بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Koronavirus pandemiyasi kapitalizm bilan Islom o‘rtasida
Ustoza Rovla Ibrohim – Shom zamini
Bugungi kunda koronavirus kasalligiga chalinishni oldini olish yoki o‘lim holatlarini to‘xtatib qolishda hatto dunyodagi ilm-fan sohasida rivojlangan ilg‘or davlatlar ham ayanchli tarzda muvaffaqiyatsizlikka uchrashyapti… Bu borada butun dunyoga hukmronlik qilib, harbiy arsenallari va ulkan moliyaviy zaxiralari bilan maqtangan kapitalistik tuzumning ayni kasallik bilan xastalanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qo‘lidan kelmayotganini yoki ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan shu mayda virusga ham etarli davo-vaktsina yaratishga ojizlik qilayotganini tanimiz bilan his etyapmiz. Yo‘llarni yopish va ommaviy karantinga olish kabi azob-uqubat dunyodagi milliardlab insonni qamrab olganiga va butun dunyo dahshat ichida qolganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu va boshqa holatlar qarshisida biz ayni pandemiyaning paydo bo‘lishiga olib kelgan sabablar haqida hamda global muvaffaqiyatsizlik va ommaviy mag‘lubiyatlar to‘g‘risida fikrlamog‘imiz darkor. Zotan, mag‘lubiyatga mana shu manfur kapitalizm hukmronligi davrida yirik davlatlar ham, kichik davlatlar ham barobar duch kelishmoqda.
Birinchi:
Koronavirus pandemiyasi kelib chiqishiga olib kelgan sabablar:
1 – Global oziq-ovqatning buzilishi. Zero, bugungi kunda oziq-ovqat insonning sog‘lom tabiatidan hamda Alloh belgilab qo‘ygan erning tabiiy ozuqalaridan uzoqlashtirildi.
2 – Ishlab chiqarishning ortiqcha ko‘payishi hamda uni yomon saqlanishi va yomon taqsimlanishi.
3 – Dunyodagi aksar aholining – xoh tanalarida bo‘lsin, xoh uy-joylarida bo‘lsin – tozalik me’yorlariga rioya qilmasligi, chiqindi va yuvindilardan xalos bo‘lish yo‘llarini bilmasligi, global ekologiyani himoya qilish va zavod-fabrikalarning iflos chiqindilari haqida ko‘p gapirilishiga qaramay, shunday davom etayotgani.
4 – Sog‘lom tabiatga teskari bo‘lgan hamda nomus, homila va chaqaloqqa salbiy ta’sir qilayotgan jinsiy aloqalardagi son-sanoqsiz buzilishlar. Zotan, bu harom qilingan fahsh ishlar va inson nasliga qarshi dahshatli jinoyat sanaladi.
5 – Moddiy qiymatning boshqa qiymatlardan ustun kelishi, zaminning samo bilan bo‘lgan aloqasidan ko‘z yumilayotgani, hatto Allohni inkor qilib, Uning bandalari ustidan qahr qilishga e’tibor bermaslik.
Ikkinchi:
Buyuk Allohning qo‘shinlaridan mayda bir qo‘shiniga butun dunyoning mag‘lub bo‘lishi:
1 – Kapitalistik tuzumning insonlar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi ojizligi, balki omadsizligining fosh bo‘lishi.
2 – Insoniyatning ortiqcha darajada qo‘rquvga tushishi va buning natijasida son-sanoqsiz inson huquqlarining buzilishi.
3 – Yirik kapitalist kompaniyalarning kerakli davo ustida izlanish loyihalariga manfaat nazari bilan qarashi.
4 – Odamlar joniga nisbatan, ayniqsa, «kollektiv immunitet», deyilayotgan narsa orqali keksalar joniga nisbatan buzuq munosabatda bo‘lish.
5 – Xalqlar bilan ularning hukmdorlari o‘rtasida – bu hukmdorlar o‘zlarini xalq tomonidan saylanganlarini iddao qilishsa-da – ishonchsizlik mavjud bo‘lishi.
