Allohning konstitutsiyasi hayotda mavjud emasligining asosiy sababi

0
446

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Allohning konstitutsiyasi hayotda mavjud emasligining asosiy sababi

Xalq adolatni, haqiqatni talab qilishda davom etar ekan Qirg‘izistondagi konstitutsiyaning o‘zgarishi to‘htamaydi. Chunki haqiqat-adolat faqat butun olamni, hamda ularning ichidagi eng mukammal qilib aratilgan insonni Yaratuvchisi bo‘lgan Zot-Alloh Taolo-ning nozil qilgan risolati –Qur’on va hadis – dadir. Unga qaytmas ekanmiz biz jaholat-bilimsizlik botqog‘idan chiqolmaymiz. Alloh Taolo aytadi:

أَلَيْسَ اللَّهُ بِأَحْكَمِ الْحَاكِمِينَ

Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?! [95:8].

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?! [5:50].

Biroq og‘ir ahvolda yashayotganimizga gohida konstitutsiyani, gohida hukumatni, prezidentni, ba’zan deputatlarni aybdor deb qarashda davom etaveramiz. Tabiiyki, qaysi “aybdor” ustida ko‘proq gap ketsa, hayotimiz o‘nglanishi uchun o‘shani almashtirish zarur deb bilamiz. Aslida bunday emas, balki bizning og‘ir ahvolda yashashligimizning asosiy sababi Alloh Taoloning “konstitutsiya”si –Qur’on va hadis –dan yuz o‘girganimizda. Alloh Taolo aytadi:

فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلا يَضِلُّ وَلا يَشْقَى () وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضنكاً.

– “Kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur”.   20:123-124.

1924 yil Turkiyada Islom siyosiy maydondan yo‘q qilingandan keyin mustamlakachi davlatlar bir qancha vaqt Islomni siyosiy maydonga kelib qolishini to‘sish uchun alohida-alohida kurashib kelishdi. BMTning Bosh assambleyasida 1948 yili 10 dekabrda qabul qilingan qarori asosida kufr olami birgalashib, Islomni siyosiy maydonga qaytib kelib qolishiga qattiq qarshilik qilib kelmoqda. Ushbu qaror: “barcha davlatlarning konstitutsiyalari besh davlat(AQSh, Rossiya, Britaniya, Frantsiya va SSSR) belgilaganidek, BMT ustavi va rezolyutsiyalariga muvofiq bo‘lishi shart. Yo‘qsa u davlatni davlat sifatida tan olinmaydi. Shunga ko‘ra barcha davlatlarning davlat tuzumi demokratiya asosidagi kapitalistik tuzum yoki sotsialistik tuzum bo‘lishi shart” qilinganidan buyon barcha davlatlar Islomni siyosiy maydonga kelishiga tusqinlik qilishadi. Shuning uchun islomiy yurtlardagi barcha jamiyatlar noto‘g‘ri asosga – insonlar o‘ylab topgan tuzumlarga – asoslangan g‘oyri islomiy jamiyatlardir. Bu jamiyatlarning asosi – Demokratiya – kufr bo‘lib, unga e’tiqod qilganlar kofirlardir. Ularning taomlari harom, ular bilan mo‘minlar qudachilik qilishlarini Alloh Taolo man’ qilgan. Demak, ular bilan nikoh bitimlari sahih bo‘lmaydi, tug‘ulgan farzandlari “valadizino”(zinodan dunyoga kelgan farzandlar) bo‘ladilar. Termiziy chiqargan hadisda Adiy ibn Hotam aytdi: «Men Nabiy(s.a.v)ning oldilariga keldim – bo‘ynimda tilla xoch bor edi – u zot menga butni olib tashla dedilar. Va «Baroat» surasidan mana bu:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar. [9:31] oyatni o‘qib, … shunday deganlarini eshitdim: «To‘g‘ri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan … ». Demokratiyadan voz kechib, Alloh Taoloning hukmlariga qaytish mo‘minlikdir. Demokratlar kofirlar ekanini men uylab topganim yo‘q, Alloh Taolo aytmoqda:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْكَافِرُونَ

Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir. [5:44].

Biz Islomga – Qur’on va hadisga – qaytmas ekanmiz ikki dunyoda baxtli bo‘lolmaymiz. Bizning baxtli hayot kechirishimizga o‘zimiz yo‘l topa olmasligimizni bilgan Mehribon, Rahmli Zot osonlashtirib, Rosululloh(s.a.v)ni bizga rahmat qilib yubordi. Muhammad(s.a.v) olib kelgan risolatda yaxshi, baxtli hayot kechirishimiz uchun zarur bo‘lgan ahkomlar: hamma qonun oldida barobar, barcha huquqlardan hamma hech qanday farqsiz foydalanishlari zarur, rahbarlarni muhosaba qilib turish, zulm qilayotgan rahbarlarning ishini ko‘rib chiqib, jazoga tortish, ayollarni ho‘rlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, oiladagi ishlarni odilona taqsimlash, mulk turlari, tabiiy boyliklar, konlar ummat mulki bo‘lishi, yashash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni har bir fuqaroga muhayyo qilib berish, barcha fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ishga yaroqsizlarga nafaqa berish, bepul davolanish, bepul ta’lim olish kabi qonunlar mujassam. Men quyida ulardan ba’zilarini keltirib o‘taman, ular kitoblarimizda dalillari bilan mufassal bayon qilingan:

