi.

Rossiya. U AQShning hozirgi harakatlari Xitoyga qarshi qaratilganini anglab turipti. Biroq, uning uchun eng muhimi O‘rta Osiyodagi o‘z mustamlakalarini saqlab qolish. O‘rta Osiyo respublikalari AQSh loyihasi orqali o‘z changalidan chiqishga urinmasligi uchun u mintaqaga qaytadan harbiy tomondan kirib kelish harakatiga tushib qoldi. Aslida Rossiya hukumati “Tolibon” delegatsiyasini davlat darajasida kutib olib, undan hech qanday tahdid yo‘qligini rasman e’lon qildi. Biroq, shunga qaramay sun’iy vahima paydo qilmoqda. Ayni shu sohta vahima ortidan Tojikistonga KXShT doirasida yordam berishini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zbekistonni avgust oyi boshida o‘zi bilan birga harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga majburlayapti. U o‘zini mintaqaga jarbiy tomondan kirib kelishiga Iroq va Suriyadan kelgan jangarilar Afg‘onistonda to‘planishayotganini bahona qilmoqda.

Xitoy. 27-iyulda “Toliban” delegatsiyasini davlat darajasida qabul qildi. “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Muhammad Naim uchrashuv haqda shunday dedi: “Islom Amirligi Xitoyni Afg‘oniston hududi boshqa davlatlarning xavfsizligiga qarshi ishlatilmasligiga ishontirdi. Xitoy esa Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslikka va buning o‘rniga muammolarni hal qilish hamda tinchlik o‘rnatishda yordam berishga va’da berdi”. Bu – ertaga “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelsa Amerikaning so‘ziga kirib Xitoy xavfsizligiga tahdid uyg‘otmasligi, Xitoy esa u bilan mustaqil davlat sifatida aloqa o‘rnatishi kerakligini bildiradi.

Yana bir e’tiborga loyiq jihat shundaki, yuqorida aytib o‘tilgan xalqaro siyosatdagi misollar “terrorizm” atamasi naqadar yolg‘on ekanligini aniq ko‘rsatib turipti. Masalan, AQSh “terrorizmga qarshi kurashni” aynan Tolibondan boshlamaganmidi. Rossiya esa Tolibonni terrorchi tashkilotlar qatoriga kiritib, o‘z hududida uni faoliyatini taqiqlagan edi. Xitoy avvaldan Tolibonni uyg‘ur “ekstremistlarini” qo‘llab-quvvatlashda ayblab kelgan va o‘tgan yili Tramp Tolibondan “terrorchi” degan nomni olib tashlaganda Xitoy bunga jiddiy e’tiroz bildirgan edi…

Endi O‘rta Osiyo respublikalaridagi hukumatlar siyosatiga to‘xtalamiz.

O‘zbekiston. O‘zbekiston AQShning “S5+1” loyihasida ham, “Katta Markaziy Osiyo” loyihasida ham xizmat qilib kelmoqda. Ushbu loyihalar doirasida O‘rta Osiyo prezidentlarining yillik uchrashuvini tashkil etdi. Mintaqadagi barcha respublikalar bilan aloqalarni yaxshilashga harakat qilmoqda. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasida esa vositachi bo‘lishni zimmasiga oldi. U buni bugun ham davom ettirmoqda. Lekin, O‘zbekiston Rossiyaning jahlini chiqarmaslikni, u chizgan qizil chiziqlarni iloji boricha bosmaslikni yaxshi biladi.

 – Tolibon kuchli hujumlarini boshlagan vaqtda, ya’ni, 5-mayda 100dan oshiq og‘ir yuk tashuvchi mashinalar karvoni Pokistondan O‘zbekistonga kelib, 15-mayda qaytib ketdi. Bu Tolibon bilan shunday vaziyatda ham kelishuvga erishish mumkin bo‘lganidan so‘ng, keyinchalik hukumatga qo‘shilganidan keyin ular bilan aloqa o‘rnatishning iloji borligini ko‘rsatish edi.

