Shom qo‘zg‘oloni voqeini o‘rganish: tashxis va muolaja

0
316

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom qo‘zg‘oloni voqeini o‘rganish: tashxis va muolaja

Xalifalik qulatilishining alamli yuz yillik xotiralarida hamda Shom qo‘zg‘oloni boshlanganiga o‘n yil bo‘lib, uning xavfli burilishga kelib qolishi ortidan, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi o‘zining uchinchi siyosiy hujjatini nashr qildi. «Shom qo‘zg‘oloni voqeini o‘rganish: tashxis va muolaja», deb atalgan ushbu hujjatda fitna to‘rini Amerika to‘qib bergani, tobe va yollanma davlatlar uni tatbiq qilishayotgani, jangchi guruhlar etakchilari shu yo‘l bo‘ylab yurishayotgani yoritib berildi. Hizb hujjatda Suriyadagi kurashning asl mohiyatini, qo‘zg‘olonni yo‘q qilish uchun qanday uslub va vositalar qo‘llanganini izohlab o‘tdi. Shuningdek, qo‘zg‘olon voqeligi haqida o‘zi o‘rganib chiqqan xulosalarni havola qildi. Bu xulosalarda, yollangan davlatlarning harakatlari natijasida qo‘zg‘olon bo‘laklarga bo‘lib tashlangani, uning ahli shaklan bir-biridan farqli, ammo, qaramlikda mazmunan bir-biriga o‘xshagan to‘rt mintaqaga tarqatib yuborilgani aytildi. Hizb qamal qilish va tazyiq o‘tkazish kabi barcha jinoyat uslublarini qo‘llashga Xalqaro hamjamiyatni nima majbur qilganini yoritib berar ekan, bularning barchasi guruhlar xavfsizlik xizmatining jinoyatlari, chegara xizmatchilarining qaroqchiligi, inson qadr-qimmati bir pul qilinib, ozod kishilarni og‘iz ochishga qo‘yilmayotgani, guruh etakchilari jinoyatlariga qonuniylik tusi berilayotgani, odamlarni turar-joy yaratish va non topish bilan mashg‘ul qilib qo‘yish… manzarasida bo‘layotganini bayon qildi. Shuningdek, Hizb hujjatda Amerikaning bunday quturgan hujumlaridan saqlanish uchun nima qilmoq kerakligini, bu bosqichda qanday ishlar talab etilishini, qo‘zg‘olonda kutilgan qadamni tashlashimiz va uni qayta to‘g‘ri yo‘liga solib olishimiz uchun qanday amaliy choralar lozimligini ko‘rsatib berdi. G‘arb Ummat farzandlari aqlini o‘g‘irlash uchun sarflagan yirik sa’y-harakatlar qanday ulkan ziyonlar keltirgani, o‘zgartirish jarayonida xalqlardan qanday zaruriy harakatlar qilish talab qilinayotgani ta’kidlandi. Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati ushbu uchinchi siyosiy hujjatini quyidagi so‘zlar bilan xotimaladi:

«Biz Shomda qo‘zg‘olon qilgan Ummat farzandlariga qo‘limizni uzatib, ularni o‘g‘irlab olingan o‘z qarorlarini qayta olish, qo‘zg‘olonlarini o‘zining sobiq to‘g‘ri yo‘nalishiga solish hamda roshid Xalifalikni barpo etish uchun biz bilan birgalikda harakat qilishga da’vat qilamiz. Ana shundagina Robbimizni rozi qilib, huquqlarimizni saqlab qola olamiz, izzat-hurmatimizni qayta tiklab, bu dunyoyu oxiratdagi manfaatlarimizni ro‘yobga chiqaramiz».

Roya gazetasining 2021 yil 7 aprel chorshanba kungi 333-sonidan

Izohlar yo'q