Pokiston politsiyasi Hizb ut-Tahrir a’zolaridan birini o‘g‘irlab ketdi
Pokiston politsiyasi Peshovarda Xalifalikni barpo qilish uchun faoliyat olib boruvchilardan biri bo‘lmish Umar Jodunxonni Hizbning matbuot bayonotini tarqatayotgan payt o‘g‘irlab ketdi. Matbuot bayonotida Amerika bilan Tolibon harakati o‘rtasida o‘tkazilayotgan muzokaralarga Pokiston rejimining yordam berayotgani qoralangan edi. Ma’lumki, bu muzokaralar Amerikaning regionda uzoq muddat davomida qolishini ta’minlash uchun o‘tkazilmoqda. Jodunxon Peshovarning oliy mahkamasida advokat bo‘lib ishlaydi. U taniqli Jodun oilasidan hisoblanadi. Uning o‘g‘irlab ketilishi Pokiston bosh vaziri Imron Xon Pokiston jinoyat kodeksini, ya’ni majburan o‘g‘irlab ketish jinoyat, deya ko‘rsatilgan qonunni o‘zgartirish to‘g‘risida kiritilgan taklifni tasdiqlaganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Bundan tashqari, Bajva-Imron rejimi xavfsizlik xizmati xodimlariga mintaqada mustamlakachilarning hukmronligiga qarshi turishga da’vat qilayotgan shaxslarni o‘g‘irlab ketishga ham ruxsat bermoqda. Bu bilan u Amerikaning Pokistondagi yangi malayiga aylanib, asosiy ishi Islom uchun harakat qilayotganlarni taqib qilish bo‘lib qoldi. U Amerika elchisini va uning malaylarini mamlakatda bemalol izg‘ib yurishlariga qo‘yib berdi. Ular harbiy va siyosiy yetakchilikdagi istagan kishilari bilan bog‘lanishmoqda. Bu narsa Pokistonning buzg‘unchi hukmdorlari Trampning Islomga qarshi urushida u bilan hamkorlikni davom ettirishayotganlarini anglatadi. Shuning uchun Pokistondagi musulmonlar Xalifalikni barpo qilish uchun xolis faoliyat qilayotgan Hizb a’zolarining ozod etilishini talab qilib, ular bilan birgalikda harakat qilmoqlari vojibdir. Zero, faqat Xalifalik davlatigina ushbu zolim rejimlar davriga yakun yasaydi.
Roya gazetasining 2019 yil 6 fevral chorshanba kungi 220-sonidan