Teologlar: Biz dinlararo aloqalarni mustahkamlaymiz!

880
0

Teologlar: Biz dinlararo aloqalarni mustahkamlaymiz!

Taqdir taqozosi bilan bir guruh talaba qizlar bilan tanishib qoldim. Ular Qirg‘iziston davlat Universitetining teologiya fakulьteti talabalari ekan. Yaqindan tanishish maqsadida o‘zim kiziqtirgan savollar bilan murojaat qildim.

Siz teologiya fakulьtetida asosan qaysi darsliklardan ta’lim olasiz?

“Biz deyarli dunyoda faoliyat olib borayotgan barcha dinlardan xabardor bo‘lamiz”- deb menga Bibliyadan matnlar keltira boshladi qizlar, so‘ngra buddizmdagi hindular “xudolar”ining birma- bir boshdan oyoq sanab o‘tdi. Mening tushuncham turtki bergan hayrat to‘la nigohimni ko‘rib, qizlarning biri g‘azablanib shunday dedi: Nega hayron bo‘lyapsiz? Biz ularning dinini o‘rgansak nimasi yomon, bu degani diniga kirib ketmayapmiz ku…!”.

“Biz dinlararo aloqalarni mustahkamlaymiz” – deya suhbatga aralaashdi qizlardan yana biri.

Siz o‘quv yurtini bitirgach kaysi muassasalarda ishlashingiz mumkin?- degan savolga qizlardan biri shunday javob berdi. “Biz o‘qishni bitirganimizdan so‘ng asosan o‘rta maktablarda dinshunoslikdan dars beramiz. Hozirgi kunda birgina Bishkek shahrida 32ga yaqin o‘rta maktablarda ushbu predmet kirtilgan. Predmet “Din madaniyati” deb nomlanadi”.

“Siz ko‘p mutavotir hadislar bilar ekansiz, mashaAlloh, bunday bilimga ancha muncha inson ega emas. Buni zudlik bilan boshqalarga etkazmaysizmi? Chunki katta savobga erishgan bularmidingiz”, degan taklifimga qizlar bir ovozdan qattik hayajonlanib, “Aslo, shar’iy hukmni boshqalarga etkazish uchun bizda etarli ilm yuq, Shariatni notug‘ri etkazishdan qo‘rqamiz, mazmunini to‘g‘ri etkazmasdan gunoh ish kilib qo‘yishimiz mumkin”, deya e’tiroz bildirishdi.

Men  oldimizdan o‘tib ketayotgan yarim yalang‘och qizlarga ishora kilib shunday dedim: Mana bu kizlarni ko‘ryapsizmi? Bilasizmi, nima uchun ularning avratlari ochiq?! Chunki ular farz nima ekanligini bilmaydi, qolaversa Allohning yagonaligini ham bilmasliklari muqarrar, shularga borib “Meni ham, Sizni ham yaratgan Yaratuvchi bor.”- deyish uchun juda ko‘p ilm kerakmi? dedim. Qizlar javob berishdan kattiq qo‘rqishdi, go‘yo ularni ustozlari kuzatib turgandek birdaniga sukut saqlashga o‘tishdi.

Bu holat turkiston.biz saytining “Mastura” bo‘limida kelgan quyidagi satrlarni nogahon yodimga soldi: Qirg‘izistonda boshqa qo‘shni davlatlarga nisbatan din erkinligi mavjud. Ilmoniy hukumatning uzluksiz din qadriyatlariga, asosan namozga va xijobga karshi kurashlari kutilgan natijalarni bermagach, hukumat mu’tadil Islom tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlashni boshladi.

Izoh: SSSR parchalangandan so‘ng, 90-yillar boshlarida O‘rta Osiyo davlatlariga katta davlatlar tarafidan  iqtisodiy, siyosiy va saqofiy yurishlar boshlandi.  O‘rta Osiyo davlatlari aholisining eng ko‘p qismi musulmonlardan iboratligini e’tiborga olib, Turkiya ham bu yurishlar uchun vositachi bo‘ldi. Natijada davlat oliygohlarida dinshunoslik-teologiya fakultetlari ta’sis etilib, talaba o‘quvchi yoshlarni qabul qilina boshlandi.

Fakulьtet risolasi – diniy qadriyatlarni omma orasida yoyish va odamzotning ruhiy olamini boyitish maqsadida yuqori malakali kadr va mutaxassislarni tayyorlash, zamonaviy talablarga javob bera oladigan darajadagi dinshunoslarni  etkazib  berishdan iboratdir.

Teologiya fakulьteti talabalari birinchi bosqichda Turkiya davlatiga borib malaka oshirishadi. Ularning stipendiyasi asosan Turkiya byudjeti tarafidan  ta’minlanadi. Teologiya fakultetida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga tashqarida da’vat ishini olib borish qat’iyyan man etiladi. Zero ular olgan tushunchalari buyicha, da’vat uchun mukammal bilim va yuqori saviya bo‘lishligi zarur. Bunday darajaga etishi uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lib, so‘ngra magistraturani ham bitirgan bo‘lishlari shart. Shundagina bitiruvchi insonlarga din o‘rgatishi, aniqroq qilib aytsak, hukumat belgilab bergan dustur doirasida bilim berish huquqiga ega bo‘la oladi.

Bugun bo‘lmasa ertaga ro‘mol o‘ragan, ammo yot saqofat bilan sug‘orilgan muslima qizlarimiz o‘rta maktabga borib, farzandlarimizga din darsi o‘tadi, dinlar bilan tanishtiradi, mushriklarning “xudosini” yodlatadi. “Islom dini ham, mana shular qatorida turadigan bir din, ba’zi tariqatga aloqador ishlarni qilsa bo‘lmaydi, u tarixda kolib ketgan, usha davrga taaluqli”-  deb ta’lim berishadi. Bu kabi mutaxassilar demokratik tamoyillarga Islomni moslashtirib beradi.

Ey musulmonlar! Bulardan bizga katta xatar bor, zero kufr olami o‘z rejalarini aynan shu mutaxassis-dinshunoslar orqali amalga oshiradi. Tarixga nazar bir solsak, Rasululloh (s.a.v.) davrlarida nafaqat Shariat ahkomlarining sofligiga, balki musulmonlar ko‘tarib yurgan islomiy aqida pokizaligiga ham jiddiy e’tibor qaratilgan. Ular davrida, boshqa dinga raddiya bildirish yoki ularning diniga qarab muomala kilish maqsadida ularning dini o‘rganilmagan. Aksincha, Umar (r.a.) Injildan bir bo‘lagini kuzatib turganlarida, bu holni ko‘rgan Rasululloh (s.a.v.) g‘azablandilar va “Men senga bundan afzalini keltirmadimmi? – dedilar.

Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, xoh raddiya maqsadida, xoh dinlararo aloqalarni yaxshilash maqsadida yoki boshqa din vakillariga Islomni chiroyli ko‘rsatish niyatida ularning dinidan ta’lim olishimiz joiz emas. Ularga nisbatan faqat Shariat ruxsat bergan doiralarda muomala qilishimiz lozim.

Munavvara Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.