Chegara muammolarini echishni xohlaysizmi

0
455

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Chegara muammolarini echishni xohlaysizmi

Umuman chegara masalasini, xususan O‘rta Osiyodagi chegaralarni aqli ishlaydigan, birovga ergashmaydigan mufakkir mo‘mingina echa oladi. Sizni aqlingiz ishlasa, har bir narsaga o‘z hulosangizni berishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, siz ham bu muammolardagi asl masalani tushunasiz. Fikringizni ishga solish uchun masalaning asl mohiyatiga e’tiboringizni qaratish maqsadida savol beraman, “aslida er kimniki? Kim uni taqsimlashga, ya’ni bu Qirg‘iziston uchun, buyog‘i Tojikistonniki, O‘zbekistonniki…”- deb echishga haqli? Kim?! Bizni ota-bolarimizni qon-qaqshatgan, el boshchilarini qirib tashlagan, o‘zlarini manfaati uchun har qanday vahshiyliklardan tap tortmay qiladigan Rossiyami? Yoki butun dunyoni qonga belayotgan, kufr foydasi uchun dunyoda bo‘layotgan vahshiyliklarga ko‘z yumib kelayotgan BMTmi? Aslo! Bularni bizning erlarimizni taqsimlashga hech qanday haqlari yo‘q!

Olamdagi har bir narsa, jumladan Er ham Alloh Taoloning mulkidir. Ularni yo‘qdan bor qildi, hech qim unga sheriklik qilgani yo‘q, aslida sheriklikni da’vo qilayotganlarni ham Alloh Taolo yaratgan, o‘zlariga nohaqdan shunday huquqlarni olib, Erning bu tarafi bizga qarashli, bu erlarda bizning hukmimiz o‘tadi deb, qalbaki ishlari bilan maqtanishni xohlaydigan unday zolim kimsalar Qodir Zodning azobidan qutila olmaydilar. Sizlar ham ular bilan birga bo‘lishdan saqlaning. Alloh Taolo aytadi:

لَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَفْرَحُونَ بِمَا أَتَوا وَيُحِبُّونَ أَنْ يُحْمَدُوا وَيُحِبُّونَ أَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا فَلَا تَحْسَبَنَّهُمْ بِمَفَازَةٍ مِنْ الْعَذَابِ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ()وَلِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ()إِنَّ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ لَآيَاتٍ لِأُولِي الْأَلْبَابِ()الَّذِينَ يَذْكُرُونَ اللَّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَى جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ() رَبَّنَا إِنَّكَ مَنْ تُدْخِلْ النَّارَ فَقَدْ أَخْزَيْتَهُ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنْصَارٍ

(Ey Muhammad), siz hargiz qilgan ishlari (ya’ni odamlarni haq yo‘ldan adashtirishlari) bilan xursand bo‘ladigan va qilmagan ishlari bilan maqtovlar eshitishni yaxshi ko‘radigan kimsalar azobdan yiroq makondalar, deb o‘ylamang! Ular uchun alamli azob bordir. Osmonlar va erdagi bor mulk Allohnikidir. Va Alloh hamma narsaga qodirdir. Osmonlar va erning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va erning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan! O‘zing bizni jahannam azobidan asragil! Parvardigoro, albatta Sen kimni jahannamga kiritsang, muhaqqaq uni rasvo qilursan. Va bunday zolimlar uchun hech qanday yordamchi yo‘qdir.

1916-yili 3yanvarda Frantsiyalik siyosatchi Fransoa Jorj-Piko va Angilyalik Mark Sayks o‘zaro kelishib, Islom olamini parchalab, mayda davlatchalarga bo‘lib tashlashga qaror qilishgan. Bu kelishim “Sayks-Piko” deb ataladi. Islom olamining shimoliy taraflari: O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Azarbayjon, Tatariston, Kavkaz kabi joylar Rossiya ulishiga aylangan. Rossiyada revalyutsiya bo‘lgandan keyin kompartiya 1924-yili O‘rta Osiyoni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston qilib bo‘lib tashladi. 1936-yili qayta ko‘rib chiqishdi. Shunga asosan 1990chi yillarda “mustaqil” davlatlar sifatida olamga tanitishdi, BMTiga a’zo qilishdi. Rossiya shu sababdan bizga chegaralarni bo‘lib berishga haqqi bormi? Ota-bobolarimizni qirib, ongli, savodli o‘g‘lonlarimizni yo‘q qilishgandan keyin o‘ziga shu huquqni berib olishi qonuniymi?! Adolatdanmi?! Shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa ham bizning yurtlarda fikr yurituvchi, aqqilli insonlar chiqmayaptimi?! Buni anglash uchun jinni yoki mankurt bo‘lmasa bas, etadi. Ozgina aqli ishlaydigan insonga hammasi ochiq-oydinku?! Qanday qilib bizdan qullikdan boshqa narsani qabul qilmaydigan qonxo‘rlarni, dushmanlarimizni chizib bergan chegaralarini asos qilib, bir birimizga dushmandek muomila qilamiz, talashamiz, urishamiz, o‘ldiramiz?! Kanday?! “Bo‘lib tashla-hukumronlik qil” degan qoida asosida bo‘layotganini nahotki tushunmasanglar?!

