Noumidlik – illatlar illatidir, tushkunlik esa, balolar boshidir

0
401

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Noumidlik – illatlar illatidir, tushkunlik esa, balolar boshidir

Ustoz Munir Nosir

Hizb ut-Tahrirning Suriya viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Kecha ziyolilardan biri bilan uchrashgandim, u menga bunday dedi:

«Mening biror kishida yaxshilik qolganidan umidim qolmadi, hozirgi odamlar nusrat-yordamga loyiq emas, ammo umidim Allohdan».

Ko‘pchilik bu gap noumidlikni ifodalamayapti, balki yashab turganimiz voqelikka berilgan sifat, deb o‘ylashi mumkin. Biroq men bu odamning gapini obdan fikrlab, o‘zgartirishga nisbatan noumidlik va tushkunlikni ifodalayapti, deb bildim. Uning «umidim Allohdan», degan gapiga kelsak, bu tilda aytilgan gap, xolos. Chunki Parvardigoridan nusratni umid qilgan odam Islom Ummatida juda ko‘p yaxshiliklar borligini ko‘rishi lozim.

Noumidlik juda xavfli illat bo‘lib, undan ehtiyot bo‘lmoq va unga tushib qolishdan saqlanmoq lozim. Biz noumidlikni sifatlaydigan bo‘lsak, aytish mumkinki, u yo‘q narsani kutish, yomon voqelikka muqarrar taqdir, deb qarashdir. Yoki bo‘lmasam, noumidlikni «o‘zgartirishni mahol narsa deb bilish», deya ta’riflashimiz ham mumkin. Shubhasiz, bunday tuyg‘u insonning turmush tarziga salbiy ta’sir qilib, uni faoliyatdan o‘tqazib qo‘yadi, fikrini zanjirlab, harakatini to‘xtatadi, uni hech narsani ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi, faqat «almashish qonuni yuz berishi kerak», deb o‘ylaydigan kimsaga aylantiradi.

Noumidlik tuyg‘usi shaxsga nisbatan xatarli bo‘lsa, Ummatga nisbatan yanada ko‘proq xatarlidir. Agar noumidlik mafkurasi keng tarqatiladigan bo‘lsa, bu Ummatni o‘z dushmani oldida taslim bo‘ladigan Ummat qilib qo‘yadi, zotan dushmanning eng katta orzusi va maqsadi ham mana shu. Chunki bu – sinish va mag‘lub bo‘lishning boshlanishi bo‘lib, taslim bo‘lishga olib keladi. Noumidlik tuyg‘usi har qanday o‘zgartirish harakati oldidagi to‘siq hamdir. Chunki bu tuyg‘u hamma insonni har qanday ishdan oldin birinchi omadsizlikni o‘ylaydigan qilib qo‘yadi.

Kimdir, mazkur ziyolining gapini «insonlardan noumid bo‘lyapti», yana kimdir «nusratdan noumid bo‘lyapti», deb aytishi mumkin. Biroq ikkalasining ham farqi yo‘q. Chunki kimda-kim Ummatdan hamda uning o‘zgartirishga qodirligidan umidi uzilsa, bu narsa dushmanlar ustidan nusrat qozonishdan umidi uzilganini anglatadi. Bu ahvolga tushgan kishi yo yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan bo‘ladi yoki ketayotgan yo‘lidan ko‘zlangan g‘oyani tasavvur qilolmagan bo‘ladi. Chunki ketayotgan yo‘lingizning to‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lsa va bu yo‘lda to‘siqlarga yo‘liqishni aniq bilsangiz, demak, yo‘lda har qanday to‘siqqa parvo qilmaysiz, to‘xtamay oxirigacha borasiz hamda bu yo‘ldan hargiz adashmaysiz. Chunki yo‘ldan adashish maqsaddan uzoqlashishdir.

Bu so‘zlarning Islom Ummati voqeligiga tushiradigan bo‘lsak, Ummatning izzat yo‘li odamlar taqdiri ustidan hukmronlik qilayotgan, yurt boyliklarini talon-toroj etayotgan anavi rejimlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish yo‘lidir. Bu yo‘l qurbonliklar va to‘siqlar bilan to‘ladir hamda tog‘utlarning halovatini buzadigan yo‘ldir. Mudom tog‘utlarning halovatini buzar ekan, demak, tog‘utlar ayni yo‘ldan yurganlarga ko‘proq va og‘irroq to‘siqlarni qo‘yishga urinishadi… Goh o‘ldirish va qamash bilan zulm qilsa, gohida qo‘zg‘olonchilarni yo‘ldan ozdirish uchun yo‘llariga gullaru pullar sochishadi, shu orqali g‘oyalariga etishni uzoqlashtirishadi.

Qo‘zg‘olonchilarni orqaga qadam tashlashga yoki yo‘lning o‘rtasida to‘xtab qolishga undayotgan yagona narsa ojizlik tuyg‘usidir, ya’ni tog‘utlar tomonidan kelayotgan har qanday qiyinchilikni engib o‘tish oldida ojizlikni his etishdir. Bu esa, noumidlikning aynan o‘zidir. Shu bois, Ummat dushmanlari odamlarda mana shu tuyg‘uni kuchaytirishga hamda qo‘zg‘olon yo‘lida davom etishdan to‘xtab qolishlari yoki shuncha og‘ir qurbonliklar berganlaridan so‘ng ularning samarasini olmasdan ikki qo‘li bo‘sh holda qaytishlari uchun ayni mana shu noumidlik tuyg‘usini keng yoyishga zo‘r berib harakat qilishmoqda.