1-modda – Islom aqidasi davlatning asosidir, ya’ni uning tarkibida, jihozi, muhosaba qilinishi yoki unga taalluqli barcha ishlarda biror narsaning vujudga kelishi uchun faqat Islom aqidasi asos qilinadi. Bir vaqtning o‘zida Islom aqidasi dustur va shar’iy qonularning ham asosidir, ya’ni bu ikkisining har qaysisiga aloqador biror narsaning mavjud bo‘lishiga faqat Islom aqidasidan kelib chiqsagina ruxsat beriladi.

5-modda – Islomiy tobeiyatga ega bo‘lgan (ya’ni Islomiy Davlat fuqarosi bo‘lgan) barcha odamlar shar’iy huquq va bo‘rchlardan bahramand bo‘ladilar.

6-modda – Davlat fuqarolar o‘rtasida hokimiyat, qazo, ish boshqarish yoki shu kabi sohalarda ayirmachilikka yo‘l qo‘yishi joiz emas. Balki irqi, dini, rangi va millatidan qat’iy nazar barchaga bir xil nazar bilan qaramog‘i vojibdir.

   20-modda – Hokimlarni muhosaba qilish musulmonlarning huquqi va ular uchun farzi kifoyadir. Fuqarolar orasidagi g‘ayrimusulmonlar esa hokimlarning zulmidan va ularga Islom ahkomlarini yomon tatbiq qilinayotganidan shikoyat qilish huquqiga ega.

82-modda – Mazolim mahkamasi har qanday zulmni ko‘rib chiqish huquqiga ega. Bu o‘rinda zulmlar davlat jihozidagi shaxslarga taalluqli bo‘lishining yoki xalifaning shariat ahkomlariga zid ishlariga yoki davlat raisi tabanniy qilgan dustur, qonun va boshqa shar’iy hukmlardagi qonunshunoslik hujjatlaridan birortasining ma’nosiga yoki biror soliq solishga, yoki boshqa ishlarga taalluqli bo‘lishining farqi yo‘q.

83-modda – Mazolim qoziligida qazo majlisi, javobgarni chaqirish va da’vogarning bo‘lishi shart qilinmaydi. Balki mahkama, hech kim da’vo qilmasa ham, zulmni ko‘rib chiqish huquqiga ega.

108-modda – Ayol – ona va uy bekasidir. Ayol himoya qilinishi vojib bo‘lgan nomusdir.

116-modda – Er-xotinlik hayoti xotirjamlik hayotidir. Er-xotinning turmushi do‘stona turmushdir. Er xotin ustidan hukmron bo‘lib emas, g‘amxo‘r bo‘lib boshchilik qiladi. Xotin eriga itoatli bo‘lishi, er esa xotinga – odatda shunday ayolga qanday nafaqa qilish lozim bo‘lsa, shunday – nafaqa berishi farzdir.

117-modda – Er va ayol uy ishlarini bajarishda bir-birlariga to‘liq yordam beradilar. Uydan tashqarida bo‘ladigan barcha ishlarni bajarish erning zimmasidadir. Uy ichidagi barcha ishlarni kuchi etganicha bajarish xotinning zimmasidadir. Ayolning kuchi etmayotgan ishlarni bajarish uchun yordamchi xizmatkorlar hozirlab berish erning vazifasidir.

119-modda – Iqtisod siyosati ehtiyojlarni qondirishga e’tibor berilgan vaqtda jamiyat qanday bo‘lishi lozimligiga e’tiborni qaratishdan iborat. Jamiyatning qanday bo‘lishi lozimligi ehtiyojlarni qondirish uchun asos qilib olinadi.

120-modda – Iqtisodiy muammo raiyyatning har bir shaxsiga boylik va manfaatlarni taqsimlab berishdan hamda boylik va manfaatlarni qo‘lga kiritish va ular uchun harakat qilishga imkoniyat yaratib berish orqali shaxslarga boylik va manfaatlardan foydalanish imkonini yaratib berishdan iborat.

121-modda – Shaxslarning har biri uchun asosiy ehtiyojlarni to‘la qondirish kafolatlanishi hamda kamoliy ehtiyojlarni iloji boricha eng yuqori darajada qondirish imkoniyati ta’minlanishi vojibdir.

