Amerikaning siyosiy echimi undan qo‘lni yuvib poklanmoqni taqozo etmoqda

418
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerikaning siyosiy echimi undan qo‘lni yuvib poklanmoqni taqozo etmoqda

Munir Nosir qalamiga mansub

Shom qo‘zg‘oloniga to‘qqiz yo‘l o‘tgandan so‘ng bugun siyosiy echim degan narsa juda ko‘p tilga olinadigan, Suriyaga daxldor xalqaro kuchlar shu echim atrofiga to‘planadigan bo‘lib qoldi. Hatto qonxo‘r rejim va ilmoniy muxolafat ham shu echimning tatbiq etilishini, uning bandlari ijro etilishini talab qilmoqda.

Xo‘sh, bu qanday echim? Barchaning manfaati shu echimga taqalib qoldimi? Alьternativa nima?

Shom qo‘zg‘olonini kuzatib kelayotgan kishi Suriyaga birinchi marta 2012 yil yozida Jeneva konferentsiyasi orqali aralashilganiga guvoh bo‘ladi. O‘sha konferentsiyada, Suriyadagi mavjud vaziyat uchun echim sifatida, Amerika tanlagan siyosiy echimga bandlar ishlab chiqildi. Undagi eng muhim band Asad rejimining harbiy va xavfsizlik apparatini saqlab qolishdan iborat bo‘ldi. Bu apparatlarning qo‘zg‘olonda ham, undan avval ham sodir etgan shuncha jinoyatlardan ko‘z yumildi. Yana bir muhimi «terrorizm»ga qarshi kurash bandi. U qo‘zg‘olonni jinoyatchi rejimni ag‘darish kurashidan chalg‘itib, «terrorizm»ga qarshi kurash tomonga burishga qaratilgan banddir. Mana shu «terrorizm»ga qarshi kurash qo‘zg‘olonchi guruhlar bo‘yniga qilich qilib taqaladigan va Amerikaning ko‘rsatmasiga qarshi chiqqanlarga shu dastak bilan kurashiladigan bo‘ldi. Yana bir muhim band o‘tish davri hukumati bo‘lib, unda qonxo‘r rejim bilan xalqaro razvedka yo‘laklarida tayyorlangan ilmoniy muxolafat hamkorlik qilishi aytildi.

Biz Suriya masalasida o‘tkazilgan barcha konferentsiyalarni, uchrashuvlarni va hatto xalqaro harbiy aralashuvlarni kuzatadigan bo‘lsak, ularning barchasi Amerikaning siyosiy echimini amalga oshirishga qaratilganiga guvoh bo‘lamiz. Misol uchun, 2015 yildagi Rossiyaning aralashuviga qaraylik. Putin bunday degan: «Suriya krizisidagi yagona echim hukumat muassasalari faoliyatini kuchaytirish va ularni terrorizmga qarshi kurashdagi rolini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bir vaqtda, ularning islohotlar o‘tkazish talablarini qondirish hamda aqliraso muxolafatni konstruktiv dialogga kirishga rag‘batlantirish hamdir». Turkiya, Eron va Rossiya har safar uchrashganda Suriyadagi mavjud krizisning siyosiy echimiga erishish uchun siyosiy muzokara o‘tkazishga va keng ko‘lamli otashkesimga erishishga kelishishdi.

Ko‘p bor ta’kidlab kelganimiz haqiqat shuki, bu siyosiy echimni chizib, bandlarini belgilab bergan Amerika bo‘ldi, boshqa davlatlarga esa, mana shu echimni ijro etish va amalga oshirish roli topshirildi. Haligacha bu echim bajarilmagan bo‘lsa-da, biroq har bir bosqichda uni tatbiq qilishga rozi bo‘luvchi bir muhit va sharoit yaratishga urinilmoqda. Masalan, vaqti-vaqti bilan quloqlarimizga konstitutsiyaviy komissiya va uning faoliyati haqidagi gaplar chalinmoqda… Keyin bir zumda u o‘chib, ortidan muzokaralarning oliy organi qarshimizga chiqib, rejim bilan muzokara o‘tkazish haqida gapirmoqda. Keyin bular to‘xtab-to‘xtamay, yana boshqa narsa aytilyapti… va hokazo. Biz bu ishlardan maqsad, rejim bilan muzokara qilish va u bilan bir stolda o‘tirishga afkori ommani rozi qiluvchi muhit yaratishdan iborat ekanini ko‘ryapmiz.