Noumidlik Ummatdagi hamma baloni keltirib chiqaruvchi illat bo‘lagi bois, u musulmonlarga harom qilingan. Darhaqiqat, Alloh Taolo bunday dedi:

إِنَّهُ لاَ يَيْأَسُ مِنْ رَوْحِ اللَّهِ إِلاَّ الْقَوْمُ الْكَافِرُونَ

«Allohning rahmatidan kofir qavmdan boshqasi noumid bo‘lmaydi»    [Yusuf 87]

Garchi bu oyat sayyidimiz Yusuf alayhissalom qissasida kelgan esa-da, biroq keyinchalik Yoqub alayhissalomning so‘zlariga javoban, keyin esa umumiy oqimda kelgan. Ya’ni, bu oyat zamon yoki makonga xos emas, balki har vaqtni o‘z ichiga oladi.

Alloh Taolo yana bunday dedi:

قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَى أَنفُسِهِمْ لاَ تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللهِ

«(Ey Muhammad), ayting – Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar» [Zumar 53]

Ushbu oyati karimadagi القنوط so‘zi اليأس so‘zi bilan sinonim bo‘lib, ma’nosi noumidlikdir va unda ochiq qaytariq ko‘rinib turibdi. Allohning rahmati barcha bandalarga tegishli. Zotan, Alloh o‘zining harakat qilayotgan mo‘min bandalariga nusrat va g‘oliblikni va’da qilgan ekanmi, demakki, ular ushbu nusratning kechikishi sababli hargiz umidsizlikka tushmasliklari kerak. Aksincha, Allohning va’dasiga mutlaq inonmoqlari shart. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo va’daga aslo xilof qilmas.

Endi, insonlardan noumid bo‘lishga, ya’ni, «bu avloddan umid yo‘q, biz boshqa avlodlarni tarbiyalab etishtirishimiz shart, hozirgi odamlardan na umid qilib bo‘ladi, na yaxshilik kutib bo‘ladi», kabi gaplarga kersak, Nabiy ﷺ quyidagi so‘zlari bilan aynan mana shundan qaytarganlar:

«إذَا قَالَ الرَّجُلُ: هَلَكَ النَّاسُ فَهُوَ أَهْلَكُهُمْ»

«Agar biror bir kishi odamlar halok bo‘ldi, deb aytsa, demak, ularning eng ko‘p halokatga uchragani uning o‘zidir». (Abu Dovud rivoyati).

So‘zim nihoyasida Alloh Subhanahu va Taoloning o‘z bandalaridagi qonunlaridan birini, ya’ni, nusrat qonunini eslatmoqchiman. Ushbu qonun bo‘yicha, nusrat falokat, yolg‘izlik va zaiflik juda cho‘qqisiga chiqqan vaqtlarda keladi. Bunga anbiyolar qissalari ham va musulmonlar voqeda boshlaridan kechirgan ishlar ham dalolat qilmoqda. Mana, Payg‘ambarimiz ﷺ Qurayshdan quvilib, g‘orga berkinadilar va hijrat yo‘lini o‘zgartiradilar, so‘ng bir necha kun o‘tib, musulmonlar uchun Madinai Munavvarada qal’a barpo etadilar… Muso alayhissalom va unga imon keltirganlarga kelsak, ular dengiz qirg‘og‘iga kelib qolganlarida Fir’avn va uning qo‘shini quvib keladi… Ularda na qurol va na tayyorgarlik bo‘ladi… Ana shunda Alloh Taolo dengizni yorib, Fir’avn va uning qo‘shinini halok qiladi…

Tog‘utlarni ildizi bilan qo‘porish yo‘lida harakat qilayotgan, qo‘zg‘olon olib borayotgan va Payg‘ambarlari ﷺning minhoji bo‘ylab, izzat yo‘liga qadam bosgan insonlar ham shunga imonlari komil bo‘lsinki, Alloh Subhanahu va Taolo tog‘utlarni kuzatib turibdi:

إِنَّ رَبَّكَ لَبِالْمِرْصَادِ

«Robbingiz albatta kuzatib turguvchidir» [Fajr 14]

Alloh Subhanahu va Taolo o‘z va’dasini albatta bajaradi:

وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ الْمُؤْمِنِينَ

«Mo‘minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bo‘lgan» [Rum 47]

Noumidlik botqog‘iga botib qolishdan hushyor bo‘lsinlar, chunki dushmanlari shunga tortmoqda. Bu esa, hamma narsani vayron qiladi, ularga ziyon va halokat olib keladi.

إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْراً

«Alloh O‘zi (xohlagan) ishiga albatta etguvchidir. Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-o‘lchov qilib qo‘ygandir» [Taloq 3]

Roya gazetasining 2021 yil 9 iyun chorshanba kungi 342-sonidan

Izohlar yo'q