Jonson NATO bilan Rossiya harakatlarini muhokama qiladi

0
805

Jonson NATO bilan Rossiya harakatlarini muhokama qiladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning xabar berishicha, NATO vakillari bilan Rossiya xalqaro siyosatini muhokama qilish niyatida. Bu haqda RIA “Novosti” Britaniya TIV bayonotiga asosan xabar bermoqda.

 “NATOning tezkor reaktsiya bildirish imkoniyati Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga hujum va Suriyadagi kimyoviy hujumga alьyans tezkor javobi hamda Buyuk Britaniya harakatlari bilan birdamlikni namoyish etish orqali koʻrsatib berildi. Biz YeI va G7’dan ham xuddi shunday qoʻllab-quvvatlov oldik. Biz shunday surʼatni saqlab qolishimiz va Rossiyani uning ahmoqona hamda beqarorlashtiruvchi harakati tufayli javobgarlikka tortishimiz kerak”, – deyiladi bayonotda.

 Taʼkidlanishicha, bu uchrashuv NATO vakillari uchun Angliyaning Solsberisida yuz bergan hodisadan soʻng birinchisi boʻladi. Shuningdek bayonot matniga koʻra, Rossiya tomonidan ehtimoliy kiberhujumlar va boshqa “gibridli tahdidlar” muhokama qilinadi.

 Jonson va NATOga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi 27 aprel kuni boʻlib oʻtdi.

Turkiston:

Britaniya Rossiyadan umidini uzdi. U Rossiyani AQShga qarshi olamda yagona yetakchilikka intilib borayotgan buyuk davlat sifatida namoyon qilib borar edi. Britaniyaning xalqaro strotegiyasi BMT xavfsizlik kengashi vositasida dunyoni boshqarib borish sistemasini saqlab qolish asosiga qurilgan. Buning uchun u AQShning olamiy yakka hokimlik siyosatiga yoʻl bermasligi kerak boʻladi. Aks holda, AQSh xalqaro siyosiy sistemani oʻzgartirib, oʻziga tobe boʻlgan Germaniya, Yaponiya singari davlatlar bilan yangi xalqaro boshqaruv sistemasini paydo qilib olishi mumkin. Shuning uchun Britaniya AQSh bilan Rossiyani xalqaro siyosatga nisbatan teng salmoqli holatini paydo qilish maqsadi asosidagi strotegiyasiga binoan ish olib borar edi. Lekin oxirgi yillarda Rossiya xalqaro siyosatda oʻz mavqeʼini juda tez yoʻqotib boryapti. U endi AQSh uchun raqib boʻla olmaydi.

Vaziyatga muvofiq Britaniya oʻzining ilgarigi strotegiyasini, yaʼni AQShni xalqaro siyosatdagi mavqeʼini sindirish asosidagi strotegiyasini oʻzgartira boshladi. U avval AQShni Avgʻonistonga olib kirib, butun armiyasini u yerda magʻlubiyatga uchratish orqali uni xalqaro siyosiy maydonda sharmanda qildi. Endi, yana avvalgidek oʻzi birga AQSh bilan koalitsiya tuzib, uni Siriyaga harbiy yurishga undamoqda. Buning uchun u Rossiyani Suriyadagi harbiy harakatlarini cheklashi yoki umuman uni u mintaqadan chiqarib yuborishi kerak. Tramp, Frantsiya prezidenti Makron bilan uchrashganida, Trampning Shom mintaqasini tark etish maqsadiga nisbatan Makron qarshi pozitsiya bildirdi. YeI ham Arab amirligi singari Shomda shiyalar hukmronligi kuchayib borishidan xavotirda. Demak, AQSh mintaqadagi harbiy pozitsiyalarni Rossiyadan boʻshatib borish bilan bir qatorda, oʻzi yoki koalitsiya kuchlari bilan vaziyatni, yaʼni siyosiy va harbiy boʻshliqlarni oʻz qoʻliga olishga majbur boʻladi. Oʻshanda yana Avgʻoniston stsenariysi yangidan boshlanishi kutilyapti. Angliya mujohidlar bilan yashirin shartnomalar tuzib, harbiy urushlarga aralashmay turib oladi. Rossiya esa mujohidlarga qurol sota boshlaydi.

Izohlar yo'q