– Tolibon chegaradosh hududlarni egallaganda, O‘zbekiston 26-iyun kuni chegaraning bu yog‘ida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi va bu orqali o‘zini himoya qilish imkoniyatini namoyish qildi. Ammo bu Tolibonga qaratilmagandi. Faqat, chegaramizni Rossiyaning harbiy yordamisiz ham o‘zimiz eplay olamiz degan ma’noda edi. Ya’ni, Tolibon bahonisi bilan Rossiyaning harbiy jihatdan kirib kelishini O‘zbekiston xohlamaydi. Biroq, Rossiya O‘zbekistonni avgust oyida o‘zi bilan, keyin Tojikiston qo‘shilib uchalasi birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishga majburlamoqda.

– O‘zbekistonni AQSh, Afg‘oniston va Pokiston bilan birga Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi maslahat maydonini tashkil etish to‘g‘risida bitim tuzishi;

– Tojikiston bilan erishilgan bitimni to‘xtab turishi. Hatto, eng oddiy chegarani ochish masalasi ham to‘xtab turipti. Masalan, hozir Rossiya fuqaroligiga ega tojikistonliklargina O‘zbekiston orqali Rossiyaga chiqa olishadi. Buning bir sababi, Afg‘oniston masalasida Tojikiston hukumatining Rossiya etagini tutib ketganligiga borib taqaladi.

Bular O‘zbekistonni “Katta Markaziy Osiyo” loyihasi bilan birga borayotganiga dalolat qiladi.

Tojikston. O‘zbekistondan farqli ravishda Tojikiston Afg‘oniston masalasida Rossiya vahimasiga ergashib ketdi. Bunga Imomalining o‘z oilasi hokimiyatini saqlab qolishga bo‘lgan harakati sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, Tojikistondagi fuqarolar urushida Imomali Rossiyaga malaylik qilgan. Uning muxolifati asosan islmiy tuyg‘udagi jamolar va guruhlardan iborat edi. Tinchlik kelishuvidan keyin Imomali ularni jiddiy ta’qib ostiga olgan. Ulardan ba’zilar Afg‘onistonga chiqib ketishgan, hozir ular Tolibon safida. Shu sababli Afg‘oniston masalasida Tojikiston har doim Rossiya etagiga yopishib keladi. Endi bu guruhlar Tojikistonda “portlay deb turgan bochkani” yanada jonlantirib yuborishidan qo‘rqib, Imomali chegarani Rossiya qo‘llovi bilan mahkam yopib tashlashi kerak bo‘lyapti. Bunga qadar, 27-aprelda Rossiya va Tojikiston o‘rtasida harbiy shartnoma ham imzolangan edi. 19-may kuni bo‘lib o‘tgan KXShT yig‘ilishida ham eng muhim masalas sifatida Afg‘oniston masalasi ko‘rib chiqilgan.

– Tojikiston prezidentining Pokistonga amalga oshirgan tashrifida Afg‘oniston masalasi ko‘rib chiqilgan va biror bir kelishuvga erishilmagani

– Tojikston Afg‘oniston bilan chegarasida harbiy tayyorgarlikni kuchaytirib, mashg‘ulotlar o‘tkazishi

– KXShT va ShHT doirasida Rossiyadan yordam so‘rashi

– Rossiya bilan hamkorlikda yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi

Bularning barchasi Tojikiston Rossiya etagiga osilib, undan himoya kutayotganiga dalolat qiladi.

Avval, xususan, Sooronbay Jeenbekov davrida 2019-yili Putin Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan kelganidan so‘ng Qirg‘iziston Rossiyaning O‘rta Osiyo mustamlakachiligida tayanch nuqtasi bo‘lib qolgan edi. Biroq, O‘zbekistonning yangi Qirg‘iz hukumati bilan katta kelishuvlarga erishishi Rossiyaning g‘azabini keltirdi va Tojikistonni Qirg‘izistonga qarshi gij-gijladi. Natijada Tojikiston chegarada Qirg‘izistondan ustunlik siyosatiga erishdi. Hozir Rossiyaning mustamlakachilik siyosatining tayanchi Tojikiston bo‘lib qoldi. Ammo, chegara voqeasidan keyin Qrg‘izistonni chegarani yopib qo‘yishi Tojikistonni qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. Endi buni bartaraf etish uchun – Rossiya qo‘lloviga suyangan holda – Tojikiston vaqti-vaqti bilan Qirg‘izistonga qarshi provokatsion harakatlarni amalga oshirmoqda. Masalan;

