Stoltonberg: NATO aʼzolarini bir-biriga bogʻlab turgan iplar taranglashmoqda
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Britaniyaning “The Guardian” gazetasida chop etilgan maqolasida NATO ittifoqi tashkil boʻlgandan buyon Yevropa va Shimoliy Amerika misli koʻrilmagan tinchlik davriga guvoh boʻlganligini bildirdi. Soʻngi paytlarda Yevropa va AQSh oʻrtasidagi munosabatlar buzilganiga ishora qilgan Stoltenberg Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan boshqa ittifoqchilari oʻrtasida turli ixtiloflar mavjudligini qayd etdi. Unga koʻra bu ixtiloflar savdo, iqlim oʻzgarishi va Eronning atom shartnomasi kabi asosiy masalalarda aks etmoqda.
Stoltenberg NATO ittifoqining birligi va mushtarak manfaatlariga zarar yetishining oldi olinishi zarurligini taʼkidlar ekan, “Siyosiy jihatdan NATOdagi ittifoqdosh davlatlarni bir-biriga bogʻlab urgan iplar taranglashmoqda”, “Yaqin davrda yuzaga kelgan ixtiloflar haqiqatdir. Uni bir kechada bartaraf qilish mumkin emas”, deya qoʻshimcha qildi.
“Tarixiy faktlar shuni koʻrsatadiki, NATO ittifoqiga aʼzo davlatlar barcha ixtiloflarga qaramay, birdamlik va bir-birini himoya qilish borasida bir xil maqsadga egadir. Bunga siyosiy iroda, tasavvur va koʻp ishlash orqali erishish mumkin deb oʻylayman”, dedi Stoltenberg.
Shuningdek, Stoltenberg soʻnggi davrlarda yuzaga kelgan xavfsizlik tahdidlari koʻz oʻngiga keltirilganda NATO ittifoqining himoya sohasida oʻzaro birdamlik juda katta ahamiyat kasb etishiga alohida eʼtibor qaratdi.
NATO bosh kotibi xavfsizlik borasida soʻz yuritar ekan, xalqaro “terrorizm”, ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishi, kiber hujumlar va “tajovuzkor Rossiya” masalasiga ham toʻxtalib oʻtdi.