AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiya kiritishni kechiktirdi

0
524

AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiya kiritishni kechiktirdi

 Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiya Federatsiyasiga nisbatan yaqin vaqt ichida sanktsiyalar kiritishni rejalashtirmayapti. Shaxsan mamlakat prezidenti Donalьd Tramp ana shunday farmoyish berdi, deb xabar qildi RIA Novosti nashri.

  Shu bilan birga Amerika hukumati choralar kiritishdan voz kechmaydi, faqat Rossiyaning oʻzini qanday tutishini kutib turadi.

 Yakshanba kuni Vashington “Rossiyaga qarshi sanktsiyalar tayyor”ligini bildirgan edi. Oq uy Kremlni Suriya yetakchisi Bashar Asadni qoʻllab-quvvatlashda ayblamoqda. U kimyoviy qurol qoʻllashda gumon qilinmoqda.

 Avvalroq AQSh Rossiya va Suriyani Sharqiy Gʻutadagi kimyoviy hujumlarda ishtirok etganlikda ayblagandi. Amerika harbiylari Frantsiya va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda Suriyadagi uchta obʼektga zarba berishi oqibatida uch kishi jarohatlangandi. Rossiya TIV Suriya harbiylari xlorli bombadan foydalanishgani haqidagi xabarni rad etmoqda.

Izohlar yo'q