122-modda – Mulk yolg‘iz Allohnikidir. Alloh insonni mulkni tasarruf etishda O‘zining xalifasi deb e’lon qildi. Mana shu umumiy vakolat bilan inson mulkka egalik qilish huquqiga ega bo‘ldi. Alloh insonga mulkni qo‘lga kiritishga izn berdi. Mana shu maxsus izn bilan inson amalda mulkning egasiga aylandi.

123-modda – Mulk uch turli bo‘ladi: Xususiy mulk, umumiy mulk va davlat mulki.

124-modda – Xususiy mulk ayn (mavjud narsa) yoki manfaat bilan belgilangan shar’iy hukm bo‘lib, bu hukm xususiy mulk egasiga o‘sha narsadan foydalanish va uning o‘rniga evaz olish imkoniyati yaratilishini taqozo etadi.

125-modda – Umumiy mulk jamoatga ayndan mushtarak foydalanishga Shore’ tomonidan berilgan izndir.

126-modda – Sarf qilinishi xalifaning ra’yi va ijtihodiga bog‘liq bo‘lgan har qanday mol – soliq, jizya, xiroj kabi – davlat mulki deb hisoblanadi.

133-modda – Umumiy mulk uch narsada namoyon bo‘ladi:

a)            Jamoaning zaruratlari deb hisoblanadigan barcha narsalar: shaharning ko‘cha va xiyobonlari kabi.

b)           Bitmas-tuganmas konlar: neft konlari kabi.

v)            Tabiati shaxsni unga egalik qilishdan man qiladigan narsalar: daryolar kabilar.

134-modda – Korxona – mohiyatiga ko‘ra – xususiy mulk hisoblanadi. Lekin u ishlab chiqaradigan mahsulotining hukmini oladi. Agar mahsulot xususiy mulk hisoblansa, korxona ham xususiy mulk bo‘ladi: to‘qimachilik korxonalari kabi. Agar mahsulot umumiy mulkdan bo‘lsa, korxona ham umumiy mulk hisoblanadi: temir ishlab chiqarish korxonalari kabi.

135-modda – Davlat xususiy mulkni umumiy mulkka aylantirishi mumkin emas. Chunki umumiy mulk – davlatning ra’yiga qarab emas, balki mulkning mohiyati va sifatida o‘z ifodasini topadi.

138-modda – Boylik jamg‘arish – garchi zakoti berilsa ham – man qilinadi.

149-modda – Davlat har bir fuqaroni ish bilan ta’minlash kafolatini oladi.

152-modda – Hech qanday mablag‘ga ega bo‘lmagan, ishsiz va qaraydigan yaqinlari bo‘lmagan shaxslarni davlat ta’minlaydi. Ojiz va nogironlarni o‘z qaramog‘iga oladi.

153-modda – Davlat boyliklarning raiyyat o‘rtasida barobar aylanib turishiga jiddiy e’tibor beradi, faqat bir guruh qo‘liga o‘tib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

160-modda – Davlat barcha uchun bepul tibbiy xizmatni ta’minlaydi, lekin shifokorlarni yollash va dori-darmon savdosini man qilmaydi.

173-modda – Xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin har bir shaxsning hayot maydonida zarur bilimlarga ega bo‘lishi farzdir. Shuning uchun boshlang‘ich va o‘rta bosqichlarda ta’lim olish barchaga majburiydir. Bu ta’limni barchaga bepul ta’minlash davlat zimmasidadir. Oliy ta’lim ham imkoni boricha barchaga bepul ta’minlanishi lozim.

Hulosa qilib aytganda, bu maqola Qur’on va hadisdan ishlab chiqilgan adolatli, haqiqiy “konstitutsiya”ni to‘la, mufassal bayon qilish o‘rni emas. Biz faqat mo‘minlarni e’tiborini o‘zligiga qaytishlari uchun bir eslatma sifatida bu maqolani kisqacha keltirdik. Mufassal o‘rganishni xohlovchi mo‘minlar kitoblarimizdan dalil-hujjatlari bilan o‘rganishlari mumkin. Ayni baxt va najot yo‘li aynan Qur’on va hadisdadir. Bunga beparvo bo‘lishimiz bilan nafaqat bu o‘tkinchi dunyodagi qiyinchiliklar, o‘zga yurtlarda sarson-sargardon bo‘lishlar, xorliklar, balki Oxiratda ham Alloh Taoloning huzurida yuzi qaro bo‘lib, kofir-johillardek hayot kechirganlar qatorida tirilamiz, undan Alloh O‘zi asrasin! Muslim Nofe’ning shunday deganini rivoyat qildi: Ibn Umar menga bunday dedi: men Rosululloh(s.a.v)ning shunday deganini eshitdim:

«مَنْ خَلَعَ يَدَاً مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لاَ حُجَّةَ لَهُ، وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kimki itoatdan bosh tortsa qiyomat kuni Allohga hujjati yo‘q holda yo‘liqadi. Kimki bo‘ynida bay’at yo‘q holda o‘lsa johiliyat o‘limi bilan o‘libdi».

G‘arib Muslim

Izohlar yo'q