15 yoshli qizini turmushga uzatmoqchi bo‘lgan ota-ona javobgarlikka tortildi

1060
0

15 yoshli qizini turmushga uzatmoqchi bo‘lgan ota-ona javobgarlikka tortildi

Qirg‘izistonning Alamudun tumanida joylashgan “Oq-Jar” turar joy massivida mahalliy komitetet faollari 15 yoshli qiz va 23 yoshli bolaning nikoh to‘yini to‘xtatishdi. Bu haqida genderlik va oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish qumitasining a’zosi Gulbubu Dondoeva Kaktus.media saytiga ma’lum qildi.

“Bu mahallada asosan mehnat muhojirlari kun kechirishadi, ularda maktab, bolalar  bog‘chasi yo‘q. Turg‘unlar asosan yuridik jihatdan savodsiz. Biroq qishloq aholisi tashabbusi bilan genderlik va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qumita tashkil etilgan”- deydi markaz rahbari.

Dondoevaning aytishiga qaraganda mahallaning barcha a’zolari to‘yga qattiq tayyorgarlik ko‘rib turganlarida qumita a’zolari  xonadonga bostirib kirgan.  – U  erda 15 yoli qizini 23 yoshli yigitga  turmushga berayotganligini guvohi bo‘ldik – Dondoeva. Avvalida qumita a’zolar  yaxshi muomala bilan qizning Ota-onasiga tushuntirish olib borgan. Ammo ular rad etishib, qumita a’zolarini xonadondan quvib solishgan.

Shunda qumitadagilar Inqiroz markaziga, so‘ngra Alamudin ROVDsiga murojaat qilishgan. Darhol opertiv grupp safarbar etilib, to‘yning ayni qizigan paytida xonadonga qirib qizning  va kuyovning Ota-onasini, shuningdek nikoh o‘qiyotgan imomni qo‘lga olishib boshqarmaga olib ketishgan. Ota-onalar qattiq qo‘rqqan holda militsiya xodimlariga xech kanday to‘y bo‘lmayotganligi, bu yigit (kuyov) shunchaki uzoq qarindoshlari ekanligini uqtirishgan.

Eslatib o‘tamiz Qirg‘iziston qonunchiligining 2016 yilgi qaroriga ko‘ra, mamlakatda balog‘atga etmagan fuqarolarning nikohlanishi qat’iyan man etiladi.

Bu voqeaning ishtirokchilari ikala tomon va hatto nikoh o‘qimoqchi bo‘lgan imom ham,  tushuntirish arizasi yozmaganligi bois  qonunga muvofiq jazolandi.

Izoh: Oktbyar oyida bo‘lib o‘tgan matbuot konferentsiyalarning birida mamlakat rahbari Sooronboy Jeenbekov shunday degan edi: – “Qirg‘izistonda yashayotgan har bir fuqaro osuda yashashga va har bir dunyoga kelayotgan bola oila hayotidan bahramand bo‘lishlikka haqlidir. Qadimdan qirg‘iz xalq bolajon, mehri oqibatli bo‘lgan va umid qilamiz hozir ham muruvvati saqlanib qolgan. Biz avvalari bolalar uyidan go‘dak asrab olishni murakkablashtirar ekanmiz. Birgina bolani asrab olish uchun fuqarolar oylab davomida navbat kutib, talaygina hujjatlarni tayyorlashi kerak edi. Bundan buyon bu kabi qog‘ozbozlik bo‘lmaydi, kimga bola asrash kerak bulsa, tegishli organlarga murojaat qilishiligi mumkun, biz bu ishni osonlashtirdik”.

Bu gaplarni tilga olinishlikka sabab ayni paytda mamlakat qulog‘igacha qarzga botgan. Bolalar uyi, qariyalar uyi, maktab-internetlar uchun davlat byudjetidan pul ajratish muammo bo‘lib turibdi.  Qolaversa, qariyalar uyiga boruvchilar tobora ko‘payib, etim bolalar soni ham oshib bormoqda. 2016 yilgi qaror bo‘yicha erta nikohga mone’lik qilib, go‘yo katta bir tahdidni oldini olgandek bo‘lishmoqda, ularning nazarida yosh qizlarning benikoh tug‘ib qo‘yishi, xorij yurtlarda farzand ko‘rib, vataniga kelib shaxsiy roziligi bilan bolalar uyiga topshirishi, borgan sayin maktab talaba qizlari orasida bola abort qilib turli ayanchli oqibatlarga duchor bo‘lishliklari vahimali emas ekan. Endi islomiy nikoh bilan ikki nomahramni halolga aylantirib bir pokiza oila barpo bo‘lishi ilmoniy hukumat  nazarida katta jinoyat hisoblanishi qniarang!

Fisqu fujurni qarsak chalib olqishlab, zinoga ruxsat berib, aksincha halollikga qarshi kuch ishlatgan jamiyatda yaxshilik bo‘lmaydi. Jamiyatni faqat Islom isloh qiladi, qolgani botil, insoniyat boshiga faqat ziyon-baxtsizlik keltiradi. Endi bu kufr rejimi ostida o‘zimiz dunyoga keltirib, tarbiya berib kamolga etkazgan farzandlarimizga ham tilimiz o‘tmay, haqqimiz bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. Axir bu narsa Islom dinimizga zid, Muslmonlik sha’nimizga xilof, Ota-onalik huquqimizni poymol etish emasmi?!

 Sakina

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.