Hasinaning qotil qaroqchilari uch oydan buyon hibsda saqlanayotgan da’vat yetkazuvchining turmush o‘rtog‘ini o‘g‘irlab ketishdi

433
0

Hasinaning qotil qaroqchilari uch oydan buyon hibsda saqlanayotgan da’vat yetkazuvchining turmush o‘rtog‘ini o‘g‘irlab ketishdi

Hizb ut-Tahrir Bangladesh viloyati Hasinaning qotil qaroqchilari amalga oshirgan manfur jinoyatni qattiq qoralab chiqdi. Ular hech qanday jinoyat qilmagan bu mo‘mina ayolni uch oydan buyon qamoqda saqlanayotgan da’vatchining turmush o‘tog‘i bo‘lgani uchungina erining Dakkadagi uyidan o‘g‘irlab ketishdi. Ular da’vatni ko‘tarib chiqqan birodarimizning kichik ukasini ham o‘g‘irlab ketishgan. Ularning qayerda ekani hozirgacha ma’lum emas. Hizb ularning darhol ozod etilishini talab qildi.

Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi matbuot bo‘limi yana shunday qo‘shimcha qiladi: Hasina soxtakorlik bilan, mustamlakachilar yordamida hokimiyatga kelgach, Islomga qarshi urushga to‘liq qo‘shilish orqali o‘z xo‘jayinlaridan bo‘lgan qarzini uzishga harakat qilmoqda. U roshid Xalifalikni barpo qilish faoliyatiga siyosiy yo‘llar bilan qarshi kurashishda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, endi, Xalifalikni barpo qilish uchun faoliyat olib boruvchilarning oila a’zolarini repressiya qilish kabi jirkanch jinoyatlarni qo‘llashga o‘tdi. Hasina gumashtalari hech bir xijolat chekmay – mustamlakachi kofirlar kabi – Ummatning bir muslimasini nishonga olishdi.

Bayonot Hasina va uning rejimiga quyidagicha eslatma berish bilan yakunlandi: Musulmonlarni qiynoqqa solish orqali Islomni bostirishga hech kim muvaffaq bo‘lmaganiga tarix guvoh. Chunki, Alloh Subhanahu va Taolo imon keltirganlarning do‘stidir va Alloh garchi mushriklar istamasa-da O‘z diniga nusrat berguvchidir. Hasina shuni bilib qo‘ysinki, Islom da’vatini yetkazgani uchungina bir musulmon va uning ahli-oilasini repressiya qilganlar – bu qilmishlari bilan – faqat oxiratini qo‘ldan boy beradilar. Ular Ummatning roshid Xalifalikni barpo qilishga da’vat qiluvchi xolis farzandlariga qarshi sodir etgan jinoyatlaridan tiyilib, tavba qilsalargina jahannam azobidan xalos bo‘la oladilar.

Roya gazetasining 2019 yil 6 fevral chorshanba kungi 220-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.