Putin Peterburgdagi portlashni terakt deb atadi

0
506

Putin Peterburgdagi portlashni terakt deb atadi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi portlashni terakt deb atadi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

 “Sizlar bilasizlarki, kecha Peterburgda terrorchilik hujumi amalga oshirildi”, – deya aytdi Putin.

 Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Sankt-Peterburgdagi supermarketda roʻy bergan portlash oqibatida umumiy hisobda 13 kishi jabrlandi.

 Sankt-Peterburgda 27 dekabr kechki vaqt Kondratьev koʻchasidagi “Peryokrestok” doʻkonida portlash sodir boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlashga kuchliligi 200 gramm trotil moddasiga teng boʻlgan va jarohatlovchi elementlar bilan toʻldirilgan portlovchi qurilma sabab boʻlgan. Ushbu holat yuzasidan bir necha kishining hayotiga suiqasd qilishga urinish boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

 Turkiston:

Sankt-Peterburgda portlash sodir boʻlishi ortidan Rossiya tergov qoʻmitasi mazkur ish terrorchilik akti sifatida koʻrib chiqilmayotgani va bu voqea “odam oʻldirishga harakat qilish” deb kvalifikatsiya qilinayotganini maʼlum qilgan edi. Biroq, 2018 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishini maʼlum qilgan Vladimir Putin bu ishni terakt deb atadi va Federal xavfsizlik xizmatiga “terrorchilarni” jismonan yoʻq qilishga buyruq berdi.

 “Bilasiz, kecha Peterburgda terrorchilik akti sodir etildi. Bundan oldinroq esa Federal xavfsizlik xizmati yana bir teraktning oldini oldi…. Shu bois kecha FXX boshligʻi bilan bu kabi banditlarni qoʻlga olish vaqtida qonun doirasida amal qilish, ammo xodimlarimiz va ofitserlarimiz hayotiga tahdid boʻladigan boʻlsa qatʼiy harakat qilishlari – hech kimni asirga olib oʻtirmasliklarini buyurdim”,- dedi Putin.

 Putin saylov oldidan yana eski sinalgan uslubni ishga sola boshlaganga oʻxshaydi. Maʼlumki Vladimir Putin Rossiya prezidentiligiga kelishidan oldin qator qoʻporuvchilik harakatlari mamlakatni larzaga solgan edi. Jumladan:

1999- yil sentyabr. Dogʻistonning Buynaksk shahrida kuchli portlash sodir etildi va buning uchun “Islomiy terrorchi”lar aybdor, deb topildi.

1999- yil sentyabr. Yuqoridagi portlashdan keyin, oradan bir necha kun oʻtib, Moskva shahrining Guryanov koʻchasida xuddi shunday kuchli portlash yuzaga keldi. 106 kishi oʻldi, 690 kishi yaralandi.

 1999- yil sentyabr. Oradan ozgina vaqt oʻtib, 13- sentyabr erta tongda, Moskvaning Kashirskiy shosse koʻchasidagi 8 qavatlik aholi yashaydigan uy oldida 300 kg trotil ekvivalentdagi kuchli portlash sodir etildi. 124 kishi xalok boʻldi, 7 kishi yaralandi:

 1999- yil 16- sentyabr. Rostov viloyatining Volgodonsk shahri. Oktyabrsk shossesidagi 9 qavatlik uy binosi oldida bombaga toʻldirilgan GAZ-53 yuk mashinasi portladi. Voqea joyining oʻzida 18 kishi oʻldi, 1 kishi kasalxonada vafot etdi, 89 kishi turli darajada tan jarohati oldi…

 Mazkur qoʻporuvchilik harakatlarini asosiy tashkilotchisi boʻlgan Putin “jinoyatlarni” fosh etishda jonbozlik koʻrsatishi ortidan reytingi misli koʻrilmagan darajada koʻtarildi va 2000 yili boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan edi.

Izohlar yo'q