Lansarote shartnomasi, uning ko‘lami va oqibatlari

0
524

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Lansarote shartnomasi, uning ko‘lami va oqibatlari

Ustoz Sahhom Arus xonim

G‘arbga tobe yurtlarimiz hukmdorlari va ularga sodiq hukumatlar hamon o‘z xalqlarini mustamlakachi kofirga garov qilib berishda g‘ayrat ko‘rsatishmoqda. Bu holni keti uzilmay kelayotgan ayni hukumatlarning xalqaro shartnomalarni tasdiqlash ustida ishlayotganida ko‘rish mumkin. Zero, bu shartnomalarning konstitutsiyadan ustun qo‘yilayotganini, aqidamiz va saqofatimizga esa zidligini, hatto hayotimiz voqeiga xilofligini o‘zlari yaxshi biladi.

So‘nggi yillarda hukumat Evropa Ittifoqidan Tunisni Lansarote shartnomasiga qo‘shishini iltimos qilib kelyapti. Biroq bu navbatdagi muammoni keltirib chiqaradi. Chunki shundoq ham hukmdorlarimiz yon berish va tiz cho‘kishda davom etib, buning og‘ir badalini biz to‘lab kelyapmiz. Bizning G‘arb ko‘z qarashlariga muvofiq harakat qilish bilan tanazzulga yuz tutganimiz ham, uning hayot tarziga suyanib qolishimiz ham, shuningdek, fikrlash tariqatini qabul qilishimiz ham bu hukmdorlarga kifoya qilmadi. Darhaqiqat, G‘arbning fikrlash tariqati bizga halokat ketidan halokatlar keltirgan bo‘lsa-da, biroq, bu narsalar bizning aqidamizni unuttirolmadi, musulmonlarning o‘z dinlariga bo‘lgan bog‘liqliklarini uzolmadi. Shuning uchun G‘arbga musulmonlarning o‘z dinlari bilan bo‘lgan aloqa rishtalarini uzishga imkon beruvchi yangi reja kerak bo‘lib qoldi. Bu esa, mudom u o‘z maqsadiga etolmayotgan ekan, amaldagi strategiyasini o‘zgartirishini talab qilmoqda. Uning yoshlar va keksalar toifasi ustidagi mehnati, ko‘zlagan g‘oyasining bir qismini ro‘yobga chiqardi va keyingi qismlari qoldi. Shuning uchun kelajakdagi qiladigan ishlarida asosiy diqqatini yoshlarga qaratmoqda. Chunki G‘arb o‘z rejalarini amalga oshirishda hamda musulmonlarning dinu aqidalariga bog‘liqligini uzish yoki uni zaiflashtirishda eng hosildor zaminni yoshlarda ko‘rmoqda.

Lansarote shartnomasi bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha Evropa Ittifoqi Kengashining konventsiyasi hisoblanadi. Ushbu shartnomaning asosiy maqsadlari a’zo davlatlar o‘rtasida birlikni ro‘yobga chiqarishdir. O‘rta er dengizi janubidagi davlatlarda demokratik islohotlarni ilgari surish ham Evropa Ittifoqi Kengashi maqsadlaridan biridir. Shunday ekan, Evropa Ittifoqi bilan bizning o‘rtamizda qanday birlik bo‘lishi mumkin, bu qanday demokratik o‘zgarish?!

Ushbu maqsadlarni o‘rganish bilan shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, Evropa Ittifoqi ham mustamlakachilardan biri bo‘lib, ularning barchasi yurtlarimizga bo‘lgan hukmronliklarini mustahkamlash ilinjida. Aniqrog‘i, ular bizning mafkuramizga chang solishgan ekan, endi bu changallarini bolalarni odam savdosi va jinsiy ekspluatatsiyadan himoya qilamiz, degan da’vo orqali mustahkamlamoqchilar. Bu bilan Evropa Ittifoqi farzandlarimizga o‘z tavsiyalarini zo‘rlab o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni, qonunga ta’lim vazirligi targ‘ibot olib borgan «jinsiy tarbiya moddasi» kiritildi. Zotan, vazirlik ta’lim idoralarida paydo bo‘lgan jinsiy tajovuzlarga chek qo‘yish maqsadida ayni moddaga targ‘ib qilishga majbur bo‘ldi. Xullas, bu moddaning Tunis qonuniga kiritilishi ham Evropa Ittifoqi Kengashi tavsiyalaridan biri bo‘lib, Lansarote shartnomasining oltinchi bobida bunday deyilgan: «Har bir a’zo davlat o‘zidagi o‘rta maktablarning o‘rta va quyi sinflari uchun kerakli qonuniy yoki boshqa zaruriy choralarni qabul qiladi. Ya’ni, bolalarga ularni jinsiy zo‘rlanishi yoki jinsiy ekspluatatsiya qilinishi xavflari haqida hamda o‘zlarini bundan himoya qilishning ayrim usullari to‘g‘risida – o‘sish bosqichlariga mos keladigan ravishda – ma’lumotlar beradi. Kerak bo‘lsa, bu ma’lumotlar ota-onalari ishtirokida jinsiy hayot haqidagi umumiy ma’lumotlar doirasiga kiritiladi va xavfli vaziyatlarga alohida e’tibor qaratilgan holda beriladi. Shuningdek, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan vaziyatlarga alohida e’tibor qaratiladi».

