بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Kushnerning Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi bosqinchi yahudiylarni dastaklagani uchundir
«Arabiy 21» veb-saytida (hijriy 1442 yil 19 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 1 fevral dushanba kuni) nashr etilgan xabarda bunday deyiladi:
«AQShning Garvard universitetining huquqshunos faxriy professori Alan Dershovits Oq uyning sobiq maslahatchisi Jared Kushner va uning yordamchisi Avi Berkovitslarni Nobel tinchlik mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatganini e’lon qildi».
Nobel mukofoti komissiyasiga yozgan maktubida Dershovits Kushner bilan Berkovitsning arab davlatlarini bosqinchi «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirishga undash rollarini yuqori baholagan».
Roya:
Katta jinoyatchi-qonxo‘rlarga va ularning malaylariga birinchi marta bunday ikrom ko‘rsatilayotgani yo‘q. Katta jinoyatchilarning ko‘rsatgan mehnatlari musulmonlarni qirg‘in qilish va ularga urushlar ochishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yurtlarimizdagi malaylarining mehnatlari ularning rejalarini bajarish va G‘arb foydasiga g‘arbcha saqofatni yurtlarimizda keng yoyishdan iborat bo‘ldi.
Nobel mukofoti, deb atalgan sovrinning ro‘yxatida Falastin ahliga qarshi son-sanoqsiz qirg‘in va jinoyatlar sodir etgan Shimon Peres bilan Ishaq Rabin hamda Mьyanma sobiq davlat maslahatchisi Aun San Su Chji ham bor. Aun San Su Mьyanmada davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan bo‘lib, uning bu mansabi musulmonlarga qarshi dahshatli qatli om jinoyatlarini sodir etayotgan davlatdagi bosh vazirlik manbasiga teng hisoblanadi.
Yahudiy vujudiga muborak zaminimizning aksar erlarini topshirish, yurt ahlini qirg‘in qilib, qochqinga aylantirish, qishloqlarni aholisi bilan qo‘shib vayron etish, har kuni Falastin ahlini azob-uqubatlarga giriftor etib, ularni barcha hayotiy zaruratlardan mahrum etish va muqaddas dargohlarini oyoq-osti qilish… bularning barchasi mustamlakachilar nazdida mukofotlash va taqdirlash lozim bo‘lgan xizmatlar hisoblanadi. Bas, ularga ham, ularning mukofotlariga halokat etsin.
Roya gazetasining 2021 yil 10 fevral chorshanba kungi 325-sonidan