Shuni anglamog‘imiz lozimki, Amerika Jenevada ta’sis etgan va keyingi turli konferentsiyalarda uni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ushbu siyosiy echimdan qonxo‘r rejimni saqlab qolish va uning butun strukturasini mustahkamlash maqsad qilingan. Amerika Rossiyani aralashishiga va jinoyatkor Asad rejimini mudofaa qilishiga ham azbaroyi mana shu echim uchun ruxsat berdi. Aynan shu echim uchun Turkiya bilan Eronni kiritib, muzokaralar va konferentsiyalar o‘tkazdi. Bu esa, bizni bugungi ahvolimizga olib keldi. Masalan, shimoldagi qo‘zg‘olon hududlarida ayanchli ravishda mag‘lubiyatga uchrash, bepoyon mintaqalarni rejimga – uning zaif bo‘lishiga qaramay – topshirish kabi ahvolga solib qo‘ydi.

Siyosiy echimning eng oz yomonligi eski jinoyatchi rejimni yangi nom bilan qayta tiklashdir. Mudom, bu echimning voqeligi shu ekan, demak, Shom qo‘zg‘oloni farzandlari unga qarshi chiqmoqlari, hatto bunday ulkan makrni muvaffaqiyatsizlikka uchratib, barbod etishga jiddiy harakat qilmoqlari darkor. Agar bu siyosiy echim tatbiq qilinsa, qo‘zg‘olon nihoyasiga etadi va u bergan shuncha yirik qurbonliklar behuda ketkaziladi. Bu echimga qarshi chiqish uchun, avvalo uning alьternativini ochiq loyihani qabul qilmoq kerak. Biz boshlagan qo‘zg‘olonimizdagi ilk maqsadni mahkam ushlaganimiz holda ushbu loyihani amalga oshirishga harakat qilmoqdamiz, ongli ravishda amaliy qadamlarni tashlayapmiz. Chunki to jinoyatkor rejimdan va uning qo‘llab-quvvatlovchi davlatlariyu xo‘jayin davlatlaridan qutulmoq uchun qo‘zg‘olon ongli ravishda amaliy qadamlarni tashlamog‘i darkor.

Haqiqiy alьternativani faqat anavi xalqaro tizimdan tashqaridan tanlamoq lozim. Zero, Shom va uning ahliga qarshi til biriktiruvchilarga ushbu xalqaro tizimning ham aralashganligi o‘z isbotini topdi. Shu bois, voqelikka bugungi kundagi dunyodagi mavjud davlatlar doirasi tashqarisidan qaramoq lozim. Chunki ularning hammasi bizga qarshi urushda yo bevosita ishtirok etishyapti yoki bizni yordamsiz qoldirishyapti yoxud bizga o‘zlarini do‘st qilib ko‘rsatib, ortimizdan pichoq sanchiyapti va halokat jarligiga etaklashyapti. Bundan tashqari, ayni davlatlarning arqonini ushlash qanday oqibatlarga olib kelganini, ziyonga kirishib, hammalari noumidlikka tushishganini qo‘zg‘olonchilar o‘z tajribalaridan o‘tkazishgan.

Shundan kelib chiqib, demak, yagona alьternativa so‘zda ham amalda ham Allohga murojaat qilishdir. Buning uchun avvalo Allohning arqonidan o‘zga arqonlarni uzib tashlab, Uning mustahkam arqonini mahkam ushlamoq, Uning buyruqlarini bajarib, har qanday shubhali aloqalardan forig‘ bo‘lmoq, shuncha sa’y-harakatni va qurbonlarni behuda ketkazuvchi barcha konferentsiyalarni rad etmoq shart. Shundan keyin keskin maqsad bilan saf birlashtiriladi, Allohga tavakkal qilinib, do‘stligi isbotlangan va tarixi to‘g‘ri bo‘lgan kishilarga itoat qilinadi. Bu Robbul olamin rizosiga olib boradigan va musulmonlardan zulmni daf etadigan, ularni yutuq va kuch-qudratga eltadigan loyihani qabul qilish bilan amalga oshadi. Bu esa, Rosululloh ﷺ

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo‘ladi», deya bashorat qilganlaridek, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasidir.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.