“Makkai Mukarrama hujjati” zararkunandalarning zararli hujjatidir

0
578

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

“Makkai Mukarrama hujjati” zararkunandalarning zararli hujjatidir

Ustoz Isom Amira – Baytul Maqdis

Livanda chiqadigan Hayot gezetasi 2019 yil 29 may kuni nashr qilgan xabarda aytilishicha, 139 davlatdan turli mazhab va toifa vakillaridan iborat islomiy qatlamni tamsil etuvchi 1200 “islomiy shaxsiyalar” oʻz muftiylari yetakchiligida “Makkai Mukarrama hujjati”ni tarixiy dastur, deya tasdiqlashdi. Unga koʻra, bundan – bir jihatdan – islomiy yurtlardagi turli din, madaniyat, irq va mazhab vakillari oʻrtasida birdamlik qadriyatlarini oʻrnatish maqsad qilingan boʻlsa, ikkinchi jihatdan, butun insoniy jamiyat qatlamlari oʻrtasida tinchlik va doʻstlikni oʻrnatish maqsad qilingan emish. Shuningdek, hujjatni tasdiqlaganlar Nabiy ﷺning 14 asr muqaddam Islom davlati turfa xilligi va turli qatlamlari hamjihatligini saqlash uchun imzolagan Madinai Munavvara hujjatidan ilhomlanganliklarini daʼvo qilishdi.

Shunday qilib, bu “islomiy shaxsiyalar” Allohning diniga jurʼat qilib, dindagi oʻzgarmas asoslar bilan hamda musulmonlarning tuygʻulari, ularning siyosiy va qonuniy meroslari bilan oʻynashib, ushbu zararkunandalarning zararli hujjatini tasdiqlashdi. Hujjat bandlarida Rosululloh ﷺ ilk Islom davlatini barpo etganlaridan soʻng yozgan Madinai Munavvara hujjatidan ilhomlanishganini daʼvo qilishdi.

Bu “Makkai Mukarrama hujjati”, bilan Madinai Munavvara hujjati oʻrtasidagi ziddiyatni bayon qilish uchun avvalo bir narsani taʼkidlab oʻtish lozim. Madina hujjati Madina jamiyatining barcha tarkibiy qismlari ustidan – bu qismlar aqidaviy va tarixiy jihatdan turfa xil boʻlganiga qaramay – islomiy hukmronlikni oʻrnatgan. Madina hujjatidan farqli oʻlaroq, zararkunandalarning zararli hujjatida xalqaro hamjamiyatning Islom shariati, uning oʻzgarmas hukmronlik asoslari va aqidalariga nisbatan munofiqligi ustun qoʻyilgan. Zero, Islom shariati aqidalari shirk va xurofotga asoslangan aqidalar bilan hech bir shaklda uygʻun kelmaydi. Bu narsalar Islom saqofatiga mutlaqo qarama-qarshidir. Chunki butun yer kurrasini oʻzida qamrab olgan Islom saqofati tavhidni yoyadi, uchlik (nasroniylar eʼtiqodi) va kufrga qarshi kurashadi. Keyin, Makka hujjatida qabul qilingan asosiy narsa Islomga zid ekanini hamda u bilan Islom ahkomlarini oʻzgartirishga urinilayotganini ham koʻrsatib berish lozim.

Bu yerda zararkunandalarning zararli hujjatida kelgan narsalarni birma-bir batafsil aytib oʻtirishning oʻrni emas. Lekin bu hujjat musulmonlarga hech qanday aloqasi boʻlmagan shaxslar tomonidan zararkunanda davlatlarning Sayks-Piko kelishuvi asosida tuzilganini bilishning oʻzi kifoya. Zotan, mustamlakachi kofir Usmoniy Xalifalik davlatini agʻdarish ortidan yasagan bu davlatchalar Islom va musulmonlarga mutlaqo mansub emas. Eng asosiysi, bu hujjat (AQSh, Yevropa kabi) mustamlakachi yirik davlatlar koʻrsatmasi bilan tuzilgan boʻlib, musulmonlarni zaiflashtirish, ularga zoʻravonlik qilish, hatto musulmonlar ustidan mutlaq hukmron boʻlish istalayotgan bir vaqtda amalga oshirildi. Alloh Taolo bunday degan:

الَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِن كَانَ لَكُمْ فَتْحٌ مِّنَ اللَّهِ قَالُوا أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ وَإِن كَانَ لِلْكَافِرِينَ نَصِيبٌ قَالُوا أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُم مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ ۚ فَاللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً

“Ular (yaʼni munofiqlar) sizlarga koʻz tikib-poylab turadilar. Agar sizlarga Alloh tomonidan fathu zafar boʻlsa: “Biz ham sizlar bilan bir dindamiz-ku”, deydilar. Agar gʻalaba kofirlarga nasib boʻlsa: “Biz sizlardan ustun boʻlgan va sizlarni moʻminlardan himoya qilgan emasmidik?” — deyishadi. Endi qiyomat kunida Alloh oʻrtalaringda hakamlik qilur. Va Alloh hargiz kofirlarni moʻminlar ustidan hukmron qilmagay” [Niso 141]

