Sudandagi oʻtish davri Harbiy Kengashi chindan ham islomiy shariatni qonunchilikka manba qilmoqchimi!

617
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi oʻtish davri Harbiy Kengashi chindan ham islomiy shariatni qonunchilikka manba qilmoqchimi!

Reyter axborot agentligi sayti (hijriy 1440 yil 3 ramazon, milodiy 2019 yil 8 may chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Seshanba kuni Sudan oʻtish davri Harbiy Kengashi muxolafatning oʻtish davri boshqaruv shakliga doir kiritgan taklifiga bir ovozdan rozi boʻlishini bildirdi. Biroq Kengash islomiy shariat va mahalliy urf-odatning qonunchilikka manba qilmoqchi ekanini qoʻshimcha qildi.

“Biz islomiy shariat va Sudan Respublikasi urf-odatlari va anʼanalarining qonunchilik manbai boʻladi, degan fikrdamiz”, dedi Kengash matbuot kotibi general-leytenant Shamsiddin Kabboshiy”.

Roya gazetasi sharhi:

Bashir boshqaruvining davomchisi ekani aniq-maʼlum boʻlgan Sudan Harbiy Kengashining shariatni tatbiq qilishi xuddi Bashir nima qilgan boʻlsa shuni anglatadi. Yaʼni, shariatning u yer, bu yerini tatbiq qilish Islomni toʻla tatbiq qilish hisoblanmaydi. Chunki bu Kengash islomiy shariatni tatbiq qilishda jiddiy emas. Yoʻq, bu daʼvoni Sudan ahlini aldash va adashtirish, ularni qoʻllab-quvvatloviga erishish maqsadida qilyapti. Chunki undan oldingi Bashir ham birinchi Harbiy Kengashda xuddi shunday qilgan. U ham islomiy shariatni tatbiq qilajagini daʼvo qilgan, ammo tatbiq qilmagan, shariatga eʼtiborsiz qaragan, yurt birligini muhofaza etish, boʻlinishiga yoʻl qoʻymaslik, kofirlarga topshirmaslik, hatto bir qarich yerini ham bermaslik kabi shariat buyurgan vazifalardan voz kechgan. Oqibatda, Sudan janubining uchdan bir qismidan hamda musulmonlar boyligining 80 %idan voz kechdi. Agar bugungi Harbiy Kengash Islomni tatbiq qilishda rostgoʻy boʻlganda edi, hokimiyatni Hizb ut-Tahrirga topshirgan boʻlardi. Chunki Hizb qoʻlida islomiy dastur bor, islomiy tuzum va siyosatlar tatbiq qilishga tayyor turibdi.

Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.