– bahsli hududga konteyner o‘rnatish

– Qirg‘iziston chegarachilarini otib o‘ldirilishi

– Moskvada qirg‘iz-tojik millati o‘rtasida ommaviy mushtlashuv chiqish va qo‘lga olinganlarning juda ko‘pchiligi Qirg‘iziston fuqarolaridan iboratligi

– buning natijasida qirg‘izistonliklarni deport qilinishi

–  Tojikistonda Qirg‘iziston fuqarolarini qo‘lga olinishi

– Pomir qirg‘izlarini ortga qaytarib yuborilishi

 Tojikistonni Rossiyaning mustamlakachilik siyosatida tayanch nuqtasiga aylanganiga dalolat qiladi.

 Ammo bu Rossiya uchun muammo bo‘ladi. Sababi, Qirg‘iziston chegarani yopgan, O‘zbekiston ochmayapti, Afg‘oniston tomon Tolibonlar qo‘lida… Bu bilan Tojikiston Rossiya boqishi kerak bo‘lgan anklav bo‘lib qolmoqda. Agar boqmasa tashabbusni Xitoy qo‘lga oladi-da uni ta’siri kuchayib ketadi.

 Qirg‘iziston. Qirg‘iziston Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lmasa-da bu masalada Rossiyaga ergashishga majbur. MXDQ raisi 8-iyul kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida shu masalaga ham to‘xtaldi. Tashiev: “AQSh harbiylari Afg‘onistondan chiqishni boshalagandan beri Markaziy Osiyodagi, shu jumladan, Qirg‘izitondagi terrorchi tashkilotlar jonlana boshladi. Bizning kuzatuvlarimizga ko‘ra, Suriyaga ketganlar ham qaytib kelmoqda”, – dedi. U bu bilan Rossiya hukumati aytib kelayotgan ayni bahonani takrorladi. Uning bu gapi Qirg‘iziston hukumati “terrorizm” ertagiga qadam-ma qadam ergashishga tayyorligini belgisidir. Shuningdek, u yana Qirg‘iziston KXShTga a’zo ekanligini eslatib, istaymizmi-yo‘qmi Rossiya qaroriga qo‘shilishini aytdi va “Agar KXShT bu vaziyatni izga solmasa turli xil terrorchi harakatlar bosh ko‘tarishi mumkin. Bizga ham zarar ko‘ramiz deb o‘ylaymiz”, – dedi. 