Ushbu zararkunandalarning zararli hujjatida Islomiy Ummat oʻz ulamolarga suyanishi, yaʼni bugungi kunda dunyodagi dimogʻdor davlatlarning malaylari boʻlmish hukmdorlarga itoat qilayotgan ulamolarga suyanishi taʼkidlangan… Bu esa, maʼrufga buyurib, munkardan qaytarayotgan boshqa rabboniy ulamolarning ovozi bostirilishini, buni qonuniylashtirish uchun qonunlar ishlab chiqilishini anglatadi. Yaʼni yomon ahvol yomonligicha qolmoqda, uzoq-uzoq zamondan beri uyquda qolgan Ummatni uygʻotish uchun oʻzgarish qilishga boʻlgan har qanday harakat zoʻr berib taqiqlanmoqda. Buning ustiga, Islom va musulmonlarning insoniyat tsivilizatsiyasidagi hissasi, boshqalarning hissasi bilan tenglashtirilyapti. Bu yerda esa, masonlikning badboʻy-nopok hidi kelmoqda. Chunki masonlik dinlar bilan aqidalar oʻrtasini tenglashtirib, shu orqali Islomni kapitalistik kufr va kommunistik xudosizlik oldida eʼtiborsiz dinga aylantiradi.

Zararkunandalarning zararli hujjatida bunday deyiladi: “Boshqalar bilan oʻzaro toʻgʻri tushunish asosida muomala qilishning hamda ularning hamkorlari bilan tanishish va birgalikda hayotdagi toʻsiqlarni yengib, muammolarni bartaraf etishning, shuningdek diskriminatsion avantyuralar va fitnali nazariyalardan iborat tarixiy dushmanlikni qoʻzgʻatuvchi avvalda qabul qilingan ahkomlarni chetlab oʻtishning, bularning barchasining eng yaxshi usuli saqofiy dialogdir”. Unda quyidagilarga buyuriladi: “Har qancha chiroyli bahonalar boʻlsa ham, davlat ishlariga aralashmaslik. Chunki bu tom maʼnoda rad etilgan buzgʻunchilikdir. Bu ayniqsa, iqtisodiy va boshqa har xil tama bilan birga, siyosiy hukmronlik uslublaridan hisoblanadi. Yoki mazhabparastlik fikrlarini zoʻrlab tiqishtirish yoxud maʼlum zamonga xos boʻlgan fatvolarni tiqishtirishga urinishdir”. Hujjat mana shu soʻzlar bilan Islom davlatini barpo etishga boʻlgan asliy harakatga, yaʼni, odamlarni zulmatdan nurga chiqarish uchun Allohning yoʻlida jihod qilish yoʻliga mutlaq toʻsiq qoʻyyapti, musulmonlar tarixidagi ulugʻ asrlarni oʻchirishga, uning nurafshon belgi-alomatlarini xiralashtirishga qattiq urinyapti!!

Ushbu zararli hujjatga kelishganlar “musulmon jamiyatlarni qoʻriqlash va ularni moʻʼtadil va oʻrtacha tushunchalarga yetaklash”ni alohida taʼkidlashar ekan, bu bilan Qurʼon va Sunnat ustidan hamda bu ikkisi koʻrsatgan ijmo va qiyosdan oʻzlarini ustun qoʻyishdi. Ular – shuningdek – Islom toʻgʻri tatbiq etilgan uzun asrlardagi ulamolar soʻzlarini oyoq osti qilib, bu soʻzlarni din masalalarida sharʼiy usuldan butunlay yiroq boʻlgan ulamolarning ahmoqona soʻzlariga almashtirishdi.

Biror jiddiy taklifdan xoli va soxta boʻlgan bu hujjatda musulmon yoshlarga eʼtiborda boʻlish talab qilinadi. Biroq Islom Ummatidagi ushbu ulkan qatlamni jalb qilish uchun biror mukammal batafsil dasturni oʻrtaga tashlamadi. Hujjatni tasdiqlaganlar “yoshlarning barcha kurslari, tashabbuslari va dasturlari, xususan, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qoʻshuvchi dasturlarning nazariy takliflardan amaliyotga oʻtishini talab qilamiz, qatli om, irqiy tozalash, majburiy koʻchirish va noqonuniy abortlarni qoralaymiz”, dedi. Bu sintetik gap, toza gap emas. Bunday gapdan musulmonlarda zulmatli tonnelь oxirida yorugʻlik bor, degan tuygʻuni paydo qilish koʻzlangan. Zero, bunday jinoyatchilik va terrorizm bilan kofir va dimogʻdor davlatlar hamda ularning islomiy yurtlardagi malay hukmdorlari shugʻullanishmoqda.

Xotima sifatida aytar soʻzim shuki, Makkadagi zararkunandalarning ayni zararli hujjati musulmonlar kuchsiz zaifhol boʻlgan bir zamonda chiqdi. Lekin Nabiy ﷺning Madina hujjatlari esa, musulmonlar nusratga erishib, davlat barpo etganlaridan soʻng avji kuchga toʻlgan zamonda chiqdi.

Allohim, bularning makrini boʻgʻizlariga qaytarib urgin, biz ularning yomonligidan Sening panohingni soʻraymiz. Allohim, ularga keng dunyoni tor ayla, bizni Sening doʻstlaring azizu qudratli boʻladigan, dushmanlaring xor boʻladigan Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik bilan rizqlantir. Bu ishning egasi Oʻzingsan va bunga Qodirsan.

Roya gazetasining 2019 yil 19 iyun chorshanba kungi 239-sonidan

Izohlar yo'q