Bu chegaralarning SSSR vaqtida salbiy ta’siri bir birlariga bo‘lmagan(sotsializm bunga yo‘l qo‘ymasdi), ammo boshqa Islom yurtlarga nisbatan o‘z kuchini ko‘rsatgan. Dinimizda muqaddas deb sanalgan asosiy uchta masjidga: Makka shahridagi “Baytulloh”ga, Madina shahridagi “Nabaviy masjidga”, Quddus shahridagi “Aqso masjidi”ga, hamda Islom yurtlarining boshqa erlariga safar qilish amri-mahol edi. SSSR parchalanganda bizlarni alohida qilib, “mustaqillik” nomini berishdi. O‘sha vaqtlardan boshlab bu chegaralar o‘zaro nizolarning asosiy sababchisiga aylandi. Shu sun’iy chegaralar dastidan ko‘plab janjallar chiqmoqda, qanchadan qancha begunoh insonlar qo‘rbon bo‘lmoqda. Qurol ko‘tarmasdan o‘lganlarni mazlum holda shahidlar qatori ajrlarga etishini umid qilamiz. Ammo qurol kutarib o‘lganlarchi? O‘zlaricha “g‘olib bo‘ldik” deb o‘zlarini qahramon sanayotganlarchi? Ular haqida Rosululloh(s.a.v) quydagicha xabar berganlar:

الحديث صحيح في الصحيحين عن النبي عليه الصلاة والسلام أنه قال: إذا التقى المسلمان بسيفهما فالقاتل والمقتول في النار قيل يا رسول الله هذا القاتل فما شأن المقتول؟ قال: لأنه كان حريصًا على قتل صاحبه

“agar ikki musulmon qilichi bilan bir birlariga yo‘liqsalar, o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zahda (bo‘ladi). So‘raldiki; yo Rosululloh, bu o‘ldirgan (tushunarli), o‘lgandi nima aybi bor?: chunki u ham sherigini o‘ldirishga haris edi” – dedilar. Sahih Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Urishsak oxiratimiz barbod bo‘lar ekan, urishmasdan yashaganimizda bu chegaralar bizga nima foydasi bor?! Loaqal bir dona faydasini ayting! To‘g‘ri, qurol-yaroqlar, taqiqlangan tavarlar, giyohvand moddalar hech qanday to‘siqsiz o‘tayotgani hammaga ma’lum. Qonuniy qaroqchilarni tartiblashtirib bergan kofirlarga malaylik qilayotgan rahbarlarga mo‘maygina harom boyliklar kelib turadi. Lekin oddiy insonarga qanday manfaatlari bor? Savdogarlarga, cho‘ponlarga, dehqonlarga, bog‘bonlarga, qarindoshlarini holidan xabar oluvchilarga, sayohat qilmoqchi bo‘lganlarga, hullas odddiy insonlarga qanday manfaati bor?! Ming yillardan ko‘proq hech qanday urishsiz, bir Ummat bo‘lib yashamadikmi?! 30 yil avval ham bir birlarimiz bilan talashmay yashab kelganmiz-ku?! Agar jinni bo‘lmasang, kofirlardan qo‘rqmasang, kufr siyosati oqibatida manqurtlarga aylanib qolmagan bo‘lsang haqiqatni ro‘yi-rost gapir!

“Robbim Alloh, dinim Islom, payg‘anbarim Muhammad(s.a.v), kitobim Qur’on” deb iymon keltirgan mo‘minlar bunday sun’iy, musulmonlarni bo‘lib tashlaydigan chegaralarni hisobga olib, nafaqat qarshi ish qilishi, urishishi, bir-birlarini o‘ldirishi, hattoki mo‘min-musulmonlarni bo‘lishlari harom bo‘lib, unday kimsalarni Rosululloh(s.a.v) “bizdan emas” deb, bu ishni naqadar og‘ir gunoh ekanligini bayon qilganlar. Al Mo‘tamir rivoyat qilgan hadisda Rosulullloh(s.a.v)ning shunday demoqda:

من قتل تحت راية عمية يدعو عصبية أو ينصر عصبية فقتلة جاهلية

“kimiki asabiyyat (zulm-nohaqlik ustida o‘z qavmiga tarafkashlik qilish)ga chaqirgan holda yoki yordam bergan holda  johiliyat hayqiriqlari ostida o‘ldirilsa, u johiliy o‘limdir”. Muslim rivoyati. (Mutavotir hadis).

« ليس منا من دعا إلى عصبية ، وليس منا من قاتل على عصبية ، وليس منا من مات على عصبية »

“kimiki asabiyyat (zulm-nohaqlik ustida o‘z qavmiga tarafkashlik qilish)ga chaqirsa bizdan emas va kimiki asabiyyat (zulm-nohaqlik ustida o‘z qavmiga tarafkashlik qilish)da urishsa bizdan emas va kimiki asabiyyat (zulm-nohaqlik ustida o‘z qavmiga tarafkashlik qilish)da o‘lsa bizdan emas”. (Abu Dovud rivoyati). Bu haqida juda ham ko‘p hujjatlar vorid bo‘lgan. Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ

– „Ey odamlar, sizlarga Parvardigoringizdan hujjat keldi“, [4:174]

Yana aytadi:

فَمَا يُكَذِّبُكَ بَعْدُ بِالدِّينِ () أَلَيْسَ اللَّهُ بِأَحْكَمِ الْحَاكِمِينَ

Bas, (ey inson), endi (ya’ni Alloh taoloning barcha narsaga qodir zot ekanligini bilganingdan so‘ng) nima seni (Qiyomat kunida bandalarning qilib o‘tgan amallariga beriladigan) jazoni yolg‘on deyishga majbur qilur?! Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?! (Darhaqiqat Alloh taolo Qiyomat kunida eng odil hukm qilguvchidir).  

Izohlar yo'q