Virus bahonasida islomiy qadriyatlarni cheklash epkini

0
359

Virus bahonasida islomiy qadriyatlarni cheklash epkini

 O‘tgan yili Xitoydan butun dunyoga koronavirus tarqaldi. Allohning bu sinovi yurtimizga ham kelib, mamlakat unga qarshi kurash choralarini ko‘rdi. Mustamlakachilik siyosati tufayli hokimlarimiz virusga qarshi kurashda o‘zlari qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lishmadi, ular faqat G‘arb mustamlakachilarining ko‘rsatmalarini ijro qilishdi. Albatta, ushbu ko‘rsatmalar jumlasiga Islomga qarshi kurash harakatlari ham kiritildi. Hatto, mustamlakachilarga malaylik shu darajaga etdiki, hokimlarimiz islomiy qadriyatlarga tajovuz qilishga jur’at etishdi. Masalan, jamoat nomozlari va iftorlarni taqiqlashdi. Odatdagidek, hokimlarimiz bu borada avval G‘arb ko‘rsatmalarini qabul qilishdi, so‘ngra bu harakatlariga shar’iy tus berish uchun saroy ulamolarini ishga solishdi.

 Aslida karantin nafaqat mustamlakachilarning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qildi, balki mahalliy hokimiyatning ham siyosiy quroliga aylandi. Ayniqsa, hukumat o‘z manfaatiga mos siyosatini amalga oshirish va raqiblarini bostirishda virusni bahona qilib karantin joriy qilayapti yoki to‘xtatyapti. Masalan, 2020-yil bahorida hukumat xalqning ko‘tarilib ketishidan xavfsirab karantin joriy qildi, holbuki bu vaqtda virus yuqish holatlari kam edi. Parlament saylovlari kampaniyasi arafasida esa har qanday cheklovlar bekor qilinib, hech qanday ehtiyot choralariga amal qilinmay saylov o‘tkazildi. Bu saylovda odamlar ommaviy va tartibsiz aralashib yurishdi. Ammo shunday bo‘lsa ham statistikada virusni yuqtirish holatlari maxsus tayinlangan ko‘rsatkichlar bilan berildi. Joriy yildagi prezident saylovi va referendum ham xuddi shu kabi ko‘rinishda o‘tdi. 21-martda esa Bishkekda “Navro‘z” munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi, sababi, Bishkekda yangi konstitutsiyaga qarshi kayfiyat kuchayib ketgan edi. Biroq, shu bilan bir vaqtda 21-martda O‘sh shahrida ommaviy tadbirlar taqiqlanmadi, bayram nishonlandi. Chunki, bu erda yangi konstitutsiyaga qarshi kayfiyat deyarli yo‘q edi. Shuning uchun ham O‘shda virus yuqtirish holatlari atayin kamaytirib, ba’zida nol qilib ko‘rsatildi.

 Hozirda hukumat to‘liq karantin bo‘lmasa ham turli xil cheklovlar kiritilishini bildirmoqda. Bu 11-apreldagi konstitutsiya bo‘yicha referendum va undan keyin kutilayotgan ehtimoliy qarshiliklar bilan bog‘liq. Shuningdek, ushbu harakatlar islomiy qadriyatlarga qarshi kurashish harakatlarini o‘z ichiga olishi xavfi mavjud. Hukumat 11-apreldagi referendum to‘sqinliklarga duch kelishini va undan keyin  har qanday qarshiliklarga uchrashini xohlamaydi, shu sababli cheklovlar kiritish istagini bildirmoqda. Agar cheklovlar kiritilsa muborak Ramazon oyidagi jamoat nomozlariga taqiq qo‘yilishi mumkin. Aslida shariatga asosan, odamlarni masjiddan to‘sish va jamoat nomozlari taqiqlanishi mumkin emas. Alloh taolo bundan ogohlantirib, Baqara surasining 114-oyatida aytadi:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَاجِدَ اللَّـهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَى فِي خَرَابِهَا

“Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni xarob qilishga harakat qilgan kimsadan ko‘ra zolimroq kim bor?”

 Agar davlat shunday qilsa qattiq gunohkor bo‘ladi. Aslida, shariatga ko‘ra, virus tarqalgan vaqtda kasalligi aniq bo‘lgan odamlar bunday erlarga borishidan tiyilishi va davolanishi kerak. Kasalligi aniq bo‘lmagan, sog‘lom odamlar jamoat nomozlaridan qaytarilmaydi, ular jamot nomozlariga borishda davom etadilar, Allohdan shifo so‘rab duo qilishadi. (Bu boradagi shar’iy hukmlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, saytimizdagi “Koronavirus kasalligi haqidagi kelgan so‘rovlarga javoblar”, “Koronavirusning oqibatlari”, “Masofa saqlab nomoz o‘qish bid’at bo‘lib, gunohi hukmdorlarga tushadimi?” maqolalariga murojaat qilishingiz mumkin).

 Shu sababli biz hokimiyat egalariga nasihat qilamiz.

 Ey hokimiyat zgalari! “Karantin” bahonasi bilan Islom va musulmonlarga hiyonat qilmanglar. “Hokimiyat qo‘lning kiri” Oxiratda esa Allohning oldida hisob berish bor. Diniga hiyonat qilgan o‘tmishdoshlaring holidan ibrat olinglar: ular bu dunyoda xorlikka giriftor bo‘lishdi, Oxiratdagi azoblar esa bundan ham qattiqdir. Shu o‘rinda hokimiyat suiiste’mollarini “bezab turgan” saroy olimlarini ham ogohlantirib o‘tish muhimdir. Sababi, sizlar jamoat nomozlari taqiqlanishiga “shariatdan yo‘l topib” berdinglar. Shu bilan bir vaqtda, hukumat saylov kampaniyalarini o‘tkazib hech qanday ehtiyot choralariga amal qilmadi, sizlar esa bunga sukut saqladinglar yoki uni qo‘llab-quvvatladinglar. Bas, es-xushinglarni yig‘ib olinglar, payg‘ambarlar merosxo‘ri bo‘lishni afzal bilinglar. Buning uchun haq tomonda turish, haqni aytish zarur. Ana shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytgan shu sifatga loyiq bo‘lasizlar; “Ulamolar – payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir”.

 Alloh taolo aytadi:

وَلاَ تَلْبِسُوا الْحَقَّ بِالْبَاطِلِ وَتَكْتُمُوا الْحَقَّ وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ

“Haqni botilga aralashtirmang va o‘zingiz bilib turib haqni yashirmang”. [2:42]

 Ey musulmonlar, biz Allohning oldida shariatini tatbiq qilish borasida javobgarmiz. Shunday ekan, har birimiz ushbu shar’iy amallar bajarilishini talab qilaylik. Ramazonda taroveh nomozlarini ado etib, iftorliklar o‘tkazib, dinimiz, Ummatimiz haqqiga duo qilish ne’matiga erishaylik!

 Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q