Dinni hayotdan ajratish, borliq qonunlariga ziddir

0
478

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Dinni hayotdan ajratish, borliq qonunlariga ziddir

Vahima, kasallik va o‘lim kabi koronavirus sababli kelib chiqqan umumiy bir vaziyatda ayrim Evropa davlatlari ilgari masjidlar ichkarisida ovoz kuchaytirgichlarsiz aytilib kelingan azonlarni masjidlar tashqarisida baralla aytilishiga birinchi marta ruxsat berishdi. Dinlar o‘rtasida hamjihatlik, birdamlik va kengbag‘irlik doirasida bo‘lgan bu tashabbus, aslida, dinni hayotdan ajratmaslik kerakligini tan olishdir. Shubhasiz, kapitalizm o‘zining g‘ayriilohiy qonunlari va sof moddiy qonunchiligini qurol qilib olib, insondagi ruhiy, psixologik va axloqiy jihatni chetga uloqtirdi hamda insonning barcha narsaning tadbirini ko‘ruvchi Xoliqqa bo‘lgan ehtiyojidan ko‘z yumdi. Bugun esa, mana shunday og‘ir vaziyatda kapitalizmning insoniyat muammolariga qoniqarli darajada echim berishga ojizlik qilayotgani sababli Evropa azonlar va qo‘ng‘iroqlarga murojaat qilib, shundan yordam so‘rashga majbur qoldi. Ushbu yordam so‘rash – faqat va faqat sabablarni yaratgan Zotgagina murojaat qilish kerakligini anglab etishga olib boradi. Zero, sabablarning yaratuvchisi bo‘lgan Alloh Taolo mana shunday xotirjamlikni, himoyani sezishni, umid qilishni hamda O‘zining rahmatidan noumid bo‘lmaslikni paydo qilishga qodir zotdir. Hali ham qalbini G‘arb va uning tuzumiga bog‘lagan, dinni namoz, ro‘za, zakot va hajga cheklab, uni hayotning boshqa sohalaridan uzoqlashtirib kelayotgan kimsalarga ushbu virus inson aqlining cheklangan ekanini isbotladi. Aql har qancha ilmli va dono aql bo‘lmasin, hayotda yuz berayotgan o‘zgarish va hodisalar oldida barcha zamon va makonga yaroqli mukammal kengqamrovli echimlar ishlab chiqishga ojiz ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Shuning uchun inson aslo o‘zgarmas zot bo‘lmish yolg‘iz Allohga itoat qilmog‘i, boshqa hech qanday kuchga itoat qilmasligi lozim.

Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan

Izohlar yo'q