 Qirg‘izistonning amaldagi hukumat tepasidagilar Bakiev tarafdorlaridan iborat. Bakiev esa Rossiya hukmronligidan qutulish yo‘lini izlab AQSh va Xitoy bilan keng ko‘lamli aloqalar o‘rnatishga harakat qilgan. Biroq, Rossiya uni quvlatib yubordi. Hozirgi hukumatdagi ba’zi shaxslar ham Bakievni “ko‘p vektorli” siyosati tarafdorlari. Ammo Rossiya tahdidini ham bilishadi. Qirg‘iziston Rossiyadan o‘z harakatlari bilan qutula olmasligiga ko‘zalari etadi. Shuning uchun O‘zbekiston orqali harakat qilishmoqchi, biroq, Rossiya Qirg‘iziston-Tojikiston chegara mojarosi orqali buni to‘xtatib qo‘ydi. Ammo ushbu mojarodan keyin hukumat rahbarlari Rossiyadan xafa bo‘ldi. Rossiyadan qutulish istagi yanada kuchaydi. Shu sababli Turkiya bilan munosabatlar o‘rnatishga kirishdi. (Turkiyadan foydalanish Amerikaning mintaqaga kirish usullaridan biri). Shuningdek, imkon paydo bo‘lishi hamon O‘zbekiston bilan erishilgan shartnomalarni amalga oshirishdan manfaatdor. Ammo Qirg‘iziston to‘lig‘icha AQShga og‘ib keta olmaydi. Chunki Rossiyaning Qirg‘izistondagi mustahkam nufuzi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari ularning o‘zlari ham bu ishdan manfaatdor ham emas. Sababi, AQSh ularning hokimiyati xavfsizligini kafolatlab bera olmaydi. Ularni qulatib, o‘rniga AQSh saqofati bilan sug‘orilgan va o‘ziga sodiq kadrlarni olib kelish harakatida bo‘ladi. Shuning uchun ham amaldagi hukumat Xitoy bilan munosabatlarini rivojlantirishdan o‘ta manfaatdor. Chunki, Xitoy hozircha ichki siyosatga aralashmaydi, hukumatning iqtisodiy chora tadbirlarini o‘z manfaatlari yo‘lida qo‘llab quvvatlaydi. Shu sababli Afg‘oniston masalasida ham Qirg‘iziston O‘zbekistonga ergashib Rossiyani zaiflashtirishda ishtirok etishni xohlaydi. Biroq, juda ko‘p zanjirlar orqali Rosiyaga qaram bo‘lgani sababli bunday qila olmaydi. Qirg‘iziston juda ko‘p zanjirlar orqali Rosiyaga qaram bo‘lgani sababli ilojsiz Rossiyaga ergashishini e’lon qilmoqda.

Turkmaniston. Turkmaniston iqtisodining asosi gaz bilan. U Alloh bergan ne’matni arzon garovga bo‘lsa ham sotib, shu orqali tirikchilik qiladi. Rossiya uning gazini arzon olib, qimmat narxda Evropaga sotadi. Xitoy ham ushbu sohada ulkan shartnomalar tuzgan. Shuningdek, mazkur sohada Amerikaning TAPI (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Indiya (Hindiston)) loyihasi mavjud. Turkmaniston TAPI amalga oshishidan manfaatdor. Biroq, bunga Rossiya to‘sqinlik qilib keladi. Shu sababli Afg‘oniston masalasi borasida Turkmaniston Markaziy Osiyoga integratsiyalashishni istaydi.

– Turkmanistonni Rossiyaga murojaat qilmay chagarada mustaqil harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi

– Tolibon delegatsiyasini qabul qilishi

– O‘tgan yili Qirg‘izistonda o‘tmay qolgan O‘rta Osiyo prezidentlarining yillik uchrashuvi joriy yili Turkmanistonda o‘tkazilishi

shunga dalolat qiladi.

Qozog‘iston. Bu respublika Afg‘onistondan uzoqroqda, Rossiyaning biqinida joylashgan. Uning Rossiyaga qaram qilgan bog‘liqlik jihatlari juda ko‘p. Shu sababli u Markaziy Osiyo integratsiyalashuvi tarafdori bo‘lsa ham, bu borada dadil qadam tashlay olmaydi.

Afg‘onistonga bog‘liq O‘rta Osiyo respublikalarida rivojlangan ayrim xodisalar dalolatlari shular edi. Imkoniyatimiz doirasida faqat ayrim muhim voqealargagina to‘xtalib o‘tdik.

 So‘zimiz oxirida shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinlikki, Markaziy Osiyo respublikalarining barchasi islomiy yurtlar. Faqat, ular mustamlakachi kofirlar tomonidan bosib olingan, bosqinchilar manfaatlariga mos ravishda o‘rtalariga sun’iy chegaralar tortilgan. Shu sababli ushbu yurtlardagi musulmonlar mustamlakachilar siyosatining qurbonlari bo‘lib kelishmoqda. Aslida bu yurtlar shariatda balad ul-Islom (islomiy yurt) deb ataladi va ularni Dorul-Islom tarkibida bo‘lishi vojib. Ya’ni, Islom bilan boshqarilgan Islom davlati soyasida bo‘lishi vojib. Agar bunday bo‘lmasa – Alloh va Rosuli buyrigan tariqat asosida – shunga harakat qilish vojibdir.

Turkiston

Izohlar yo'q