AQShning Rossiya va Xitoy bilan raqobatidan Yevropa davlatlari zarar koʻrmoqda

0
710

AQShning Rossiya va Xitoy bilan raqobatidan Yevropa davlatlari zarar koʻrmoqda

 Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Xayko Maasning maʼlum qilishicha, Qoʻshma Shtatlarning Rossiya va Xitoy bilan raqobati Yevropa mamlakatlariga taʼsir oʻtkazmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

 Vazirning soʻzlariga koʻra, zamonaviy geosiyosiy muhit jahondagi qudratli davlatlar oʻrtasida yuz beruvchi raqobat bilan aniqlanadi.

 “Ushbu musobaqa arenasi yanada aniqroq boʻlib bormoqda: bir tomondan, iqtisodiy, Qoʻshma Shtatlar va Xitoy oʻrtasidagi, savdo mojarolarining kuchayish ehtimoli bilan. Boshqa tomondan, AQSh va Rossiya, shuningdek, AQSh va Xitoy oʻrtasidagi strategik raqobat”, – dedi Maas.

 Uning taʼkidlashicha, hozirgi vaziyatda Yevropa hammadan koʻp yoʻqotmoqda.

 Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xitoy AQShga keskin javob qaytargandi.

 XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuanning bildirishicha, AQSh prezidenti huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi Kevin Xassetning Xitoy Jahon savdo tashkilotidan (JST) chiqarib yuborilishi haqidagi bayonoti bemaʼni va Qoʻshma Shtatlarning takabburligi isbotidir.

Izohlar yo'q