بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Kofir G‘arb hamda armanlar genotsidi haqidagi yolg‘on
AQSh prezidenti Jo Baydenning 1915 yil Usmonli davlat zamonida bo‘lgan hodisani genotsid, deb atashi va Turkiya davlatining bunga miq etmasligi ortidan, Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limi quyidagilarni ta’kidladi:
Qo‘shma Shtatlar va mustamlakachi davlatlar «genotsid», degan yolg‘onlari bilan har yili 24 aprelda Usmoniy davlatga va Islomga qarshi o‘z nafratlarini sochib kelishadi. Islomning buyuk tarixi to‘g‘risida shubha uyg‘otish bilan o‘zlarining qonli tarixlarini yashirishga urinishadi».
Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:
«Oq uy tomonidan mutakabbirlarcha berilgan bunday bayonotni aslo qabul qilib bo‘lmaydi. Biroq Turkiya prezidentligi bunga qarshi munosabat sifatida bayonot berishi kerak. Shuningdek, asli genotsid Iroq, Afg‘oniston va Suriyada sodir etilganini Amerikaga eslatib qo‘yishi kerak. Adanadagi Injirlik bazasini yopishi hamda AQShning Anqaradagi elchisini zudlik bilan chiqarib yuborishi, Turkiyaning Vashingtondagi elchisini Anqaraga chaqirib olishi lozim. Biroq Erdogan bularni qilmadi, aksincha, Baydenning bayonotidan oldin Armanistonning Turkiyadagi patriarxi Saak Mashalyanga bevosita maktub yuborib, Birinchi Jahon urushida halok bo‘lgan armanlarga hurmat izhor qildi. Shunday qilib, Qo‘shma Shtatlarga jur’at berayotgan narsa Turkiya siyosatidagi mana shunday xorlik, itoatkorlik, hukmdorlarning qo‘rqoqligi, rahbarlarning o‘z kursilarini sevishlari va kelajaklaridan xavotirlanishlaridir».
Bayonot so‘nggida bunday deyildi:
«Turk hukumati yangi muddatda boshqaruv stullarini saqlab qolishda Bayden ma’muriyatidan yordam umid qilmoqda. Muxolafat ham Baydenga xushomad qilyapti. Shu sababdan bu hukmdorlardan birortasi Amerikaning takabburligiga chek qo‘ya olmaydi. Bunga chek qo‘yishga qodir yagona kuch, yaqinda Allohning izni ila barpo bo‘lajak Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidir».
Roya gazetasining 2021 yil 12 may chorshanba kungi 338-sonidan