AQSh Markaziy kuchlar qoʻmondonligi yana Trampga zid bayonot berdi

0
908

Army Gen. Joseph Votel, Commander of U.S. Central Command, briefs reporters on the release of the investigation into the U.S. airstrike on the Doctors With Borders trauma center in Kunduz, Afghanistan, Friday, April 29, 2016, at the Pentagon. (AP Photo/Molly Riley)

AQSh Markaziy kuchlar qoʻmondonligi yana Trampga zid bayonot berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh qoʻshinining Suriyadan olib chiqilishi, yoki Saudiya Arabistonidan olinadigan mablagʻ evaziga Suriyada qolishi haqda aytib turgan bir paytda AQSh Markaziy kuchlar qoʻmondonligi Amerika askarlarining Suriyadagi missiyasi hali davom etishini maʼlum qildi.

AQSh Markaziy kuchlar qoʻmondoni Jozef Votelning taʼkidlashicha, IShIDdan ozod qiligan mintaqani barqarorlashtirish uchun AQSh kuchlari mintaqada hali uzoq muddat xizmat qilishi kerak.

“Suriyadagi missiyamiz hali tugamadi. Oldimizga turgan ishlarning eng qiyin qismi mintaqani barqarorlashtirish, Xalqlarning uylariga qaytishini taʼminlash, qayta qurishning uzoq muddatli muammolarini nazorat qilish va boshqa ishlarni bajarishdir. Albatta bu yerda harbiy vazifa ham mavjud. Biz Suriyada bir muddat qolamiz”, dedi Votel.

Markaziy kuchlar qoʻmondoni Jozef Votelning Donald Trampga qarshi bayonot berishi ortidan Oq Uyda davlat milliy xavfsizlik Kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan soʻng Oq Uy rasmiylari AQSh yana bir muddat Suriyada qolishi haqida bayonot berdi.

AQShning IShIDga qarshi kurash boʻyicha maxsus vakili Brett MakGerk ham “jihodchilar”ga qarshi kurash hali tugamaganligini taʼkidladi. Vashingtonda boʻlib oʻtgan tadbirda Votel bilan birga soʻzga chiqqan MakGerk “Biz Suriyadagi vazifamizni tamomlaganimiz yoʻq va uni oxiriga yetkazamiz”, dedi.

Bundan bir necha kun avval ham AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Ogayo shtatida AQSh kuchlarining Suriyadan olib chiqilishini maʼlum qilishi ortidan AQSh davlat departamentining matbuot kotibi Xezer Nauyert Trampning bunday rejasi borligidan xabari yoʻqligini bildirgan edi.

Izohlar yo'q