Ochko‘z yirtqich kapitalizm mana shu. Shu tarzda uning e’tiqod va qonunlarining aybi ochilib, birinchi real tarsaki qarshisida, ya’ni, koronavirus pandemiyasi zarbasida shunday mag‘lub bo‘ldi. Uning ulkan harbiy potentsiyallari ham, yirik moliyaviy g‘aznalari ham bu vabo oldida mutlaqo ishga yaramadi. O‘zining haq kitobida mana bu so‘zlarni aytgan Alloh naqadar haqdir:
إِن نَّشَأْ نُنَزِّلْ عَلَيْهِم مِّنَ السَّمَاءِ آيَةً فَظَلَّتْ أَعْنَاقُهُمْ لَهَا خَاضِعِينَ
«Agar Biz xohlasak, ularga osmondan oyat-mo‘’jiza nozil tashlaymiz-da, shu bilan bo‘yinlari egilib qoladi» [Shuaro 4]
Ammo Islom esa, ilohiy bo‘lib, aqida va shariat jihatidan komil tuzumdir. Islom aqida va undan balqib chiqqan tuzum uchun pok musaffo asosni yaratgan. Insoniyat va nabotot hayoti borasida g‘oyat diqqat va ehtiyotkorlik bilan ish olib boradi. Ya’ni, insonlarni ikki dunyo baxt-saodatiga noil qilish yo‘lida quyidagicha ish olib boradi:
1 – Pok narsalarni halol, iflos narsalarni harom qiladi:
وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ
«Pok narsalarni ular uchun halol qilib, iflos narsalarni ularga harom qiladi» [Anfol 157]
2 – Ishlab chiqarishni tartibga soladi, saqlash va tiqsimlashni to‘g‘ri qiladi, monopoliyani taqiqlaydi.
3 – Poklikka buyurib, targ‘ib etadi va insonlarning er yuziga tarqalishini sog‘lom tarzda bo‘lishini ta’minlaydi.
4 – Jinsiy aloqalarni pok toza ravishda tartibga soladi, kasallik va epidemiyalarga sabab bo‘luvchi fahsh ishlarni harom qiladi.
5 – Turli qiymatlarni boshqa qiymatlardan ustun qo‘ymagan holda teng muvozanat yaratadi.
6 – Islom davlati fuqarolariga maksimal quvvatda ishlovchi mukammal tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
7 – Pandemiya va ofatlarga qarshi kurashish uchun shar’iy va tibbiy standartlar o‘rnatadi, bu kabi holatlarda, odamlar qalbiga Allohga chiroyli tavakkal qilish va qazo-qadariga rozi bo‘lish orqali xotirjamlik baxsh etadi.
8 – Insonlar sog‘lig‘ini saqlashga qattiq e’tibor berib, yoshi, jinsi, rangi, dini va millatidan qat’iy nazar, ajratmagan holda parvarishlaydi.
9 – Insonlarni samo bilan munosabatlarini mustahkamlab, xususan, tabiat hodisalari, ofatlar va pandemiyalar paytida, Allohga ibodat, istig‘for, tavba, duo va tazarru etishda g‘ayrat qilishga chaqiradi. Chunki bu Alloh o‘z bandalariga rahm va shafqat bilan qarab, ulardan baloni ko‘tarishi uchun eng zaruriy ishdir.
10 – Bay’at qilingan hukmdorga quloq solib, itoat etishga chaqiradi. Bu xalqlar bilan hukmdor o‘rtasini payvandlaydi hamda o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi.
Kapitalizm esa, birinchi keskin sinovdayoq yiqildi. Undan oldin sotsializm birinchi silkinishdayoq qulagan edi. Bu ikki tuzum ham er yuzida buzg‘unchilik keltirib chiqardi:
ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُمْ بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
«Odamlarning o‘zlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-ma’siyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) totdirib qo‘yish uchundir» [Rum 41]
Zero, bugun dunyodagi hukmdorlar barcha insoniyatning baxtsizligiga sababchi bo‘lishdi.
Bu ularning koronavirus tarqalishini qanday oldini olishni bilishmaganidan ham ochiq namoyon bo‘lib turibdi. Masalan, Xitoy yashirdi, holbuki yashirmasligi kerak edi. Evropa va AQSh esa, qilishi kerak bo‘lgan ishni qilmasdan paysalga soldi. Ular ham paysalga solmasliklari kerak edi. Ularning manfur kapitalizmi har qanday sog‘lom chora-tadbirni chetga uloqtirib, yo‘q qildi… Masalan, dunyo hayotida yoshi keksalardan qutulish va qolganlarni yashash uchun imkon berish bilan hayvonlar yo‘lini tutishdi!
Shuning uchun ham Alloh Subhanahuning shariatida ko‘rsatilgan choralar ayni kasallikning to‘g‘ri muolajasidir. Ya’ni, davlat kasallikni paydo bo‘lgandan boshlab nazoratga oladi hamda kasallikni ilk kunidan boshlab, paydo bo‘lgan joyida izolyatsiya qilishga harakat qiladi. Boshqa hududlardagi sog‘lom odamlar esa, o‘z ishlarida va ishlab chiqarishlarida davom etadilar.
