Rossiya Tojikistonga 40 ta harbiy samolyot va vertolyotini joʻnatdi

0
1131

Rossiya Tojikistonga 40 ta harbiy samolyot va vertolyotini joʻnatdi

 Rossiya mamlakat markaziy harbiy okrugining taxminan 40 ta samolyoti va vertolyotini Tojikistonga, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tezkor javob qaytarish kollektiv kuchlarining terrorchilikka qarshi mashqlariga yoʻlladi. Bu haqda RF markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonining yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkin xabar berdi.

 “Markaziy harbiy okrugning taxminan 40 ta samolyot va vertolyoti Rossiyadan Tojikistondagi uchta tezkor aerodromga yoʻllandi, ular terrorchilikka qarshi qoʻshma mashqlarda ishtirok etadi. Shuningdek, mashgʻulotlarda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tezkor javob qaytarish kollektiv kuchlari ham qatnashadi”, – dedi Yaroslav Roshchupkin.

 Roshchupkinning soʻzlariga koʻra, oltita Su-24M bombardimonchisi Janubiy Uraldagi Shagol aerodromidan havoga koʻtarilgan boʻlsa, 6 ta Su-25SM hujumchi samolyoti Rossiyaning Qirgʻizistondagi Qant aviabazasidan uchgan. Mi-8AMTSh “Terminator” hamda Mi-24 vertolyotlari Dushanbega Novosibirskdagi Tolmachyovo aviabazasidan olib kelindi.

Izohlar yo'q