Evropa Ittifoqi Tunisni Lansarote shartnomasiga qo‘shishga rozi bo‘lgach, bugun yurtimiz oldida uni amalga oshirish uchun kerakli chora-tadbirlarni qabul qilishdan boshqa ish qolmadi. Unga amal qilmaslik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Chunki har bir xalqaro shartnomalar konstitutsiyadan ustunlik qilish xususiyatiga ega. Shu sababli, ommaviy axborot vositalarining ko‘plab maktablarda zo‘ravonlik hodisalari bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatib, uni jamoatchilik fikriga bo‘rttirib ko‘rsatayotganidan faqat bir maqsad ko‘zlangan, u ham bo‘lsa, ayni illatni hal qilish yo‘llarini izlash. Echim esa, oldindan tayyorlab qo‘yilgan, ya’ni, Lansarote shartnomasining oltinchi bandida eslatilgan narsalarni faollashtirish. Shu tarzda xalqda davlatimiz muammolarimizni hal etishga harakat qilyapti, degan tushuncha paydo qilinadi, xalq ham maktablardagi zo‘ravonlik yangi paydo bo‘ldi, avval yo‘q edi deb tushunadi. Aslida esa, u avvaldan bor bo‘lib, biror mulozimning jazoga tortilmasligi uchun yashirib kelingan edi. Faqat, shartnomaga imzo chekilgandan so‘ng bu voqealarga boshqacha uslubda munosabatda bo‘linmoqda. Bu holatda ham, avvalgi holatda ham hukumat mavjud muammoni hal qilishga harakat qilmayapti, balki qaysidir bir tomonning manfaatiga rioya qilyapti.

Ushbu shartnomaga muvofiq «odam savdosiga qarshi kurash», deb atalgan hay’at tuzilib, unga sudьya Ravza Abidiy xonim rais bo‘ldi va birinchi 2018 yil uchun, keyin 2019 yil uchun hisobot chiqardi. So‘ng u «Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha 2019 yil uchun eng yaxshi hisobot», deb atalgan mukofot oldi. Mukofotni AQSh Davlat departamentining Vashingtondagi shtab-kvartirasidan oldi. Hay’at ushbu mukofotni Tunisning qurbonlar atrofidagi sa’y-harakatlari, xalqaro hamjamiyat tashkilotlari bilan hamkorligi va ishtirokchilarni tayyorlashdagi g‘alabasi, deya baholadi.

Hay’at bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilish strategiyasi ishlab chiqmadi ham, uni yo‘q qilmadi ham, ammo mukofot oldi. Chunki u G‘arb uchun yo‘l ochib berdi. Endi G‘arb musulmonlarga ayni muammoga qarshi kurashish to‘g‘risida mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Ammo bu mukofotdan hay’atning aslida qanday vazifa bilan shug‘ullanishi, G‘arbga imkoniyat eshiklarini ochib berishi ayon bo‘lmoqda. Bu esa, kadrlar tayyorlash va mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali musulmonlar miyasiga G‘arb fikrlari va saqofatini quyish imkoniyatidir.

Bunday mukofotlarni olish siyosatchilar uchun muvaffaqiyat hisoblanadi. Chunki ular uchun eng muhimi G‘arbning roziligini qo‘lga kiritishdir. Shuning uchun ularni har qanday qonun yoki shartnomani qabul qilishga, har qanday yon berishga tayyor ekanliklarini, bu yo‘lda biroz fikrlab ko‘rmasdan hatto xalqni qatli om qilishga ham rozi bo‘lishayotganini guvohi bo‘lyapmiz. Shu erda tabiiy o‘rinli savol tug‘iladi: Tunisdagi odam savdosi bilan G‘arb jamiyatlarda ko‘rinib turgan ochiq voqelik o‘rtasida nima farq bor, Tunisni bu kabi shartnomalarga qo‘shilishga nima undamoqda?! Chunki biz oqibatlarga qaramay, yon berish zamonida yashayapmiz, shuning uchun!!

Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan

Izohlar yo'q