Afg‘oniston hukumati “Tolibon”ning qamoqdagi so‘ngi guruhini ozod qiladi

0
508

Afg‘oniston hukumati “Tolibon”ning qamoqdagi so‘ngi guruhini ozod qiladi

 Afg‘oniston hukumati “Tolibon”ning qamoqdagi so‘ngi guruhini ozod qilishni boshladi. Bu haqda Afg‘oniston xavsizlik kengashi ma’lum qildi.

 Xabarga ko‘ra, 13-avgustda 80 kishidan iborat guruh ozod qilingan, yana 320 mahbusni ozod qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

 Bunga qadar Afg‘oniston Milliy kengashi – Loya Jirg‘a rozilik berganidan so‘ng prezident Ashraf G‘ani 9-avgustda 400 nafar mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi buyuruqni imzolagan edi.

 Joriy yilning fevral oyida AQSh Tolibon harakati bilan 18 yildan beri davom etib kelayotgan urushni to‘xtatish maqsadida tinchlik bitimini imzoladi. Hujjatda Qobul va toliblar mahbuslarni ayirboshlaganidan so‘ng muzokaralar boshlanishi aytilgan edi. Afg‘on hukumati shu vaqtga qadar toliblarning qamoqdagi 4600 a’zosini ozod qildi.

 Amerika – musulmon yurtlarimizni bosib olgan kapitalistik mustamlakachi davlat. Unga nisbatan urush holatidagi davlat sifatida muomila qilinadi. Aslida Tolibon 19 yildan beri Amerikaning boshi berk ko‘chaga tiqib, musulmonlarga nisbatan dushmanligini to‘sib, umidsizlikka tushirib keldi. Amerika o‘z tarixida Tolibon bilan eng uzoq kurashdi, minglab askarlari halok bo‘lib va juda ko‘plari yarador bo‘ldi. Bundan tashqari, AQSh Afg‘oniston urushida bir trillionga yaqin zarar ko‘rdi. Amerika Obama davridan beri Afg‘onistondan o‘z obro‘si bilan, hech bo‘lmaganda xaybatini saqlab qolgan holda chiqib ketishga juda ko‘p harakat qildi. Afsuski, hozir Tolibonning bunday iflos kelishuvni imzolashi cho‘kayotgan Amerika uchun najot xalqasi bo‘ldi. Amerika shu orqali yo‘qotgan obro‘sini tiklashga, sharmandalikdan chiqishga harakat qilmoqda. Ayniqsa, Amerikadagi saylov arafasida bu ish Trampning asosiy maqsadiga aylandi. U kibr otiga minib Tolibon bilan shartnoma tuzish orqali g‘alabaga erishaman deb o‘ylab adashmoqda. Sababi, ular og‘zidan Qur’on tushmaydigan, mamlakati va tuprog‘i uchun mustamlakachi kofirlarga qarshi jihod qilib rohatlanadigan farzandlarimizni hisobga olmayapti.

 Shubhasiz, Tolibon harakati Amerika bilan shartnomani imzolash orqali ziyon ko‘ruvchilarga aylandi. Balki Tolibon mazkur shartnoma orqali mahbuslarimizni Afg‘oniston qamoqaridan ozod qilishga erishdik deb o‘ylayotgandir va ularga ba’zi shar’iy hukmlarni joriy qilishga ruxsat ham berilar. Biroq, bu narsalar Amerikaga ham, G‘arbga ham ziyon etkazmaydi.   Bu Amerikaparast malay davlat tabiatini ham umuman o‘zgartirmaydi, bu ko‘zbo‘yamachilikdan boshqa narsa emas.

 Aslida islomiy yurtlar bir, musulmonlarning urushi ham, tinchligi ham bir. Shuncha yil mobaynida jihod qilib, urush maydonlarida toblangan jasur mujohidlar birgina shartnoma bilan jihodni to‘xtatib, o‘z birodarlarini yordamsiz tashlab qo‘yishmaydi. Faqat kofir mustamlakachilar sotqinlik qilgan ba’zi vakillardan foydalanishmoqda. Bu – musulmonlar o‘z davlatlariga ega bo‘lmagandagi holat. Tasavvur qilib ko‘ring, ertaga davlatlarini barpo qilshganidan so‘ng nima bo‘ladi! Ayni vaqtda butun olam xususan, Amerika ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan tamoman ortga ketmoqda. Islom va uning davlati bugungi tuzumlarni tubdan o‘zratirishini butun olam kutmoqda.

 Alloh taolodan Tolibon safidagi xolis musulmonlarni O‘z rushdu hidoyatiga boshlashini so‘rab qolamiz.

 Mumtoz Movarounnaxriy

Izohlar yo'q