Imom Buxoriy o‘zining «Sahih»ida Usoma ibn Zayddan rivoyat qilgan hadisda Nabiy ﷺ marhamat qiladilar:
«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلَا تَدْخُلُوهَا وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا مِنْهَا»
«Agar biror erda toun-o‘lat tarqalganini eshitsangiz, u erga kirmang. Agar o‘zingiz turgan erda tarqalsa, u erdan chiqmang». Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan va lafzi Muslimniki bo‘lgan yana bir hadisda ham Usoma ibn Zayd Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:
«الطَّاعُونُ رِجْزٌ أَوْ عَذَابٌ أُرْسِلَ عَلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ أَوْ عَلَى مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ فَإِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ فَلَا تَقْدَمُوا عَلَيْهِ وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا فِرَاراً مِنْهُ»
«O‘lat jazo yoki azob bo‘lib, Banu Isroilga yoki sizlardan oldingi kimsalarga yuborilgan. Bas, biror erda uning chiqqanini eshitsangiz u erga bormanglar. Agar u o‘zingiz turgan erda chiqsa, ushbu o‘latdan qochib, turgan joyinglardan chiqib ketmanglar». Buxoriy Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilgan yana bir hadisda Oisha onamiz bunday deganlar: men Rosululloh ﷺdan toun haqida so‘raganimda, bunday javob berganlar:
«أَنَّهُ عَذَابٌ يَبْعَثُهُ اللَّهُ عَلَى مَنْ يَشَاءُ وَأَنَّ اللَّهَ جَعَلَهُ رَحْمَةً لِلْمُؤْمِنِينَ لَيْسَ مِنْ أَحَدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِراً مُحْتَسِباً يَعْلَمُ أَنَّهُ لَا يُصِيبُهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ شَهِيدٍ»
«Toun azob bo‘lib, Alloh uni istagan kimsaga yuboradi. Mo‘minlarga esa, uni rahmat qilgan. Zero, qaysidir bandaga o‘lat etsa, u Alloh peshonaga yozgan narsadan boshqa narsa bo‘lmaydi, deb bilgan holida o‘sha yurtidan chiqmay sabr qilib o‘tirsa, albatta bitta shahid oladigan ajrga ega bo‘ladi».
Ushbu shariatda ko‘rsatilgan karantin barcha davlatlardan peshqadam bo‘lgan va birinchi darajada tsivilizatsiyalashgan bir davlatda, ya’ni, Allohdan vahi olib, Islomni chiroyli suratda tatbiq qilish bilan barchaga o‘rnak bo‘luvchi Rosul ﷺ etakchisi bo‘lgan davlatda joriy qilingan edi. Ibn Hajar «Fathul Boriy»da rivoyat qiladi: Umar roziyallohu anhu Shomga safar qildi. Sarg‘ degan joyga etib borganda, Shomda vabo chiqqani to‘g‘risida xabar keldi. O‘shanda unga Abdurrahmon ibn Avf Rosululloh ﷺning
«إِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ فَلَا تَقْدَمُوا عَلَيْهِ، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا فِرَارًا مِنْهُ»
«Agar biror erda chiqqanini eshitsangiz, u erga bormanglar. Agar o‘zingiz turgan erda chiqsa, u erdan qochib chiqmanglar», degan hadislarini eslatdi. Shunda Umar ibn Xattob orqaga qaytdi. Ya’ni, o‘lat tarqalgani haqida xabar eshitishi bilan musulmonlarni orqaga qaytarib ketdi.
Demak, Islomda davlat kasallikni o‘sha chiqqan erida izolyatsiya qilib, aholisini o‘sha erdan chiqarmaydi, u erga boshqalarni kiritmaydi… Davlat o‘zining barcha shar’iy vazifalarini ado etadi. Chunki u g‘amxo‘r va omonatgo‘y davlatdir. Shunga o‘xshash yuqumli kasalliklar tarqalgan paytda turli xil chora-tadbirlarni ko‘rar ekan, o‘zining barcha fuqarolariga tibbiy yordamni, dori-darmonlarni bepul taqdim etadi. Kasalxonalar va tibbiy laboratoriyalarni bino qilib, ta’lim va xavfsizlikni saqlash kabi davlat fuqarolarining asosiy ehtiyojlari sanalgan barcha narsalarni muhayyo qilib beradi.
Shunday qilib, to‘g‘ri muolaja – kasallikni chiqqan erida izolyatsiya qilish, bemorlarni karantinga olish, ularni g‘amxo‘rlik bilan parvarishlab, bepul davolashdan iborat bo‘lib, sog‘lom odamlar o‘z ishlarini davom ettiradilar. Ijtimoiy va iqtisodiy hayot xuddi kasallik kelib chiqishidan oldin qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanday davom etadi. Odamlarning umumiy ijtimoiy hayoti to‘xtatib qo‘yilib, o‘zlari uylarga izolyatsiya qilib qo‘yilmaydi. Iqtisodiy hayot falaj ahvolga kelishiga, yoki inqiroz yanada murakkab tus olib, qo‘shimcha muammolar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan